Abidov Xasanxodja Alisherovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda atopik dermatitning klinik, immunologik va immunogenetik mexanizmlarni o‘rganish asosida kompleks terapiyasini maqbullashtirish”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.4.DSc/Tib1173.
Ilmiy maslahatchi: Xaitov Kaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Batpenova Gul`nar Riskel`dievna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Yuldashev Muzaffar Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda atopik dermatitning klinik, immunologik va immunogenetik tadqiqotlar natijalari asosida kompleks terapiyasini maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Atopik dermatit (AtD) bilan og‘rigan bolalarda eng ko‘p hollarda eritematoz-skvamoz (41,8%) va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz shakllari (28,7%) aniqlanishi, ekssudativ, lixenoid va pruriginoz shakllar esa kamroq tashxis qilinishi (13,1%, 10,1% va 6,3%), kasallikning go‘daklik davrida ekssudativ shakli (52,9%), bolalar davrida eritematoz-skvamoz shakli (48,2%) va o‘smirlik-kattalik davrida lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz (45,6%), lixenoid (21,1%) va pruriginoz (10,5%) shakllari xos bo‘lishi isbotlangan;
AtD bilan kasallangan bolalarda asosan kasallikning engil darajasi (40,9%) tashxis qilinishi, o‘rta og‘ir (31,6%) va og‘ir (27,5%) darajalari kamroq ro‘yxatga olinishi, bunda engil va o‘rta og‘ir darajalari eritematoz-skvamoz shakli bo‘lgan bolalarga xosdir (48,5% va 31,3%), eritematoz-skvamoz va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz shakllarida bolalar hayot sifati dermatologik indeksining o‘rtacha boshlang‘ich ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar lixenoid va pruriginoz shakllarga nisbatan kamroq ifodalanishi isbotlangan;
AtD bilan og‘rigan bolalarda IL-17A G-197A rs2275913 genotipi G/G ning nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada kam uchrashi (muvofiq ravishda 53,3% va 70,0%), G/A genotipi uchun esa teskari bog‘liqlik kuzatilishi (muvofiq ravishda 40,0% va 26,0%), bu esa A alleli va G/A genotipi polimorfizmining kasallik rivojlanishida muhim marker roliga ega ekanligini, IL-4 S-590T rs2243283 genining geterozigot G/A genotipi mavjudligida kasallik rivojlanish xavfi 1,5 baravar ortishi, ushbu genning funksional nomuvofiq A allelini tashuvchilik esa kasallik rivojlanish xavfini ikki baravar oshirishi, bu esa ushbu polimorfizmning AtD rivojlanishida yuqori xavf genetik markeri sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini, G/G genotipi esa protektiv funksiyaga egaligi isbotlangan;
AtD bilan og‘rigan bolalarda IL-4 tanqisligi aniqlanishi, jarayon pruriginoz shaklida yaqqol ifodalanishi (1,36 ± 0,14 pg/ml), IL-17A miqdorining sezilarli ortishi esa lixenoid va pruriginoz shakllarida (muvofiq ravishda 2,90 ± 0,04 pg/ml va 2,94 ± 0,04 pg/ml) kuzatilishi, sitokinlar (IL-4 va IL-17A) statusidagi eng kam buzilishlar 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (muvofiq ravishda 1,63 ± 0,06 pg/ml va 2,31 ± 0,02 pg/ml) kuzatilishi, eng ko‘p o‘zgarish 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (muvofiq ravishda 1,41 ± 0,12 pg/ml va 2,94 ± 0,03 pg/ml) aniqlanishi isbotlangan;
AtD bilan og‘rigan bolalarda terning ultratovush tekshiruvida nazorat guruhiga nisbatan epidermis (0,21±0,0016 mm) va dermaning (1,25±0,0039 mm) sezilarli qalinlashishi, epidermis va derma exogenligining pasayganligi (p<0,001), eng sezilarli buzilishlar ekssudativ shakli (epidermis qalinligi - 0,23±0,0063 mm, derma qalinligi - 1,33±0,012 mm) uchun xos bo‘lishi, AtDning o‘tkir fazasida yallig‘lanish kichik yosh guruhidagi 90% bemorlarda bilak bo‘g‘imlari sohasida, 91% holatlarda tirsaq burmalarida, 72% da to‘piq bo‘g‘imlarida, 81% da tizza orqasida va 63% da yuz terisida joylashishi, o‘rta va katta yosh guruhlaridagi bolalarda teri o‘zgarishlari asosan bilak va tirsaq bo‘g‘imlarini qamrab olishi (mos ravishda 85% va 88% holatlarda), dopplerografiyada 68% bolalarda teri ichidagi arterial qon oqimi, 94% holatlarda esa teriosti arterial va venoz qon oqimi aniqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda atopik dermatitning kompleks davolash usulini klinik, immunologik va immunogenetik parametrlarni hisobga olgan holda maqbullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan bolalarda eng ko‘p hollarda eritematoz-skvamoz (41,8%) va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz shakllari (28,7%) aniqlanishi, ekssudativ, lixenoid va pruriginoz shakllar esa kamroq tashxis qilinishi (13,1%, 10,1% va 6,3%), kasallikning go‘daklik davrida ekssudativ shakli (52,9%), bolalar davrida eritematoz-skvamoz shakli (48,2%) va o‘smirlik-kattalik davrida lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz (45,6%), lixenoid (21,1%) va pruriginoz (10,5%) shakllari xos bo‘lishi isbotlanganligi ToshPTI Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 04.06.2025 yilda 03/414 va 03/415-son raqami bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya diagnostiki i povishenie effektivnosti prognozirovaniya klinicheskogo techeniya atopicheskogo dermatita u detey” va “Optimizatsiya taktiki lecheniya atopicheskogo dermatita u detey” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 2-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 01.08.2025 yildagi 227-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 16.08.2025 yildagi 79-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni erta tashxislash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish mutaxassislarga kasallikni erta tashxis qo‘yishda va klinik xususiyatlarini baholashda aniq diagnostik me’yorlardan foydalanish, shuningdek, AtD bilan og‘rigan bolalarga samarali patogenetik davolash usulini tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni erta tashxislash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish orqali kasallikni tashxislashda qo‘shimcha invaziv tekshiruvlardan (gistologik tahlil) voz kechish orqali bitta tekshiruv uchun sarflangan 317500 so‘m, 237 nafar bemorda esa jami 131274300 so‘m xarajatlarni tejashga erishilgan. Xulosa: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni erta tashxislash bo‘yicha taklif etilgan mezonlari bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 236400 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 317500 so‘m tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: AtD bilan kasallangan bolalarda asosan kasallikning engil darajasi (40,9%) tashxis qilinishi, o‘rta og‘ir (31,6%) va og‘ir (27,5%) darajalari kamroq ro‘yxatga olinishi, bunda engil va o‘rta og‘ir darajalari eritematoz-skvamoz shakli bo‘lgan bolalarga xosligi (48,5% va 31,3%), eritematoz-skvamoz va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz shakllarida bolalar hayot sifati dermatologik indeksining o‘rtacha boshlang‘ich ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar lixenoid va pruriginoz shakllarga nisbatan kamroq ifodalanishi isbotlanganligi ToshPTI Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 04.06.2025 yilda 03/414 va 03/415-son raqami bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya diagnostiki i povishenie effektivnosti prognozirovaniya klinicheskogo techeniya atopicheskogo dermatita u detey” va “Optimizatsiya taktiki lecheniya atopicheskogo dermatita u detey” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 2-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 01.08.2025 yildagi 227-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 16.08.2025 yildagi 79-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni og‘irlik darajasi va bemorlar hayot sifatini baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish dermatolog, pediatr va allergolog mutaxassislariga AtD bilan kasallangan bemorlarda kasallik og‘irligi darajasi va hayot sifatini baholashda maxsus diagnostik me’yorlardan foydalanish, shuningdek, samarali patogenetik davolash usulini tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni og‘irlik darajasi va bemorlar hayot sifatini baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish orqali kasallikni tashxis qilish muddatini qisqarishi va erta bosqichda samarali patogenetik davolashni boshlashga imkon bergan, ToshDavTU Bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ro‘yxatiga ko‘ra, bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 236400 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 237 nafar bemor hisobidan jami 67971600 so‘m mablag‘ tejashga erishilgan. Xulosa: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni og‘irlik darajasi va bemorlar hayot sifatini baholash bo‘yicha taklif etilgan mezonlari bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 236400 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 50400 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan bolalarda IL-17A G-197A rs2275913 genotipi G/G ning nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada kam uchrashi (muvofiq ravishda 53,3% va 70,0%), G/A genotipi uchun esa teskari bog‘liqlik kuzatilishi (muvofiq ravishda 40,0% va 26,0%), bu esa A alleli va G/A genotipi polimorfizmining kasallik rivojlanishida muhim marker roliga ega ekanligini, IL-4 S-590T rs2243283 genining geterozigot G/A genotipi mavjudligida kasallik rivojlanish xavfi 1,5 baravar ortishi, ushbu genning funksional nomuvofiq A allelini tashuvchilik esa kasallik rivojlanish xavfini ikki baravar oshirishi, bu esa ushbu polimorfizmning AtD rivojlanishida yuqori xavf genetik markeri sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini, G/G genotipi esa protektiv funksiyaga egaligi isbotlanganligi ToshPTI Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 04.06.2025 yilda 03/414 va 03/415-son raqami bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya diagnostiki i povishenie effektivnosti prognozirovaniya klinicheskogo techeniya atopicheskogo dermatita u detey” va “Optimizatsiya taktiki lecheniya atopicheskogo dermatita u detey” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 2-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 01.08.2025 yildagi 227-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 16.08.2025 yildagi 79-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni rivojlanish xavfiga ayrim sitokinlar geni polimorfizmi ko‘rsatkichlari ta’sirini baholash bo‘yicha mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish AtD bilan kasallangan bemorlarda kasallik tashxislashda maxsus immunogenetik diagnostik mezonlardan foydalanish, shuningdek, samarali patogenetik davolash usulini tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni rivojlanish xavfiga ayrim sitokinlar geni polimorfizmi ko‘rsatkichlari ta’sirini baholash bo‘yicha mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish orqali kasallikni tashxis qilish muddatini qisqarishi va erta bosqichda samarali patogenetik davolashni boshlashga imkon bergan, ToshDavTU Bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ro‘yxatiga ko‘ra, bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 236400 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 164 nafar bemor hisobidan jami 99105200 so‘m mablag‘ tejashga erishilgan. Xulosa: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni erta tashxislashda immunogenetik tekshiruvlarni o‘tkazish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 236400 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 367900 so‘m tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan bolalarda IL-4 tanqisligi aniqlanishi, bunda jarayon pruriginoz shaklida yaqqol ifodalanishi (1,36 ± 0,14 pg/ml), IL-17A miqdorining sezilarli ortishi esa lixenoid va pruriginoz shakllarda (muvofiq ravishda 2,90 ± 0,04 pg/ml va 2,94 ± 0,04 pg/ml) kuzatilishi, shu bilan birga, sitokinlar (IL-4 va IL-17A) statusidagi eng kam buzilishlar 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (muvofiq ravishda 1,63 ± 0,06 pg/ml va 2,31 ± 0,02 pg/ml) kuzatilishi, eng ko‘p o‘zgarish 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (muvofiq ravishda 1,41 ± 0,12 pg/ml va 2,94 ± 0,03 pg/ml) aniqlanishi isbotlanganligi ToshPTI Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 04.06.2025 yilda 03/414 va 03/415-son raqami bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya diagnostiki i povishenie effektivnosti prognozirovaniya klinicheskogo techeniya atopicheskogo dermatita u detey” va “Optimizatsiya taktiki lecheniya atopicheskogo dermatita u detey” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 2-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 01.08.2025 yildagi 227-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 16.08.2025 yildagi 79-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda ayrim sitokinlar ko‘rsatkichlarini baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish mutaxassislarga AtD bilan kasallangan bemorlarda kasallik tashxislashda maxsus immunologik diagnostik mezonlardan foydalanish, shuningdek, samarali patogenetik davolash usulini tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda ayrim sitokinlar ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish orqali kasallikni tashxis qilish muddatini qisqarishi va erta bosqichda samarali patogenetik davolashni boshlashga imkon bergan, ToshDavTU Bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ro‘yxatiga ko‘ra, bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 236400 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 164 nafar bemor hisobidan jami 103246200 so‘m mablag‘ tejashga erishilgan. Xulosa: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni erta tashxislashda immunologik tekshiruvlarni o‘tkazish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 236400 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 393150 so‘m tejash imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan bolalarda terning ultratovush tekshiruvida nazorat guruhiga nisbatan epidermis (0,21±0,0016 mm) va dermaning (1,25±0,0039 mm) sezilarli qalinlashishi, epidermis va derma exogenligining pasayganligi (p<0,001), eng sezilarli buzilishlar ekssudativ shakli (epidermis qalinligi - 0,23±0,0063 mm, derma qalinligi - 1,33±0,012 mm) uchun xos bo‘lishi, AtDning o‘tkir fazasida yallig‘lanish kichik yosh guruhidagi 90% bemorlarda bilak bo‘g‘imlari sohasida, 91% holatlarda tirsaq burmalarida, 72% da to‘piq bo‘g‘imlarida, 81% da tizza orqasida va 63% da yuz terisida joylashishi, o‘rta va katta yosh guruhlaridagi bolalarda teri o‘zgarishlari asosan bilak va tirsaq bo‘g‘imlarini qamrab olishi (mos ravishda 85% va 88% holatlarda), dopplerografiyada 68% bolalarda teri ichidagi arterial qon oqimi, 94% holatlarda esa teriosti arterial va venoz qon oqimi aniqlanishi isbotlanganligi ToshPTI Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 04.06.2025 yilda 03/414 va 03/415-son raqami bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya diagnostiki i povishenie effektivnosti prognozirovaniya klinicheskogo techeniya atopicheskogo dermatita u detey” va “Optimizatsiya taktiki lecheniya atopicheskogo dermatita u detey” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 2-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 01.08.2025 yildagi 227-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son Tumanlararo teri-tanosil kasalliklar dispanserining 16.08.2025 yildagi 79-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda terining ul`tratovush tekshiruvi baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish shifokorlarga AtD bilan kasallangan bemorlarda kasallik tashxislashda maxsus ul`tratovush diagnostik mezonlardan foydalanish, kasallik klinik kechishini bashoratlash, shuningdek, samarali patogenetik davolash usulini tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: AtD bilan og‘rigan bolalarda terining ul`tratovush tekshiruvi baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish dermatolog, pediatr va allergolog mutaxassislariga AtD bilan kasallangan bemorlarda kasallik tashxislashda maxsus ul`tratovush diagnostik mezonlardan foydalanish, kasallik klinik kechishini bashoratlash, shuningdek, samarali patogenetik davolash usulini tayinlashga imkon bergan, ToshDavTU Bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ro‘yxatiga ko‘ra, bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 236400 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 237 nafar bemor hisobidan jami 128738400 so‘m mablag‘ tejashga erishilgan. Xulosa: AtD bilan og‘rigan bolalarda kasallikni erta tashxislashda ul`tratovush tekshiruvini o‘tkazish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 236400 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 306800 so‘m tejash imkonini bergan.