Tashpulatova Xurshidabonu Ahmadjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesning profilaktikasi va davolashda chuqur ftorlashning samaradorligi» 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3612.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Haydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Esembaeva Saule Serikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A. Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda doimiy tishlarni yorib chikish davrida boshlang‘ich kariesni oldini olish va davolashda  chuqur ftorlash samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda aralash prikus davrida boshlang‘ich kariesni kechishi  tish emali rezistentlik darajasiga bog‘liq xolda og‘iz suyuqligida kal`siy (0,8 mol`/l) va ftor (0,0178 mg/l)  ionlari   kamayganligi aksincha fosfor (8,8 mol`/l)  ionlari ko‘payganligi  aniqlangan;
oq dog‘ bosqichidagi kariesni davolashda chuqur ftorlash samaradorligi an’anaviy ftorlashdan 2 barobar yuqori  penetratsiya chuqurligi 192 mkm±0,05 ga ko‘proq emalga  kirib borishi  isbotlangan;
doimiy tishlar emali mineralizatsiyasi tugallanmagan davrida uning kimyoviy tarkibi, morfologik va fizik xususiyatlariga ko‘ra mahalliy karies profilaktik vositalarni yuqori konsentratsiyada adsorbsiyasi orqali emal yuzasida 40-100 mkm  kariesga turg‘un himoya qavati hosil bo‘lganligi isbotlangan;
bolalarda doimiy tishlar yorib chiqqandan keyingi 18 oy davomida  emalni kariesga chalinish extimoli 2 barobar ko‘pligi, shaxsiy yondashuvga asoslangan kompleks stomatologik davolash-profilaktik dasturini  aynan shu  davrda amalga oshirish orqali asosiy guruhda 65% karies reduksiyasiga erishish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesning profilaktikasi va davolashda chuqur ftorlashning samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda aralash prikus davrida boshlang‘ich kariesni kechishi  tish emali rezistentlik darajasiga bog‘liq xolda og‘iz suyuqligida kal`siy (0,8 mol`/l) va ftor (0,0178 mg/l)  ionlari   kamayganligi aksincha fosfor (8,8 mol`/l)  ionlari ko‘payganligi  aniqlangan. Ilmiy yangilikdan olingan natijalar asosida: “Bolalarda doimiy tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesni klinikasi va diagnostikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 11.05.2024-yildagi 04-p/170-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Toshkent shaxar Sog‘liqni Saqlash Boshqarmasi Shayxontoxur tumani 6-son bolalar stomatologiya poliklinikasida  amaliyotga tadbiq etilgan. “Bolalarda doimiy tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesni davolash va oldini olishda chukur ftorlash samaradorligini baxolash” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 11.05.2024-yildagi 04-r/171-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Toshkent shahar Sog‘liqni Saqlash Boshqarmasi Olmazor tumani  5-son bolalar stomatologiya poliklinikasida tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:  bu model davlat va xususiy bolalar stomatologiya muassalarida bolalar terapevt stomatologi ishini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich kariesda demineralizatsiya jarayonini avj olishiga ko‘ra tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kasallikni keltirib chiqaruvchi mahalliy va umumiy sabablarga ko‘ra fanlararo yondashuv o‘tkazilishi bolalarni umumiy somatik rivojlanishini yaxshilanishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bolalarda mineralizatsiyasi tugallanmagan doimiy tishlarni emal rezistentligi darajasiga ko‘ra  ftorlash usullarini to‘g‘ri tanlash va  bemor qatnovlari sonini kamaytirish xar bir bolada karies asoratini davolash uchun  sarflanadigan mablag‘ni tejalishini ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: oq dog‘ bosqichidagi kariesni davolashda chuqur ftorlash samaradorligi an’anaviy ftorlashdan 2 barobar yuqori  penetratsiya chuqurligi 192 mkm±0,05 ga ko‘proq emalga  kirib borishi  isbotlangan. Olingan ilmiy natijalar asosida: “Bolalarda doimiy tishlarni yorib chikish davrida boshlangich kariesni klinikasi va diagnostikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 11.05.2024-yildagi 04-p/170-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Toshkent shaxar Sog‘liqni Saqlash Boshqarmasi Shayxontoxur tumani 6-son bolalar stomatologiya poliklinikasida tadbiq etilgan.  “Bolalarda doimiy tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesni davolash va oldini olishda chuqur ftorlash samaradorligini baxolash” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 11.05.2024-yildagi 04-r/171-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Toshkent shahar Olmazor tumani 5-bolalar stomatologiya poliklinikasida tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: SEM orqali  olingan natijalar  doimiy tishlarni emali  kariesga moyilligi yuqori bo‘lgan davrida milliy  chuqur ftorlash  preparati yordamida boshlang‘ich kariesni stabilizatsiya qilish va oldini olish xususiyatlari  morfologik isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bolalarda mineralizatsiyasi tugallanmagan doimiy tishlarni emal rezistentligi darajasiga ko‘ra ftorlash usullarini olib borish va tavsiya etilgan davolovchi-profilaktik kompleks yordamida boshlang‘ich kariesni oldini olish va davolash natijasida  stomatologik davo muolajalarini o‘tkazish jarayonida har bir bolaga sarflanadigan mablag‘ning 2 mln so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: doimiy tishlar emali mineralizatsiyasi tugallanmagan davrida uning kimyoviy tarkibi, morfologik va fizik xususiyatlariga ko‘ra mahalliy karies profilaktik vositalarni yuqori konsentratsiyada adsorbsiyasi orqali emal yuzasida 40-100 mkm  kariesga turg‘un himoya qavati hosil bo‘lganligi isbotlangan.  Ilmiy yangilikdan olingan ilmiy natijalar asosida “Bolalarda doimiy tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesni klinikasi va diagnostikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 11.05.2024-yildagi 04-p/170-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Toshkent shaxar Sog‘liqni Saqlash Boshqarmasi Shayxontohur tumani 6-son bolalar stomatologiya poliklinikasida tadbiq etilgan. “Bolalarda doimiy tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesni davolash va oldini olishda chuqur ftorlash samaradorligini baholash” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 11.05.2024-yildagi 04-r/171-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Toshkent shahar Olmazor tumani 5-bolalar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar chuqur ftorlash natijasida  bolalar og‘iz bo‘shlig‘ida endigina yorib chiqqan   doimiy tishlar emal yuzasida  kariesga  turg‘un remineralizatsiya qavatini xosil bo‘lishi; og‘iz suyuqligining remineralizatsiya xususiyatini ortishi va biofizik ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga siljishi; kariesning erta va kech asoratlarining bartaraf etilganligi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bolalarda doimiy tishlarni chuqur ftorlashni kariesga qarshi maksimal samarasiga erishish uchun  muolajani (almashinuv prikus yakuniga  qadar yiliga kamida 2 marotaba) amalga oshirildi va xar qatnovi uchun o‘rtacha 250 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu profilaktik yondashuvning joriy etilishi natijasida plombalash, endodontik davolash va ortopedik yordamga bo‘lgan ehtiyojning sezilarli darajada kamayishi kuzatildi. Bu esa stomatologik xizmatlar uchun sarflanadigan moddiy xarajatlarni qisqartirishga, shifokor mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga hamda davolash muddatlarini kamaytirishga olib keladi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda doimiy tishlar yorib chiqqandan keyingi 18 oy davomida  emalni kariesga chalinish extimoli 2 barobar ko‘pligi, shaxsiy yondashuvga asoslangan kompleks stomatologik davolash-profilaktik dasturini  aynan shu  davrda amalga oshirish orqali asosiy guruhda 65% karies reduksiyasiga erishish asoslangan. Ilmiy yangilikdan olingan ilmiy natijalar asosida: “Bolalarda doimiy tishlarni yorib chiqish davrida boshlang‘ich kariesni klinikasi va diagnostikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 11.05.2024-yildagi 04-p/170-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Toshkent shaxar Sog‘liqni Saqlash Boshqarmasi Shayxontoxur tumani 6-son bolalar stomatologiya poliklinikasida tadbiq etilgan. Olingan natijalar Toshkent shahar Olmazor tumani 5-bolalar stomatologiya poliklinikasida tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mazkur dastur bolalarda tish kasalliklarining erta bosqichda oldini olish, og‘riq sindromining kamayishi, hayot sifatining yaxshilanishi hamda maktabda o‘qish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillarning qisqarishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bolalar va ularning ota-onalarida stomatologik madaniyatning shakllanishi, profilaktikaga bo‘lgan ongli munosabatning oshishi ta’minlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:  kariesning oldini olish orqali plombalash, asoratlangan kariesni davolash va takroriy stomatologik murojaatlar sonining kamayishi kuzatildi. Bu stomatologik muassasalarda moddiy-texnik resurslardan oqilona foydalanishga, davolash xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun umumiy iqtisodiy yukni kamaytirishga olib keladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish