Yuldashev Tolib Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i shoshilinch patologiyasi bo‘lgan bolalarda ileostomaning taktik va texnik jixatlarini takomillashtirish», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ¹B2025.2.PhD/Tib6117.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzakarimov Baxromjon Xalimjonovich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlikdan keyingi erta va kechki asoratlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kompleks reabilitatsiya dasturini takomillashtirish orqali ileostoma qo‘yilgan bolalarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ileostoma qo‘yilgan bolalarda asoratlarni oldini olish va davolashga kompleks yondashuvga asoslangan, ichakning normal mikrobiotini ertaroq tiklash, davolashning radikal rekonstruktiv-tiklash bosqichini o‘tkazish vaqtini qisqartirish imkonini beruvchi kompleks xirurgik reabilitatsiya dasturi ishlab chiqilgan;
eksperimental modellashtirilgan ileostoma sohasida past intensivlikda lazerli nurlantirishni qo‘llash mikrotsirkulyasiyani va proliferativ jarayonlarni faollashtirish hisobiga to‘liq epitelizatsiya muddatlarining qisqarishi, shilliq qavat qalinligining oshishi, fibroz maydonining 2 baravardan ko‘proqqa kamayishi va hujayra infil`tratsiyasi intensivligining 2,3 baravar pasayishi bilan tavsiflanuvchi to‘qimalarning regeneratsiya jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirishi isbotlangan;
ileostoma chiqarilgan teri sohasiga faollashtirilgan neytral analit hamda FarGALS eritmalari bilan kompleks mahalliy ishlov berish va past intensivlikda lazerli nurlantirish yallig‘lanish va matseratsiya xavfini sezilarli darajada kamaytirishi, peristomal sohada patogen floraning to‘planishini oldini olgan holda reparativ jarayonlarni jadallashtirishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan kompleks reabilitatsiya dasturi ileostoma asoratlarining chastotasi va og‘irligini sezilarli darajada kamaytirishi, xirurgik aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirishi hamda bemorlarning fiziologik va ijtimoiy moslashuv darajasini yaxshilashi klinik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ileostoma qo‘yilgan bolalarning jarrohlik reabilitatsiyasini optimallashtirish va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ileostoma qo‘yilgan bolalarda asoratlarni oldini olish va davolashga kompleks yondashuvga asoslangan, ichakning normal mikrobiotini ertaroq tiklash, davolashning radikal rekonstruktiv-tiklash bosqichini o‘tkazish vaqtini qisqartirish imkonini beruvchi ishlab chiqilgan kompleks xirurgik reabilitatsiya dasturi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi kengashi tomonidan 2025 yil 30 sentyabrda 54-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Ileostomali bolalarni xirurgik reabilitatsiyasiga kompleks yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 243/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 125/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/28-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: dasturning joriy etilishi bolalarda jarrohlikdan keyingi asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirdi. Bemorlarning 80 foizidan ortig‘ida reabilitatsiya davri engil kechgan, bu ota-onalarning xavotirini kamaytirgan va reabilitatsiya jarayonidagi psixologik stress darajasini pasaytirgan. Dastur foydalanilgan bo‘limlarda reabilitatsiya xodimlarining ish yuklamasi 20–25% ga qisqargan, bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya dasturi joriy etilgandan so‘ng bemorlarning shifoxonada yotish muddati taqqoslash guruhidagi 16 kundan asosiy guruhda 9 kungacha qisqardi. Har bir bemor uchun 7 yotoq-kun tejaldi. Bir yotoq-kun qiymati 192000 so‘m bo‘lgan holda, har bir bemor uchun 1344000 so‘m, o‘rtacha bir yilda 100 nafar bemor uchun 19200000 so‘m tejamkorlikka erishildi. Qo‘shimcha ravishda, dori vositalari sarfi 30%, laborator tekshiruvlar soni 25% ga kamaydi. Xulosa: reabilitatsiya dasturi bolalarning hayot sifatini yaxshiladi, shifokorlar ish yuklamasini kamaytirdi va sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan samarali foydalanishni ta’minladi. Bu echim bolalar xirurgiyasi sohasida kompleks yondashuvning standarti sifatida tavsiya etilishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental modellashtirilgan ileostoma sohasida past intensivlikda lazerli nurlantirishni qo‘llash mikrotsirkulyasiyani va proliferativ jarayonlarni faollashtirish hisobiga to‘liq epitelizatsiya muddatlarining qisqarishi, shilliq qavat qalinligining oshishi, fibroz maydonining 2 baravardan ko‘proqqa kamayishi va hujayra infil`tratsiyasi intensivligining 2,3 baravar pasayishi bilan tavsiflanuvchi to‘qimalarning regeneratsiya jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirishi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi kengashi tomonidan 2025 yil 30 sentyabrda 54-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Ileostomali bolalarni xirurgik reabilitatsiyasiga kompleks yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 243/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 125/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/28-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: PILN usuli qo‘llangan bemorlarda yara bitish vaqti 14–16 kundan 9–10 kungacha qisqargan. Bu bolalarda og‘riq darajasini ikki baravar kamaytirdi, reabilitatsiya jarayonida faol harakatlanish imkoniyatini oshirdi va psixoemotsional holatni yaxshiladi. Tibbiy xodimlar uchun yara parvarishiga ketadigan vaqt 40% ga kamaydi, bu esa umumiy mehnat unumdorligini oshirdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: yara bitish tezlashishi natijasida har bir bemorning shifoxonada yotish muddati 7 kunga qisqardi. Har bir bemor uchun tejamkorlik 1344000 so‘mni tashkil etdi, 100 bemorda umumiy tejamkorlik 19200000 so‘mga etdi. Qo‘shimcha ravishda, steril bint, antiseptik va antibiotik sarfi 25% ga kamaydi. Xulosa: PILN texnologiyasi jarrohlik jarayonidagi teri bitishini tezlashtirib, bemorlar va shifokorlar uchun qulay sharoit yaratdi. Bu texnologiyani joriy etish natijasida sog‘liqni saqlash tizimida moddiy va inson resurslari tejalishi ta’minlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: ileostoma chiqarilgan teri sohasiga faollashtirilgan neytral analit hamda FarGALS eritmalari bilan kompleks mahalliy ishlov berish va past intensivlikda lazerli nurlantirish yallig‘lanish va matseratsiya xavfini sezilarli darajada kamaytirishi, peristomal sohada patogen floraning to‘planishini oldini olgan holda reparativ jarayonlarni jadallashtirishi aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi kengashi tomonidan 2025 yil 30 sentyabrda 54-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Ileostomali bolalarni xirurgik reabilitatsiyasiga kompleks yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 243/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 125/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/28-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ushbu kompleks yondashuv natijasida infeksiya holatlari 28% dan 9% gacha pasaydi, bemorlarda og‘riq sindromi deyarli yo‘qoldi. Bemorlar hayot sifatini yaxshiladi, ota-onalarda ishonch oshdi, sog‘lom bolalarning jamiyatga moslashuvi tezlashdi. Bu, o‘z navbatida, oilalarning iqtisodiy va ruhiy yuklamasini kamaytirdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: yallig‘lanish holatlarining kamayishi shifoxonada yotish davomiyligini 7 kunga qisqartirdi. Har bir bemor uchun 1344000 so‘m, yiliga o‘rtacha 100 bemor uchun 19200000 so‘m tejamkorlik ta’minlandi. Antibiotik va yara parvarishi uchun sarflangan dori vositalari 30% ga kamaydi. Xulosa: mahalliy ishlov berishning kompleks usuli yallig‘lanish asoratlarini oldini olib, asosiy ta’sirlar quyidagilardan iborat: stoma sohasini yumshoq tozalash; infeksiya xavfini kamaytirish; to‘qimalar tiklanishini yaxshilash; yallig‘lanishni kamaytirish; stoma atrofidagi shish va qizarishni kamaytirish; to‘qimalar qayta tiklanishini rag‘batlantirish; granulyasion to‘qima hosil bo‘lishini yaxshilash; qon aylanishini yaxshilash hisobiga moddiy xarajatlarni yarmidan ortiq qisqartirdi. Bu usulni milliy klinik protokollarga kiritish tavsiya etiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan kompleks reabilitatsiya dasturi ileostoma asoratlarining chastotasi va og‘irligini sezilarli darajada kamaytirishi, xirurgik aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirishi hamda bemorlarning fiziologik va ijtimoiy moslashuv darajasini yaxshilashi klinik jihatdan asoslanganligi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi kengashi tomonidan 2025 yil 30 sentyabrda 54-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Ileostomali bolalarni xirurgik reabilitatsiyasiga kompleks yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 243/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining 2025 yil 30 sentyabrdagi 125/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/28-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: dastur joriy etilgandan so‘ng jarrohlik aralashuvlar soni ikki baravar kamaydi, qayta gospitalizatsiya 15% dan 5% gacha tushdi. Bu bemorlar va ularning oilalari uchun moliyaviy va ruhiy engillik yaratdi. Shu bilan birga, shifokorlar va hamshiralar ish yuklamasi 20% ga kamayib, mehnat samaradorligi oshdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Operatsiyadan keyingi shifoxonada bo‘lish davrining davomiyligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, kompleks reabilitatsiya dasturini joriy etish bemorlarning shifoxonada qolish muddatini sezilarli darajada qisqartirishga yordam berdi. Asosiy guruhdagi barcha bolalar uchun o‘rtacha ko‘rsatkich 11,5±0,35 kunni tashkil etdi, bu esa taqqoslash guruhidagi 13,2±0,5 kundan ancha kamligi aniqlandi. Yotish muddatining o‘rtacha 4 kunga qisqarishi natijasida har bir bemor uchun 768000 so‘m, 100 bemor uchun 76800000 so‘m tejamkorlik ta’minlandi. Qayta gospitalizatsiyaning kamayishi dori sarfining 20% ga kamayish va qo‘shimcha tejamkorlikni berdi. Xulosa: bolalarda kompleks reabilitatsiya dasturini joriy etish mahalliy stoma va tizimli asoratlarning oldini olish yoki bartaraf etishga qaratilgan ayrim taktik va texnik yondashuvlarni takomillashtirish imkonini beradi. Kompleks reabilitatsiya dasturi sog‘liqni saqlash tizimida integratsiyalangan yondashuvni ta’minlab, asoratlar soni va xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirdi va tibbiy xizmat sifatini oshirdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish