Eshchanov Alisher Atabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishining kompleks diagnosikasi va davolashning klinik-immunologik jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5640.
Ilmiy rahbar: Sapaev Dilshod Aminovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuraliev Nekqadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-immunologik baholash asosida immun gomeostazi buzilishlarini aniqlash, kasallik kechishining og‘irlik darajasini bashorat qilish mezonlarini ishlab chiqish va patogenetik jihatdan asoslangan immunoterapiyani joriy etish orqali o‘tkir chandiqli ichak tutilishi bilan kasallangan bemorlarning kompleks diagnostika va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat bulgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik simptomlar tuzilishi, og‘riq sindromi davomiyligi va ichak obstruksiyasi belgilarining ifodalanish darajasi bilan shoshilinch jarrohlik aralashuvi zarurati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanib, og‘riq davomiyligi 24 soatdan, najas va el chiqishi 48 soatdan ortiq kelmasligi, isitma, taxikardiya va anamnezda ≥2 operatsiya mavjudligi kasallikning og‘ir kechishi bilan ishonchli bog‘liqligi hamda ushbu belgilarni xavfni stratifikatsiya qilish uchun bashorotlovchi shkala tarkibiga kiritish zarurligini asoslangan;.
ilk bor o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishi bilan kasallangan bemorlarda immunologik buzilishlar CD25⁺, HLA-DR⁺ darajalarining pasayishi, CD8⁺, CD16⁺ hujayralarning ustunligi, CD4/CD8 disbalansi, IL-6, TNF-α va ICAM-1 giperekspressiyasi, shuningdek immun kompleks to‘planishi bilan kechishi hamda hujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlari o‘rtasida barqaror korrelyasiyalar aniqlanib, o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishining asoratlangan kechishida immun destabilizatsiyaning tizimli xususiyatga ega ekanligini isbotlangan;
ilk bor o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishi og‘irligini klinik-immunologik baholash uchun 25 ko‘rsatkichdan (klinik, laborator, instrumental va immunologik) iborat differensiallashtirilgan integral shkala ishlab chiqilib, uning prognostik qiymati (IL-6 va HLA-DR⁺ uchun AUC>0,91), ushbu shkala bemorlarni immun-yallig‘lanish disbalansi darajasiga ko‘ra stratifikatsiya qilish va davolash taktikasiga individual yondashish zarurligi isbotlangan;
ilk bor immun stratifikatsiyani hisobga olgan holda taklif etilgan tashxislash-davolash algoritmni qo‘llash standart taktikaga nisbatan taqqoslaganda operatsiyadan keyingi III–V darajali asoratlar chastotasini ishonchli ravishda kamaytirilishi, gospitalizatsiya muddatini qisqartirilishi va o‘lim ko‘rsatkichini 3,3 martaga pasayishi (30,4%dan 9,1% gacha; p<0,01) isbotlanib, immunodiagnostika va immunterapiya integratsiyasi o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishida ham konservativ, ham jarrohlik davolash usullari natijalarini sezilarli darajada yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 24 oktyabr` 27/03 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishida klinik simptomlar va ob’ektiv belgilarning shoshilinch jarrohlik aralashuvi zarurati bilan bog‘liqligi birinchi marta miqdoriy jihatdan asoslangan. Shu asosda xavfni stratifikatsiya qilish uchun klinik-prognostik mezonlar taklif etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan mezonlar operatsiyaga ko‘rsatmalarni ob’ektivlashtirishga, davolash taktikasini standartlashtirishga va diagnostik xatolar sonini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar RShTYoIMning Buxoro va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari amaliyotiga joriy etildi (O‘zR SSV buyruqlari, 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: mezonlardan foydalanish perforatsiya, peritonit va septik asoratlar xavfini kamaytiradi, shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshiradi va o‘lim ko‘rsatkichini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: noo‘rin operatsiyalar sonining qisqarishi va gospitalizatsiya davomiyligining kamayishi hisobiga har bir bemor uchun taxminan 2,7 mln so‘m, butun tanlanma bo‘yicha esa 250 mln so‘mdan ortiq mablag‘ tejash imkonini beradi. Xulosa: klinik-prognostik mezonlar O‘ChITTda shoshilinch jarrohlik samaradorligini oshiradi, asoratlar va sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishida immunologik buzilishlarning kompleks tadqiqoti ilk bor o‘tkazilgan. Hujayraviy va gumoral immunitetning disregulyasiyasi aniqlandi: CD4+ T-limfotsitlarining pasayishi, CD4/CD8 disbalansi, yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi sitokinlar (IL-6,TNF-α) ning faollashuvi va yallig‘lanishga qarshi omillar (IL-10) ning susayishi. Bu buzilishlar kasallikning og‘irligi va noxush natijalar bilan ishonchli korrelyasiya mavjudligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aniqlangan markerlar O‘ChITT patogenezi haqidagi tushunchalarni kengaytiradi, asoratlarni bashorat qilishga hamda davolash taktikasini tanlash va terapiyani shaxsiylashtirish uchun immunologik stratifikatsiyadan foydalanishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar RShTYoIMning Buxoro va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari amaliyotiga joriy etildi (O‘zR SSV buyruqlari, 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: immunologik stratifikatsiya septik asoratlar xavfini kamaytiradi, enteral etishmovchilik davomiyligini qisqartiradi va bemorlarning yashovchanligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: intensiv terapiya va antibakterial davolashni optimallashtirish xarajatlarni kamaytiradi. Tejalgan mablag‘ har bir bemorga o‘rtacha 1,8 mln so‘m, barrcha bemorlar uchun esa 190 mln so‘mdan ortiqni tashkil etadi. Xulosa: Immun buzilishlarni kompleks o‘rganish asosiy patogenetik mexanizmlarni aniqladi va bashorat qilish hamda davolashni individuallashtirish uchun amaliy vositalarni taqdim etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishi og‘irligini baholashning integral shkalasi ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazilgan. Bu shkala klinik, laborator va immunologik ko‘rsatkichlarga asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: shkala tashxisni ob’ektivlashtirishga, asoratlar va o‘lim xavfini bashorat qilishga hamda jarrohlik aralashuvi taktikasini tanlashni soddalashtirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar RShTYoIMning Buxoro va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari amaliyotiga joriy etildi (O‘zR SSV buyruqlari, 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: shkalani qo‘llash tashxis aniqligini oshiradi, O‘ChITTning og‘ir shakllarini erta aniqlashga yordam beradi, operatsiyagacha bo‘lgan vaqtni qisqartiradi va davolash natijalarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: shkaladan foydalanish qo‘shimcha tashxislar va noo‘rin jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa har bir bemor uchun 2,1 mln so‘mgacha (tadqiqot kogortasida taxminan 220 mln so‘m) mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: integral og‘irlik shkalasi O‘ChITT bilan og‘rigan bemorlarni stratifikatsiya qilish uchun samarali vosita bo‘lib, davolash natijalarini oshirishga va sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik ma’lumotlar, integral og‘irlik shkalasi va immunologik stratifikatsiyaga asoslangan o‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishi bilan kasallangan bemorlarni olib borishning davolash-diagnostika algoritmi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: algoritm davolash taktikasini shaxsiylashtirilgan holda tanlashni ta’minlaydi, bashorat aniqligini va jarrohlik aralashuvlarining samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar RShTYoIMning Buxoro va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari amaliyotiga joriy etildi (O‘zR SSV buyruqlari, 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: algoritmni qo‘llash asoratlar chastotasi va o‘lim ko‘rsatkichini pasaytiradi, gospitalizatsiya muddatini qisqartiradi va shoshilinch jarrohlik yordami sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm intensiv terapiya va jarrohlik resurslaridan foydalanishni optimallashtiradi, bu esa har bir bemor uchun taxminan 3,2 mln so‘m va tadqiqot tanlanmasi doirasida 340 mln so‘mdan ortiq mablag‘ tejash imkonini beradi. Xulosa: immun stratifikatsiyasiga ega davolash-diagnostika algoritmi klinik va iqtisodiy jihatdan asoslangan vosita bo‘lib, O‘ChITTda davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.