Muminova Dilnoza Alisher qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan bolalarda buyraklarning funksional o‘zgarishlari va ularni korreksiya qilish yo‘llari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: №B2024.2.PhD/Tib4534.
Ilmiy rahbar: Alieva Nigora Rustamovna tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti,_DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda buyraklarning funksional holatini aniqlash va o‘tkir buyrak shikastlanishini tashxislash bo‘yicha bemorlarni olib borish taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarning 22,5% da o‘tkir buyrak shikastlanishi  qayd etilgan va davolash sxemasiga qo‘shimcha N-atsetilsistein kiritilish bilan mazkur asorat rivojlanish xavfini ishonchli kamayishi aniqlangan;
o‘tkir buyrak shikastlanishi rivojlangan shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda kasallikning klinik og‘ir kechishi va o‘pka to‘qimasining keng tarqalgan shikastlanish shakllari qayd etilshi isbotlangan;
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda N-atsetilsistein qo‘llash orqali davolanishni an’anaviy davo bilan solishtirilganda malon dial`degid va neytrofillar reaktivligi ko‘rsatkichlari, antitelo ishlab chiqaruvchi limfotsitlar ulushi hamda IgM konsentratsiyasi ishonchli darajada kamayshi aniqlangan;
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda o‘tkir buyrak shikastlanishi rivojlanishining xavf omillari sifatida zotiljamning og‘ir kechishi, gemoglobin darajasi 106 g/l dan kamayishi, sistatin S miqdori 0,88 mg/l dan oshishi, S-reaktiv oqsilni 27 mg/l dan yuqori bo‘lishi, reaktiv va antitelo ishlab chiqaruvchi limfotsitlar ulushi mos ravishda 0,02% va 1% dan yuqori bo‘lishi, neytrofillar reaktivligi 51 FI dan oshishi, immunoregulyator indeks CD4/CD8 ning 1,255 nisbiy birlikdan kamayshi hamda davolash sxemasida N-atsetilsisteinning  tavsiya etilmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda buyraklarning funksional holatini o‘rganish va va o‘tkir buyrak shikastlanishini tashxislash bo‘yicha bemorlarni olib borish taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarning 22,5% da o‘tkir buyrak shikastlanishi  qayd etilgan va davolash sxemasiga qo‘shimcha N-atsetilsistein kiritilish bilan mazkur asorat rivojlanish xavfini ishonchli kamayishi aniqlangan va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.05.2025 yildagi 151-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi 05.05.2025 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan bolalarda O‘BShni erta tashxislash bo‘yicha shakllantirilgan amaliy tavsiyalar bemorlarni qabul qilishni optimallashtirishga, buyraklarning funksional holati buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlashga va o‘tkaziladigan terapiya samaradorligini oshirishga yordam beradi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi № 26/09 sonli xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir buyrak shikastlanishini erta tashxislash usullarini qo‘llash asoratlar xavfini kamaytiradi va bolalarning shifoxonada yotish muddatini qisqartiradi. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda buyraklarning funksional holatini aniqlash asoratlarning oldini olishga, terapiya samaradorligini oshirishga, shifoxonada yotish muddatini qisqartirishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir buyrak shikastlanishi rivojlangan shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda kasallikning klinik og‘ir kechishi va o‘pka to‘qimasining keng tarqalgan shikastlanish shakllari qayd etilshi isbotlangan va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.05.2025 yildagi 151-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi 05.05.2025 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar davo samaradorligini oshirishga, asoratlarni kamaytirishga, kasalxonada davolanish kunlarini qisqartirishga yordam beradi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi № 26/09 sonli xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda buyrak disfunksiyasi bilan birga kechuvchi zotiljamning og‘irlik darajasini aniqlash asoratlarning oldini olish choralarini ko‘rishga, bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini kamaytirishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda kasallikning klinik kechishi va buyraklarning funksional holatini aniqlash asoratlarning oldini olishga, davo samaradorligini oshirishga, tibbiy yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini tejash beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda N-atsetilsistein qo‘llash orqali davolanishni an’anaviy davo bilan solishtirilganda malon dial`degid va neytrofillar reaktivligi ko‘rsatkichlari, antitelo ishlab chiqaruvchi limfotsitlar ulushi hamda IgM konsentratsiyasi ishonchli darajada kamayshi aniqlangan va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.05.2025 yildagi 151-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi 05.05.2025 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi № 26/09 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy tadqiqot natijalari shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan bolalarda buyrak disfunksiyasining yuzaga kelishida xavf omillarini aniqlash va kasallik prognozini belgilash, o‘z vaqtida davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu tadqiqot natijalari asoratlarni kamaytirishga, bemorlarning shifoxonada qolish kunlarini qisqartirishga yordam beradi va 10950000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda tizimli yallig‘lanish va LPO faolligini, hujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini O‘BSh rivojlanish omillari sifatida aniqlash, kasallik prognozini baxolash, asoratlarni oldini olish va yotoq kunlari sonini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda o‘tkir buyrak shikastlanishi rivojlanishining xavf omillari sifatida zotiljamning og‘ir kechishi, gemoglobin darajasi 106 g/l dan kamayishi, sistatin S miqdori 0,88 mg/l dan oshishi, S-reaktiv oqsilni 27 mg/l dan yuqori bo‘lishi, reaktiv va antitelo ishlab chiqaruvchi limfotsitlar ulushi mos ravishda 0,02% va 1% dan yuqori bo‘lishi, neytrofillar reaktivligi 51 FI dan oshishi, immunoregulyator indeks CD4/CD8 ning 1,255 nisbiy birlikdan kamayshi hamda davolash sxemasida N-atsetilsisteinning  tavsiya etilmasligi isbotlangan  va  va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.05.2025 yildagi 151-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi 05.05.2025 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi № 26/09 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘BSh rivojlanishining xavf omillarini aniqlash, shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda ushbu asoratni bashorat qilish va erta tashxislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi O‘BSh bilan kasallangan bemorlarning davolanish kunlari sonini kamaytirish va bolalar somatik bo‘limlarida yotoq kunlarini qisqartirish hisobiga 10950000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda O‘BSh rivojlanish prediktorlarini aniqlash kasallik prognozini yaxshilash, davolash samaradorligini oshirish, buyrak tomonidan asoratlar xavfini kamaytirish va shu bilan birga davolashga ketadigan vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish