G‘aniev Ochilbek Orifjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tog‘oldi yaylov erlarida raqamli texnologiyalar yordamida geobotanik baholash usulini takomillashtirish (Pop tumani misolida)”, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx857
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Tulqin Mansurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sa’dulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxsudov Bobomurod Yuldoshovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali tog‘oldi  yaylov erlarida geobotanik baholash usulini takomillashtirish, dorivor o‘simliklar uchun yagona raqamli shartli belgilar tizimini yaratish, o‘simliklarning miqdor va sifat holatini inobatga olib baholash hamda ilmiy, uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pop tumani yaylov erlarida geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish natijasida o‘simliklar turi 1979-yilga nisbatan 2023-yilda 85 tadan 57 taga kamayganligi, 28 ta o‘simlik turi uchratilmaganligi, degradatsiya jarayonlari kuchayganligi hamda o‘rtacha yaylov hosildorligi 4,9 s/ga dan 2,6 s/ga ga (-2,3 s/ga) kamayganligi aniqlangan va bu iqlim o‘zgarishi hamda antropogen omillarga bog‘liqligi asoslangan;
tog‘oldi yaylov erlaridagi o‘simliklar tarkibini tizimli o‘rganish natijasida dorivor o‘simliklarning hayotiy shakli va ekologik xususiyatlariga asoslangan elektron raqamli shartli belgilari yaratilgan; 
tog‘oldi yaylov o‘simliklarining miqdoriy (quruq massa, zichlik, o‘sish sur’ati) va sifat ko‘rsatkichlari (oziqaviylik qiymati, turlar tarkibi)ni inobatga olgan holda yaylovlarni ballik baholashning yangi integrallashgan mezoni ishlab chiqilgan;
tog‘oldi yaylov erlarida geobotanik tadqiqotlar yuritish rejasi > “Geo Pasture” mobil ilovasi > ArcGIS dasturiy ta’minoti > ketma-ketligi asosida yaylov erlarida geobotanik tadqiqotlar olib borish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘oldi yaylov erlarida raqamli texnologiyalar yordamida geobotanik baholash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Yaylov erlaridan samarali foydalanishni tashkil etishni takomillashtirish” nomli ilmiy-uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va inovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-apreldagi 05/06-04-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyanoma Pop tumanidagi mavjud yaylov monitoringini yuritish hamda ulardan samarali foydalanishda amaliy qo‘llanma sifati  xizmat qilmoqda;
Tog‘oldi yaylov erlarida uchraydigan dorivor o‘simliklarning style formatdagi elektron raqamli shartli belgilari yaratilgan va Pop tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va inovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-apreldagi 05/06-04-191-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy yaylov erlarida o‘sadigan dorivor o‘simlik hisobini yuritish hamda elektron raqamli xaritasini yaratish imkonini bergan. 
Tog‘oldi yaylov erlari o‘simliklarining miqdor va sifat xususiyatlarini inobatga olgan holda yaylovlarni baholash mezoni takomillashtirilgan. Pop tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va inovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-apreldagi 05/06-04-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlarni baholash mezoni asosida em-xashak resurslarining sifati, degradatsiya jarayonlarining bosqichi hamda yaylovlardan foydalanish holatini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
Tog‘oldi yaylov erlarida geobotanik tadqiqotlar yuritish rejasi > “Geopasture” mobil ilovasi > ArcGIS dasturiy ta’minoti > ketma-ketligi asosida yaylov erlarida geobotanik tadqiqotlar olib borish usuli takomillashtiriligan va Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va inovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-apreldagi 05/06-04-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ketma-ketlik asosida yaylov erlarida geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish, raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda sarf etilayotgan mehnat va mablag‘larni tejash imkonini bergan.
Namangan viloyati Pop tumani hududlari uchun 1:25 000 masshtabli «Yaylovlarning suv bilan ta’minlanganlik xaritasi» tuzilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va inovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-apreldagi 05/06-04-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tuman hududidagi tabiiy yaylovlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish imkonini bergan;
“Geo Pasture” mobil ilovasi yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: DGU 202410189. 16.09.2024). Natijada, mazkur dasturiy ta’minot orqali yaylov geobotanik tadqiqotlar yuritishda raqamlashtirishga erishilgan, Namangan viloyati Pop tumani yaylov erlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va undan foydalanish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish