Tursunov Davronbek Ilxomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi va buyraklar disfunksiyasi: patogenetik va terapevtik aspekti” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3508.
Ilmiy rahbar: Muminov Davron Kadirovich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Abduganieva El`nora Abralovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini o‘rganish va uni korreksiya qilish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
I–III darajasi o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda 33% xolatlarda buyrak funksiyasining buzilishi qayd etilishi xamda bunda o‘pka surunkali obstruktiv kasalligining og‘irlik darajasi ortishiga muvofiq ravishda buyrak disfunksiyasining kuchayib borishi aniqlangan;
o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi va buyraklar disfunksiyasi birgalikda kechadigan bemorlarda, buyrak funksiyasi buzilmagan O‘SOK mavjud bemorlarga nisbatan bronxial o‘tkazuvchanlikning ishonchli darajada yaqqolroq buzilishi (p<0,001), COPD Assesment Test (CAT) sinamasi va Modified Medical Reseach (mMRC) shkalasi bo‘yicha klinik simptomlarning kuchayishi (p<0,01), shuningdek jismoniy yuklamalarga tolerantlikning pasayishi kuzatilishi aniqlangan;
o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanishining quyidagi xavf omillar, jumladan kasallik davomiyligi 10 yildan ortiq bo‘lishi, tamaki chekish indeksi 35 pachka-yildan yuqori bo‘lishi, yil davomida ≥2 marta xurujlar kuzatilishi, SRO darajasini 15 mg/l dan yuqori bo‘lishi xamda malon dial`degid darajasining 2,5 mkmol`/g dan ortishi ekanligi aniqlangan;
o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi va buyraklar disfunksiyasi bilan birgalikda kechadigan bemorlarni davolash sxemasiga L-arginin kiritilishi tizimli yallig‘lanish faolligini, oksidlanish stress jarayonlarini va endotelial disfunksiya darajasini ishonchli pasayishiga, shuningdek COPD CAT-testi va MRC bo‘yicha klinik belgilarni yaxshilashga va al`buminuriyani kamaytirishga imkon berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini o‘rganish va uni korreksiya qilish usullarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: I–III darajasi o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda 33% xolatlarda buyrak funksiyasining buzilishi qayd etilishi xamda bunda o‘pka surunkali obstruktiv kasalligining og‘irlik darajasi ortishiga muvofiq ravishda buyrak disfunksiyasining kuchayib borishi aniqlangani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2025-yil 16-iyuldagi №71-sonli buyruq asosida, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 2025-yil 15-iyuldagi №88-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda buyrak funksiyasining buzilishini erta skrining va tashxislash bemorlarini olib borilishini muqobillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi bemorlarda buyrak funksiyasini buzilishlari xavfini xamda kasalxonaga yotish chastotasini kamaytirish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi va buyraklar disfunksiyasi birgalikda kechadigan bemorlarda, buyrak funksiyasi buzilmagan O‘SOK bo‘lgan bemorlarga nisbatan bronxial o‘tkazuvchanlikning ishonchli darajada yaqqolroq buzilishi (p<0,001), COPD Assesment Test (CAT) sinamasi va Modified Medical Reseach (mMRC) shkalasi bo‘yicha klinik simptomlarning kuchayishi (p<0,01), shuningdek jismoniy yuklamalarga tolerantlikning pasayishi kuzatilishi aniqlangani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2025-yil 16-iyuldagi №71-sonli buyruq asosida, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 2025-yil 15-iyuldagi №88-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi kasallik og‘irligini bashorat qilish hamda statsionarga yotish ehtiyojini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi yil davomida bemorlarning terapevtik statsionarlarda yotish kunlarini kamaytirishga va bemorlarning mehnatga layoqatliligini saqlab qolish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanishining quyidagi xavf omillar, jumladan kasallik davomiyligi 10 yildan ortiq bo‘lishi, tamaki chekish indeksi 35 pachka-yildan yuqori bo‘lishi, yil davomida ≥2 marta xurujlar kuzatilishi, SRO darajasini 15 mg/l dan yuqori bo‘lishi xamda malon dial`degid darajasining 2,5 mkmol`/g dan ortishi ekanligi aniqlangani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2025-yil 16-iyuldagi №71-sonli buyruq asosida, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 2025-yil 15-iyuldagi №88-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi burak tomonidan kelib chiqadigan assoratlarning xavf omillarini aniqlash, ularni oldini olish va o‘z vaqtida davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tashxislash va davolashga ketadigan vaqt xamda mablag‘ni tejash, shuningdek mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi va buyraklar disfunksiyasi bilan birgalikda kechadigan bemorlarni davolash sxemasiga L-arginin kiritilishi tizimli yallig‘lanish faolligini, oksidlanish stress jarayonlarini va endotelial disfunksiya darajasini ishonchli pasayishiga, shuningdek COPD CAT-testi va MRC bo‘yicha klinik belgilarni yaxshilashga va al`buminuriyani kamaytirishga imkon berishi aniqlangani bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2025-yil 16-iyuldagi №71-sonli buyruq asosida, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga 2025-yil 15-iyuldagi №88-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda ishlab chiqilgan algoritm va L-arginin qo‘llash davolash samaradorligini oshirish, hayot sifatini yaxshilash xamda erta nogironlikning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiy yordam narxini va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish, statsionar yotish kunlarining kamayishi hisobiga 17736000 so‘m mablag‘ tejalganini ko‘rsatdi.