Numonova Dilrabo Mo‘minjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning Buxoro-102 navini etishtirish agrotexnologiya elementlarini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Qx1068
Ilmiy rahbar: Jo Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatxullo Jo‘raqulovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Karimov Sharofiddin Abdukarimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “Buxoro-102” navidan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda maqbul chigit ekish usuli, sug‘orish tartibi va chilpishni maqbul muddatni aniqlab, ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “Buxoro-102” g‘o‘za navini turli ekish usullarida, ya’ni ochiq maydonga va plyonka ostiga ekilganda g‘o‘za nihollarining ochiq usulda ekilganga nisbatan 5-6 kunga ertaroq unib chiqishi aniqlangan; 
g‘o‘zaning “Buxoro-102” navi plyonka ostiga ekilganda sug‘orish tartibi ChDNS ga nisbatan 65-70-65% bo‘lganda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish hamda ochiq oddiy usullarga nisbatan uch yillik o‘rtacha xosilga nisbatan 14,95 s/ga yuqori hosil olinishi isbotlangan.
g‘o‘zaning «Buxoro-102» o‘rta tolali navini plyonka ostiga ekilganda g‘o‘za hosil shoxlari 12-14 dona bo‘lganda, ochiq maydonga ekilganda esa 10-11 ta bo‘lganda chilpish ishlarini o‘tkazish tolaning sifat ko‘rsatkichlariga va tola uzunligiga ijobiy ta’siri (33,3 mm va 34,4 mm) bo‘lishi  aniqlangan;
resurstejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan plyonka ostiga chigit ekish usulida g‘o‘zning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi hamda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichiga (rentabellik 64,6 %) ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
G‘o‘zaning Buxoro-102 navini ekish usuli, sug‘orish tartibi va chilpish muddatlari bo‘yicha “G‘o‘zaning “Buxoro-102 navini etishtirish agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish (Andijon viloyati sharoitida) bo‘yicha” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 27.08.2025 yildagi №05/04-04-468-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma klasterlar va fermer xo‘jaliklarida muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
G‘o‘zaning Buxoro-102 navini etishtirish agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy natijalarga erishilgan hamda amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, tadqiqotchining tavsiyalariga asosan 2022-2024-yillar davomida Andijon viloyati Ulug‘nor tumani “Xoshimjon oilasi” fermer xo‘jaligiga 30,4 gektar, “Ulug‘norda Muhammadaziz eri” fermer xo‘jaligiga 12,2 gektar, Bo‘ston tumani “Solijon Otaxonov” fermer xo‘jaligiga 25,5 gektar, “Bo‘z hosildori” fermer xo‘jaligiga 46,0 gektar, viloyat bo‘yicha jami 114,1 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 27.08.2025 yildagi №05/04-04-468-son ma’lumotnomasi). Natijalarda g‘o‘zaning Buxoro-102 navi ochiq maydonga ekilganda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-65 % bo‘lganda sug‘orilib, hosil shoxlari soni 10-11 dona bo‘lganda chilpish o‘tkazilganda 7,0 s/ga paxta hosili olishga erishilgan.
G‘o‘zaning Buxoro-102 navi shaffof plyonka ostiga ekilganda esa sug‘orish oldi tuproq  namligi ChDNS ga nisbatan 65–70–65 % bo‘lganda sug‘orish o‘tkazilib, g‘o‘zaning hosil shoxlari soni 12-14 ta bo‘lganda chilpish o‘tkazish agrotexnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 27.08.2025 yildagi №05/04–04–468-son ma’lumotnomasi). Natijada, oddiy usulga nisbatan qo‘shimcha 11,0 s/ga paxta hosili olishga erishilib, rentabellik darajasi 48,9 % gacha ko‘tarilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish