Tugalov Bobur Qarshiboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklari faoliyatidagi kredit va valyuta risklarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3525
Ilmiy rahbar: Dodiev Fozil Utkurovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Ravshan Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari faoliyatidagi kredit va valyuta risklarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda amaldagi moliyaviy koeffisientlar tizimiga muddatli likvidlilik va moliyaviy marja kabi koeffisientlarni kiritish, hamda kredit riskiga bozor risklarining ta’sirini baholash aniqligini oshirish asosida «umidsiz» va «shubhali» kreditlarning darajasini pasaytirish asoslangan;
tasniflangan kreditlar tarkibini yaxshilashda umumiy pul oqimi darajasi yuqori boʼlgan mijozlarga (CFt/L=min 75%) berilgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog‘ini oshirish va kreditlar boʼyicha majburiyatlar ijrosini ta’minlashning moliyaviy-tashkiliy yordam usulidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
kreditlarning daromadliligi koʼrsatkichlari boʼyicha net-interest-marja uchun 3–4 foiz va kredit portfeli boʼyicha foizli daromadning minimal qabul qilingan 6–8 foizlik meʼyorlari kabi chegaraviy mezonlarga erishish orqali kreditlar boʼyicha foizli daromadlar darajasini oshirish taklif etilgan;
ochiq valyuta pozisiyalarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish hamda valyuta operatsiyalarining turli instrumentlaridan kompleks foydalanish amaliyotini joriy etish orqali tijorat banklarining valyutaviy likvidligini oshirish, valyuta risklarini kamaytirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda amaldagi moliyaviy koeffisientlar tizimiga muddatli likvidlilik va moliyaviy marja kabi koeffisientlarni kiritish, hamda kredit riskiga bozor risklarining ta’sirini baholash aniqligini oshirish asosida «umidsiz» va «shubhali» kreditlarning darajasini pasaytirish taklifi AT “Turonbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2024 yil 24 martdagi 31/04-142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Turonbank”da «umidsiz» va «shubhali» kreditlarning tasniflangan kreditlar hajmidagi salmog‘i 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 0,2 foizli punktga pasaygan;
tasniflangan kreditlar tarkibini yaxshilashda umumiy pul oqimi darajasi yuqori boʼlgan mijozlarga (CFt/L=min 75%) berilgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog‘ini oshirish va kreditlar boʼyicha majburiyatlar ijrosini ta’minlashning moliyaviy-tashkiliy yordam usulidan foydalanish taklifi AT “Turonbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2024 yil 24 martdagi 31/04-142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada AT “Turonbank”da “shubhali” kreditlar boʼyicha zaxira ajratmalari summasi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 23,8 foizga kamaygan;
kreditlarning daromadliligi koʼrsatkichlari boʼyicha net-interest-marja uchun 3–4 foiz va kredit portfeli boʼyicha foizli daromadning minimal qabul qilingan 6–8 foizlik meʼyorlari kabi chegaraviy mezonlarga erishish orqali kreditlar boʼyicha foizli daromadlar darajasini oshirish taklifi AT “Turonbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2024 yil 24 martdagi 31/04-142-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT “Turonbank”da kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi ulushi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 1,6 foizli punktga oshgan;
ochiq valyuta pozisiyalarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish hamda valyuta operatsiyalarining turli instrumentlaridan kompleks foydalanish amaliyotini joriy etish orqali tijorat banklarining valyutaviy likvidligini oshirish, valyuta risklarini kamaytirish taklifi AT “Turonbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2024 yil 24 martdagi 31/04-142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Turonbank”da “Nostro” vakillik hisobraqamidagi valyuta mablag‘larining kassali aktivlar hajmidagi ulushi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 0,4 foizga punktga oshgan.