Zakirov Ansabxon Akaidinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xalqaro darajada muvofiqligini baholashning moliyaviy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Mavlanov Normumin Normamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Ishmanova Dinara Normamat qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Radjabov Umurzak Ablakulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining xalqaro darajada muvofiqligini baholashning moliyaviy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy yukini kamaytirish va bozorga chiqish jarayonini jadallashtirishda mahalliy bozorlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar muvofiqligini tasdiqlashni xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirishni joriy etish orqali sertifikatlash xarajatlarining to‘liq qiymatda iqtisod qilish taklifi etilgan;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ILAC va IAF xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari doirasida amal qiluvchi o‘zaro tan olish belgilarini tadbirkorlik subektlariga milliy akkreditatsiyalash organi tomonidan taqdim etilishi asoslangan;
muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiyalangan tartibda mahsulotlarni sertifikatlashtirishni joriy etish orqali ularni eksport qilish jarayonida yuzaga keladigan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda ortiqcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qisqartirish taklif etilgan;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda aholining elektr-energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida IECEE xalqaro tan olingan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini qo‘llash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining xalqaro darajada muvofiqligini baholashning moliyaviy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy yukini kamaytirish va bozorga chiqish jarayonini jadallashtirishda mahalliy bozorlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar muvofiqligini tasdiqlashni xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirishni joriy etish orqali sertifikatlash xarajatlarining to‘liq qiymatda iqtisod qilishga doir taklifi O‘zbekiston Resrublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati masalalari bo‘limining 2025-yil 18-yanvardagi 26/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy bozorlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha tadbirkorlik subektlarining xarajatlarining o‘rtacha 3,5 mln. so‘mgacha qisqarishiga erishilgan;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ILAC va IAF xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari doirasida amal qiluvchi o‘zaro tan olish belgilarini tadbirkorlik subektlariga milliy akkreditatsiyalash organi tomonidan taqdim etilishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-sonli farmonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati masalalari bo‘limining 2025-yil 18-yanvardagi 26/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ILAC va IAF xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari doirasida amal qiluvchi o‘zaro tan olish belgilarini milliy akkreditatsiyalash organi tomonidan berilishi orqali xorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish xarajatlarini 7 barobargacha qisqartirilishi asoslangan;
muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiyalangan tartibda mahsulotlarni sertifikatlashtirishni joriy etish orqali ularni eksport qilish jarayonida yuzaga keladigan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda ortiqcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qisqartirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati masalalari bo‘limining 2025-yil 18-yanvardagi 26/07-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanilishi natiajsida, mamlakat eksport hajmining yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 15 foizni tashkil etishi asoslangan;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda aholining elektr-energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida IECEE xalqaro tan olingan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’lumotnomasi asosida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati masalalari bo‘limining 2025-yil 18-yanvardagi 26/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga qadar energiya sarfini 350 mln. dollarga kamayishiga erishishning prognozi ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish