Abdullaev Mardon Axmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kremnezem tarkibli chiqindidan foydalanib avtoklavsiz qotuvchan kompozision issiq saqlovchi materiallarni tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6089.
Ilmiy rahbar: Talipov Nigmatulla Hamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06. 
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Vasila Sunnatillaevna, texnika fanlari doktori; Usmonov Xikmatilla Lutfillaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kremnezyom tarkibli chiqindidan foydalanib avtoklavsiz qotuvchan kompozison issiq saqlovchi materiallarni tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sement-mikrokremnezyom kompozision bog‘lochisi asosida g‘ovak strukturaga ega bo‘lgan va avtoklavsiz qotuvchi materiallarni optimal tarkiblari ishlab chiqilgan;
mayda dispersli to‘ldiruvchilar va gaz hosil qiluvchi reagentning turli nisbatda g‘ovak struktura hosil qilishida komponentlarning o‘zaro ta’siri aniqlangan;
g‘ovak materiallarning strukturasini shakllantirish jarayoniga texnologik omillarning ta’siri va olingan issiqlik izolyasiyalovchi materiallarning xususiyatlari asoslangan;
sement-mikrokremnezyom kompozision bog‘lovchisi va gaz hosil qiluvchi reagent asosida olingan materiallarning asosiy termofizik xususiyatlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kremnezyom tarkibli chiqindidan foydalanib avtoklavsiz qotuvchan kompozision issiq saqlovchi materiallarni tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
sement-mikrokremnezyom kompozision bog‘lovchi va gaz hosil qiluvchi reagent asosida kompozision issiqlik izolyasion materiallarni olish texnologiyasi «EURASIA GAZ BETON» MChJning ishlab chiqarish sharoitida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 17 iyundagi 02/15-1982-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sement-mikrokremnezyom kompozision bog‘lovchisi asosida olingan gazobloklarning avtoklavsiz qotishi hisobiga texnologik jarayonni 2 marta tezlashtirish imkonini bergan;
kremnezyom tarkibli chiqindidan foydalanib avtoklavsiz qotuvchan kompozision issiq saqlovchi materiallarni samarali tarkibi «EURASIA GAZ BETON» MChJning ishlab chiqarish sharoitida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 17 iyundagi 02/15-1982-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sement–mikrokremnezyom kompozision bog‘lovchi materiallar va gaz hosil qiluvchi reagent asosida olingan g‘ovak strukturali avtoklavsiz qotuvchi issiq saqlovchi gazobloklar mikrokremnezyom qo‘shib olingan gazobloklarning zichligi D400 - D600 kg/m3, siqilishga bo‘lgan o‘rtacha mustahkamligini 20-35 kg/sm2 ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish