Olimov Anvarjon Atamirzaevichning 
bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, “Raqamli iqtisodiyot sharoitida to‘qimachilik sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish amaliyotini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4890
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Vaxabov Abdurahim Vosiqovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.02.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Xashimov Akram Abdievich, i.f.f.d., PhD., dotsent Suleymanova Shoira Alavxanovna.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli va logistik ustunliklar, klaster doirasidagi sinergiya, ekologik va ijtimoiy barqarorlik, global qiymat zanjirlaridagi pozisiyani yaxshilash kabi omillarni kompleks tarzda inobatga olgan holda, to‘qimachilik korxonasining raqobat ustunligini dinamik, ko‘p mezonli va riskka moslashtirilgan integral konsepsiya nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
yigirish tarmog‘ida raqamli texnologiyalar samaradorligini ekonometrik baholash asosida raqobatbardoshlikni oshirishning differensial modeli orqali avtomatlashtirish, rentabellik (6,2 %, β=0.042; p<0.05) va eksport ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlik doirasida yangi texnologiyalar joriy etish vositasida xarajatlarni qisqartirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda kichik, o‘rta va yirik korxonalar faoliyat ko‘lami va texnologik jarayon xususiyatlariga ko‘ra ip-gazlama (0.29; 0.38; 0.50), to‘quv-trikotaj (0,23; 0.25; 0.30), tikuvchilik (0.18; 0.21; 0.20) korxonalarning avtomatlashtirish darajasi nisbatlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik asoslangan;
O‘zbekistonda yigirish, ip-gazlama, to‘quv-trikotaj, tikuvchilik tarmoqlarida texnologiyalarni joriy etish samaradorligini ekonometrik baholash asosida 2026–2031 yillardagi mahsulot eksport hajmlarining prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini raqamli va logistik ustunliklar, klaster doirasidagi sinergiya, ekologik va ijtimoiy barqarorlik, global qiymat zanjirlaridagi pozisiyani yaxshilash kabi omillarni kompleks tarzda inobatga olgan holda, to‘qimachilik korxonasining raqobat ustunligini dinamik, ko‘p mezonli va riskka moslashtirilgan integral konsepsiya nuqtai nazaridan takomillashtirish yuzasidan nazariy-uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil, 25-noyabrdagi №388-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda to‘qimachilik korxonasining raqobat ustunligini dinamik, ko‘p mezonli va riskka moslashtirilgan integral konsepsiya nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
yigirish tarmog‘ida raqamli texnologiyalar samaradorligini ekonometrik baholash asosida raqobatbardoshlikni oshirishning differensial modeli orqali avtomatlashtirish, rentabellik (6,2 %, β=0.042; p<0.05) va eksport ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlik doirasida yangi texnologiyalar joriy etish vositasida xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha takliflar “BAKAN TEX” MChJ XK xorijiy korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-iyuldagi № 02/25-1807-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “BAKAN TEX” MChJ XK korxonasida yuqori samarali texnologiyalar (CNC, AI-diagnostika, IoT), ERP tizimlari va mahsulot monitoringi uchun RFID texnologiyalarini joriy etish orqali korxona ishlab chiqarish xarajatlari 2024-yilda 2022-yilga nisbatan 15%ga kamaygan, mehnat unumdorligi 2024-yilda 0.034 (bir ishchi-xodimga 34 500 AQSh dollari) darajasida aniqlangan. Panel regressiya natijalariga ko‘ra, ishchilar sonining ortishi mehnat unumdorligini pasaytirishi (β≈–2.56%, p<0.001), avtomatlashtirish uskunalariga qilingan sarmoya esa mehnat unumdorligini oshirishi (RE modeli: p<0.001) aniqlangan, shuningdek korxona ishchilar sonini optimallashtirish orqali ularni 12%ga qisqartirishga erishilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda kichik, o‘rta va yirik korxonalar faoliyat ko‘lami va texnologik jarayon xususiyatlariga ko‘ra ip-gazlama (0.29; 0.38; 0.50), to‘quv-trikotaj (0,23; 0.25; 0.30), tikuvchilik (0.18; 0.21; 0.20) korxonalarning avtomatlashtirish darajasi nisbatlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Fusion Art Export” MChJ mas’uliyati cheklangan jamiyat korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-iyuldagi № 02/25-1807-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Fusion Art Export” MChJ korxonasida yuqori samarali texnologiyalar (CNC, AI-diagnostika, IoT), ERP tizimlari va mahsulot monitoringi uchun RFID texnologiyalarini joriy etish orqali korxona ishlab chiqarish xarajatlari 2024-yilda 2022-yilga nisbatan 40%ga kamaygan, mehnat unumdorligi 2024-yilda 0.172 (bir ishchi-xodimga 171.82 AQSh dollari) darajasida aniqlangan. Panel regressiya tahlili natijalariga ko‘ra, ishchilar sonining oshishi mehnat unumdorligini pasaytirishi (TE modeli: β = –2.412; p < 0.001), avtomatlashtirish uskunalariga qilingan sarmoyalar esa mehnat unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi (β = 1.49; p = 0.050) aniqlandi. Korxonada ishchi-xodimlar sonini optimallashtirish orqali ularning 8%ga qisqarishiga erishilgan;
O‘zbekistonda yigirish, ip-gazlama, to‘quv-trikotaj, tikuvchilik tarmoqlarida texnologiyalarni joriy etish samaradorligini ekonometrik baholash asosida 2026–2031 yillardagi mahsulot eksport hajmlarining ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-iyuldagi № 02/25-1807-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yigirish, ip-gazlama, to‘quv-trikotaj, tikuvchilik tarmoqlarida istiqbol davrida mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish