Isaeva Nurxon Farxatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft`-gaz sanoatining ishlatilgan alyuminiyli adsorbentlarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/K248.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Shavkatjon Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sanoatning alyuminiyli chiqindilarini suvni zararli qo‘shimchalardan tozalash uchun samarali yangi koagulyant va adsorbentlarga aylantirish bo‘yicha kompleks qayta ishlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiyli chiqindilar kimyoviy tarkibini keng qamrovli tahlil qilish orqali ularni samarali qayta ishlash jarayonlarining optimal sharoitlari aniqlangan;
sanoat korxonalari oqava suvlari ifloslanishining miqdoriy xususiyatlari aniqlangan, natijada o‘ziga xos ifloslantiruvchilarni aniqlash va tozalash usullari ishlab chiqilgan;
alyuminiyli chiqindilarni kislotali va ishqoriy muhitlarda eritishning maqbul sharoitlari o‘rganilgan, erish jarayonlarning kinetikasi hamda kimyoviy mexanizmlari aniqlangan;
turli ishlab chiqarish oqava suvlaridan muallaq zarrachalarni samarali ajratib olishni ta’minlaydigan alyuminiyli chiqindilardan koagulyantlar olingan;
mahalliy tabiiy va texnogen xomashyolardan foydalangan holda yuqori sorbsion sig‘im va mexanik mustahkamlik ko‘rsatkichlarini saqlab qolish orqali NaA va NaX turdagi seolit tarkibli sorbentlar olishning yangi tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
SiO₂:Al₂O₃=2:1 mol` nisbatiga ega bo‘lgan kaolinlarni qo‘llash hisobiga seolitlar sintezi uchun alyumosilikat xomashyosini qo‘llash qonuniyatlari ilmiy asoslangan;
oqava suvlarni og‘ir metallar va kanserogen kationli bo‘yoqlardan tozalash samaradorligini oshirishni ta’minlovchi maqbul mezog‘ovaklikka ega bo‘lgan SaA turdagi seolit tarkibli sorbentlarni sintez qilish mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft` va gaz sanoatida ishlatilgan alyuminiyli adsorbentlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish va olingan mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan polialyuminiyxlorid Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (BNQIZ)da sanoat oqava suvlarini muallaq zarrachalardan tozalash uchun koagulyant sifatida joriy etilgan ("O‘zbekneftgaz" AJ ning 2025 yil 27 noyabrdagi 03-18-8-1048-son va O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 03-13-6717-son ma’lumotnomalari). Natijada, mahalliy koagulyant olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, olingan koagulyantning iqtisodiy samaradorligi xorijiy analoglariga nisbatan o‘rtacha 30-40 foizga oshirish va mahalliy xomashyodan foydalanish orqali import mahsulotlarini mahalliylashtirish imkonini bergan;
NaA li seolitning olingan namunalari Muborak gazni qayta ishlash zavodi (MGQIZ)da amaliyotga tadbiq etilgan ("O‘zbekneftgaz" AJ ning 2025 yil 27 noyabrdagi 03-18-8-1048-son va O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 03-13-6717-son ma’lumotnomalari).  Natijada, tabiiy gaz tarkibidagi suv bug‘lari miqdori ruxsat etilgan me’yoriy darajagacha kamaytirish imkonini bergan;
sintez qilingan polialyuminiyxlorid "Avtotraktorradiator" QKda ikkilamchi sanoat suvlarini muallaq zarrachalardan tozalash uchun oqava suvlarni qayta ishlashda koagulyant sifatida qo‘llanilgan ("Avtotraktorradiator" QKning 2025 yil 8 avgustdagi 168-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shma korxonada tabiiy va oqava suvlar tarkibidagi muallaq zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yoriy darajagacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish