Karimov Nurbek Dehkanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya ekin maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurashning agrotexnologik elementlarini takomillashtirish (andijon viloyati sharoitida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1504
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Akmaljon Normuxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Nasirov Baxtiyor Salohiddinovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soya parvarishlanayotgan maydonlarda uchraydigan begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan (tuproqqa asosiy ishlov berish usullari hamda gerbisidlarni qo‘llash) holda kurashishda soyadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydigan agrotexnologiya elementlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soya parvarishlanayotgan maydonlardagi begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan (tuproqqa asosiy ishlov berish usullari hamda gerbisidlarni qo‘llash) kurashning ijobiy samarasi aniqlangan;
asosiy ekin sifatida soya parvarishlangan maydonlardagi begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan (tuproqqa asosiy ishlov berish usullari hamda gerbisidlarni qo‘llash) kurashni tuproqning agrofizik, suv-fizik hamda agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
asosiy ekin sifatida soyani parvarishlash uchun yerga turli usulda asosiy ishlov berib, gerbisidlar qo‘llanilganda soyani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda don sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
asosiy ekin sifatida soya parvarishlangan maydonlardagi begona o‘tlarga qarshi asosiy ishlov berish usullari hamda qo‘llanilgan gerbisidlarni soya yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorligi oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soya parvarishlanayotgan maydonlaridagi bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi shudgorlash usullari va gerbisidlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Soya ekinlari orasida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurash bo‘yicha “Soya ekin maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurash choralari” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-457-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomadan soya o‘simligini ekib etishtiradigan barcha klaster va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.
Andijon viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida Andijon tumanidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligi dala maydonlarida 9,5 gektar, Bo‘ston tumanidagi “Bo‘z ipak yo‘li” fermer xo‘jaligining 7,0 gektar, Paxtaobod tumanidagi “Farangiz fayz” fermer xo‘jaligining 7,5 gektar, “Rustambek Odinaxon” fermer xo‘jaligining 8,5 gektar, jami 32,5 gektar asosiy soya ekin maydonlarida uchraydigan bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurashishda, agrotexnik va kimyoviy kurash tadbirlarini uyg‘unlashtirgan holda ishlov berib, soya o‘simligi 2-3 barg chiqarganda Pilot gold 10 % k.s. gerbisidini 0,6 l/ga me’yorda qo‘llaganda, begona o‘tlarga qarshi tuproqqa ikki yarusli plug bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgorlash joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-457-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 14,77 dona/m2 gacha kamayganligi aniqlanib nazorat variantiga nisbatan nisbatan 4,5 s/ga qo‘shimcha soya don hosili olingan bo‘lib, rentabellik ko‘rsatkichi esa 120 % ni tashkil etganligi qayd etildi.
Bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurashishda, agrotexnik va kimyoviy kurash tadbirlarini uyg‘unlashtirgan holda ishlov berib, soya o‘simligi 2-3 barg chiqarganda Pilot gold 10 % k.s. gerbisidini 0,6 l/ga me’yorda qo‘llaganda, begona o‘tlarga qarshi tuproqqa ikki yarusli plug bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgorlash Andijon viloyati, Bo‘ston tumanida joylashgan “Bo‘z ipak yo‘li” 7,0 gektar maydonda joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-457-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi 15,88 dona/m2 gacha kamayganligi aniqlanib nazorat variantiga nisbatan 4,4 s/ga qo‘shimcha soya don hosili olingan bo‘lib, rentabellik ko‘rsatkichi esa 120 % ni tashkil etgan.