Irgasheva Nigora Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5410
Ilmiy rahbar: Norov Akmal Ruzimamatovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari amaliyotiga «Kredit risklarini boshqarish» modelini joriy etish orqali kichik biznes sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha risklarni sezilarli darajada kamaytirish mexanizmi taklif etilgan;
tijorat bank kreditlari orqali kichik biznesdagi bandlikning 1 birlikka oshishi bank kredit portfelini 0.45 birlikka oshishiga ijobiy ta’siri empirik jihatdan aniqlangan holda, tijorat banklari kredit portfelini «Sodiq mijoz» modeli asosida segmentlarga ajratish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
tijorat banklari kreditlash amaliyotiga «Kesh-flo oqimlarini boshqarish» platformasini joriy etish vositasi orqali kichik biznes sub’ektlarining qarz to‘lov qobiliyatini baholash asosida kredit portfeli samaradorligini oshirish mexanizmini shakllantirish taklif etilgan;
tijorat bankda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyoti takomillashtirish vositasida bankning kredit portfeli samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari amaliyotiga «Kredit risklarini boshqarish» modelini joriy etish orqali kichik biznes sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha risklarni sezilarli darajada kamaytirish mexanizmiga doir taklifi ATB «Mikrokreditbank» kreditlash amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-sentyabrdagi 05-12/20305 son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning 2025-yil 1-yanvar holatiga bankning umumiy kredit portfeli miqdori oldingi yilga nisbatan 3,01 trln.so‘mga oshib 9,41 trln.so‘mni tashkil qilish imkonini bergan;
tijorat bank kreditlari orqali kichik biznesdagi bandlikning 1 birlikka oshishi bank kredit portfelini 0.45 birlikka oshishiga ijobiy ta’siri empirik jihatdan aniqlangan holda, tijorat banklari kredit portfelini «Sodiq mijoz» modeli asosida segmentlarga ajratish amaliyotini joriy etishga doir taklifi ATB «Mikrokreditbank» kreditlash amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-sentyabrdagi 05-12/20305 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining rivojlanish strategiyasiga kiritilishi belgilangan;
tijorat banklari kreditlash amaliyotiga «Kesh-flo oqimlarini boshqarish» platformasini joriy etish vositasi orqali kichik biznes sub’ektlarining qarz to‘lov qobiliyatini baholash asosida kredit portfeli samaradorligini oshirish mexanizmini shakllantirishga doir taklifi ATB «Mikrokreditbank» kreditlash amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-sentyabrdagi 05-12/20305 son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning 2025-yil 1-yanvar holatiga kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori oldingi yilga nisbatan 8,2 foizga oshib 3,9 trln.so‘mni tashkil etdi;
tijorat bankda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyoti takomillashtirish vositasida bankning kredit portfeli samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylariga doir taklifi ATB «Mikrokreditbank» amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-sentyabrdagi 05-12/20305 son ma’lumotnomasi). Natijada, prognoz ssenatiylaridan «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining rivojlanish strategiyasini ishlab-chiqishda foydalanilgan.