Saloxiddinov Jurabek Saidaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez tugunli hosilalarini xirurgik davolash natijalarining omillar tahlili», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2538.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor. Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Semey tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qalqonsimon bez xavfsiz tugunli hosilalari bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gistomorfologik va nurli tekshiruv usullari natijalari o‘rtasida TIRADS klassifikatsion tizimi bo‘yicha yuqori darajadagi o‘zaro korrelyasiya va muvofiqlik mavjudligi aniqlangan;
ilk bor TIRADS tizimi bo‘yicha qalqonsimon bez tugunli hosilalarida jarrohlik amaliyoti hajmini tanlash uchun optimallashtirish imkonini bergan algoritm ishlab chiqilgan;
ilk bor klinik amaliyotga qaytalanuvchi laringeal nerv shoxlarining shikastlanish holatlari va operatsiya vaqtidagi qon ketish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaytirilgan mini-kirish yo‘li orqali strumektomiya usuli Sonoca ultratovushli dissektori yordamida olib borish ishlab chiqilgan;
qalqonsimon bezning yaxshi sifatli tugunli hosilalarida organ saqlovchi operatsiyalar amalga oshirish yaqin va uzoq muddatli natijalar radikal tireoidektomiyaga nisbatan samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bez tugunli hosilalarini xirurgik davolash natijalarining omillar tahlili bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 04.09.2025 y. 24/07-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor gistomorfologik va nurli tekshiruv usullari natijalari o‘rtasida TIRADS klassifikatsion tizimi bo‘yicha yuqori darajadagi o‘zaro korrelyasiya va muvofiqlik mavjudligi aniqlanganligi Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 48-son buyrug‘i) va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (08.03.2025 y. 681-7-107-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyagacha bo‘lgan davrda TIRADS klassifikatsion tizimi asosidagi UTT, UT nazorati ostida o‘tkazilgan ingichka ignali punksion aspiratsion biopsiya, shuningdek zarurat tug‘ilganda KT va MRTdan kompleksidan foydalanish qalqonsimon bez tugunli hosilalarini tashxislash samaradorligini oshiradi va shu orqali ushbu patologiyada jarrohlikning optimal taktikasini tanlanishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: UT nazorati ostida o‘tkazilgan ingichka ignali punksion aspiratsion biopsiya amaliyotini o‘tkazish jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5-7 kun uchun 3125460 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 896400 so‘m sarflanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkich 2056400 so‘mni tashkil etadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: amaliyotgacha bo‘lgan davrda UTTning TIRADS klassifikatsiya tizimi bo‘yicha tekshiruvi va UTT nazorati ostidagi TAB, zarurat bo‘lganda KT va/yoki MRTdan kompleks foydalanish qalqonsimon bez to‘g‘unli shakllanishlarini tashxislash samaradorligini oshiradi. Bu esa ushbu patologiyada jarrohlik taktikasi optimal tanlanishiga yordam beradi. Shu bilan birga, gistomorfologik tadqiqot ma’lumotlari, TAB va TIRADS klassifikatsiya tizimi bo‘yicha UTT ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor TIRADS tizimi bo‘yicha qalqonsimon bez tugunli hosilalarida jarrohlik amaliyoti hajmini tanlash uchun optimallashtirish imkonini bergan algoritm ishlab chiqilganligi Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 48-son buyrug‘i) va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (08.03.2025 y. 681-7-107-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: klinika amaliyotiga TIRADS klassifikatsion tizimi joriy etilib, qalqonsimon bez tugunli hosilalarida UTT natijalariga asoslangan tashxislash algoritm taklif etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: TIRADS klassifikatsion tizimi orqali bemorlarda miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1654620 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: klinik amaliyotga TIRADS klassifikatsiya tizimi joriy etildi va qalqonsimon bez to‘g‘unli shakllanishlarida UTT natijalari asosida harakat algoritmi taklif etildi. Operativ davolashga ko‘rsatmalarni aniqlash va operatsiya hajmini optimal tanlash uchun takomillashtirilgan mezonlar ishlab chiqildi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik amaliyotga qaytalanuvchi laringeal nerv shoxlarining shikastlanish holatlari va operatsiya vaqtidagi qon ketish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaytirilgan mini-kirish yo‘li orqali strumektomiya usuli Sonoca ultratovushli dissektori yordamida olib borish ishlab chiqilganligi Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 48-son buyrug‘i) va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (08.03.2025 y. 681-7-107-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez tugunli hosilalarida a’zoni saqlovchi operatsiyalar faqatgina tugunlarning xavfsiz xarakteri aniq tasdiqlangan, hamda yomon sifatli jarayonga shubha bo‘lmagan hollarda tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mini-kirish yo‘li orqali strumektomiya usuli va Sonoca ul`tratovushli dissektori bilan foydalanish odatda umumiy o‘rtacha 314000 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qalqonsimon bezning yaxshi sifatli to‘g‘unli shakllanishlarida organni saqlovchi operatsiyalarni bajarish ko‘p hollarda yaqin (56,2%) va uzoq (53,4%) muddatli davrlarda yaxshi natijalar beradi. Organni saqlovchi operatsiyalardan so‘ng qoniqarsiz natijalar uchrashi amaliyotdan keyingi yaqin muddatda 3,7% dan uzoq muddatda 3,4% gacha pasayadi, katta hajmda bez to‘qimasi olib tashlangan operatsiyalardan so‘ng esa bu ko‘rsatkich 20,0% va 33,3% ni tashkil qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bezning yaxshi sifatli tugunli hosilalarida organ saqlovchi operatsiyalar amalga oshirish yaqin va uzoq muddatli natijalar radikal tireoidektomiyaga nisbatan samaradorligi isbotlanganligi Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 48-son buyrug‘i) va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (08.03.2025 y. 681-7-107-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi kechki natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi ko‘rsatkichlar a’zo saqlovchi operatsiyalardan keyin qayd etildi. Shu bilan birga, a’zoni saqlovchi operatsiyalardan keyingi asoratlar (kasallik qaytalanishi ko‘rinishida) davolash natijalarini katta hajmdagi bez to‘qimasini olib tashlashdan keyin ko‘p uchraydigan gipotireozga nisbatan ancha kam kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qalqonsimon bez xavfsiz hosilalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda a’zoni saqlab qoluvchi amaliyotlarining radikal tireoidektomiyaga nisbatan tavsiya qilingan kompleks davo taktikasi orqali bemorlarda statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3567800 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 1 kun reanimatsiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida miniinvaziv jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: amaliyotdan keyingi uzoq muddatli natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi ko‘rsatkichlar (94,8% gacha) organni saqlovchi operatsiyalardan keyin kuzatilgan. Shu bilan birga, organni saqlovchi operatsiyalardan so‘ng residiv ko‘rinishidagi asoratlar davolash samaradorligiga kam ta’sir ko‘rsatadi. Ammo katta hajmda bez to‘qimasi olib tashlangan operatsiyalardan so‘ng ko‘proq uchraydigan gipotireoz bemorlar davolash natijalarining yomonlashishiga ko‘proq sabab bo‘ladi.