Soatmuradov Sharofiddin Nuritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolari shikastlanishlarida zamonaviy tashxislash va davolash yondashuvlari», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6116.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Ollaberganov Odilbek Tojiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Jasurbek Xabibjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolarining travmatik shikastlanishlari bo‘lgan bolalarni xirurgik davolash natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘nggi yigirma yil ichida bolalarda shikastlanishlar profilining o‘zgarganligi va parenximatoz a’zolarning yopiq shikastlanishlari chastotasining sezilarli darajada ortgani aniqlangan; 
bolalarda parenximatoz a’zolarning to‘mtoq shikastlanishlari tashxisotida FAST protokolining yuqori sezgirligi va o‘ziga xosligi tufayli undan foydalanish bolalarda parenximatoz a’zolarning yopiq travmatik shikastlanishlarini batafsil farqlash va baholash imkonini berishi isbotlangan;
bolalarda parenximatoz a’zolarning yopiq shikastlanishlarini tashxislashda a’zo shikastlanishi xususiyatini optimal aniqlash, jarrohlik taktikasini tanlash va qon ketishni to‘xtatish uchun laparoskopik texnologiyalarni samarali qo‘llashda mul`tidissiplinar yondashuvlar asoslangan;
bolalarda parenximatoz a’zolarning yopiq travmatik shikastlanishlarini erta tashxislash va davolash taktikasini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tartibotning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolarining travmatik shikastlanishlari bo‘lgan bolalarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: so‘nggi yigirma yil ichida bolalarda shikastlanishlar profilining o‘zgarganligi va parenximatoz a’zolarning yopiq shikastlanishlari chastotasining sezilarli darajada ortgani aniqlanganligi «Bolalarda parenximatoz a’zolar shikastlanishini tashxislash va a’zolarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan jarrohlik taktikasiga zamonaviy yondashuvlar» deb nomlangan uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan, olingan natijalar RShTYoIM Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston filiallari amaliyotiga joriy etilgan (mos ravishda 30.09.2025 yildagi №126-T va 30.09.2025 yildagi №185-sonli buyruqlar). Ijtimoiy ahamiyati: shikastlanish holatlari 2006 yilda 7 tadan 2024 yilda 42 tagacha o‘sganini aniqlash sog‘liqni saqlash tizimini tegishli ravishda rejalashtirish, mutaxassis kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish va erta ogohlantirish tizimini joriy etish imkonini bergan. Bu esa jabrlanganlarni shifoxonaga etkazish vaqtini qisqartirgan va bolalarning hayotini saqlab qolish imkoniyatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorlik*: zamonaviy davolash-tashxislash taktikasining joriy etilishi natijasida bemorlarning shifoxonada yotish muddati taqqoslash guruhida (n=165) 14,2±2,6 kundan asosiy guruhda (n=200) 7,5±2,7 kungacha qisqargan. Bu har bir bemor uchun 6,7 yotoq-kunini tejash imkonini bergan. Iqtisodiy jihatdan bu bir bola uchun 1894258 so‘m (6,7 kun × 282.725 so‘m) tejamkorlikni tashkil etgan. Asosiy guruhdagi 200 nafar bemor davolanganda umumiy tejamkorlik 378851600 so‘mni tashkil etgan. Jarrohlik faolligining 86,7% dan (165 bemordan 143 nafari) 60% gacha (200 bemordan 120 nafari) pasayishi jarrohlik aralashuvlari, intensiv davo va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya xarajatlarini qo‘shimcha ravishda kamaytirgan va byudjet mablag‘larining kompleks tejamkorligini ta’minlagan. Xulosa: travmatik profilning o‘zgarishini anglash sog‘liqni saqlash tizimining o‘z vaqtida moslashuvini ta’minlagan. Bu esa jarrohlik amaliyotlarini deyarli ikki baravarga kamaytirish va davolanish xarajatlarini 35 foizga qisqartirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda parenximatoz a’zolarning to‘mtoq shikastlanishlari tashxisotida FAST protokolining yuqori sezgirligi va o‘ziga xosligi tufayli undan foydalanish bolalarda parenximatoz a’zolarning yopiq travmatik shikastlanishlarini batafsil farqlash va baholash imkonini berishi isbotlanganligi «Bolalarda parenximatoz a’zolar shikastlanishini tashxislash va a’zolarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan jarrohlik taktikasiga zamonaviy yondashuvlar» deb nomlangan uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan hamda RShTYoIM Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston filiallari amaliyotiga joriy etilgan (mos ravishda 30.09.2025 yildagi №126-T va 30.09.2025 yildagi №185-sonli buyruqlar). Ijtimoiy ahamiyati: FAST protokolini qo‘llash bemor yotog‘ida tez va invaziv bo‘lmagan tashxis qo‘yishni ta’minlaydi, bolaning bir necha marta harakatlanishidan kelib chiqadigan psixologik jarohatni kamaytiradi, KT tekshiruvidan nurlanish yuklamasini kamaytiradi va ota-onalarga bolaning ahvoli haqida tezroq ma’lumot olish imkonini beradi, bu esa oilaning xavotirini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik:* FAST protokolini qo‘llash 56 nafar bemordan 13 nafarida (23,2%) jarrohlik aralashuvidan voz kechishga imkon bergan, ularda o‘rtacha gospitalizatsiya standart operativ davolashdagi 14,2 kun o‘rniga 4,5±2,3 kunni tashkil etgan. Tejamkorlik konservativ davolangan bir bemorga 2742433 so‘mni (9,7 kun × 282725), 13 nafar bola uchun umumiy tejamkorlik esa 35651629 so‘mni tashkil etgan. Konversiyalar chastotasining 16/24 (66,7%) dan 8/25 (32,0%) gacha kamayishi 8 ta konversiyaning oldini olgan, ularning har biri gospitalizatsiyani 4 kunga uzaytiradi, bu esa 9047200 so‘m (8×4×282725) iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlagan. Xulosa: FAST usulidan foydalanish tashxisot aniqligini oshirgan, chorak holatlarda asossiz operatsiyalardan voz kechishga imkon bergan va bemorlar hamda ularning oilalari uchun psixologik qulaylikni yaxshilash bilan bir vaqtda davolash xarajatlarini deyarli ikki baravar qisqartirgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda parenximatoz a’zolarning yopiq shikastlanishlarini tashxislashda a’zo shikastlanishi xususiyatini optimal aniqlash, jarrohlik taktikasini tanlash va qon ketishni to‘xtatish uchun laparoskopik texnologiyalarni samarali qo‘llashda kompleks va mul`tidissiplinar yondashuvlar imkoniyatlari baholanganligi «Bolalarda parenximatoz a’zolar shikastlanishini tashxislash va a’zolarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan jarrohlik taktikasiga zamonaviy yondashuvlar» deb nomlangan uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan hamda RShTYoIM Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston filiallarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (mos ravishda 30.09.2025 yildagi №126-T va 30.09.2025 yildagi №185-sonli buyruqlar). Ijtimoiy ahamiyati: ko‘p tarmoqli yondashuv bolaning ahvolini kompleks baholashni ta’minlagan, diagnostik xatolar xavfini kamaytirgan, turli mutaxassislarning jalb etilishi orqali ota-onalarning davolash jarayoniga ishonchini oshirgan va bemor kelib tushganidan to uyga chiqquniga qadar yordam ko‘rsatish bosqichlari o‘rtasida uzviylikni yaratgan. Iqtisodiy samaradorlik:* kompleks ko‘p tarmoqli yondashuv konversiyalar chastotasining taqqoslash guruhidagi 118\59 ta (50%) dan asosiy guruhdagi 104\10 tagacha (9,6%) keskin pasayishiga olib kelgan. Agar asosiy guruhda avvalgi konversiya chastotasi (50%) saqlanib qolganida, amaldagi 10 ta o‘rniga 52 ta konversiya yuz bergan bo‘lar edi, ya’ni 42 ta konversiyaning oldi olingan. Har bir konversiya gospitalizatsiyani o‘rtacha 4 kunga uzaytirishini hisobga olsak, tejamkorlik 47497800 so‘mni (42×4×282725 so‘m) tashkil etgan. Ochiq aralashuvlar ulushining 165\84 ta (50,9%) dan 200\26 taga (13%) kamayishi shuni anglatadiki, agar avvalgi taktika qo‘llanilganda asosiy guruhda 102 ta ochiq operatsiya bajarilgan bo‘lar edi, amalda esa – faqat 26 ta, ya’ni 76 ta ochiq operatsiyadan voz kechilgan. Ochiq operatsiya laparoskopiyaga nisbatan gospitalizatsiya muddatini o‘rtacha 6 kunga uzaytirishi sababli, umumiy tejamkorlik 128918400 so‘mni (76×6×282725) tashkil etgan. Jarrohlik taktikasini optimallashtirishdan olingan umumiy iqtisodiy tejamkorlik 200 bemordan iborat tanlanma uchun 176 mln so‘mdan oshgan. Xulosa: ko‘p tarmoqli yondashuv kam invaziv texnologiyalar samaradorligini ikki baravardan ziyod oshirgan, ochiq operatsiyalar chastotasini kamaytirgan va tibbiy yordam sifatini yaxshilash barobarida xarajatlarning yarmini tejashni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda parenximatoz a’zolarning yopiq travmatik shikastlanishlarini erta tashxislash va davolash taktikasini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tartibotning klinik samaradorligi isbotlanganligi «Bolalarda parenximatoz a’zolar shikastlanishini tashxislash va a’zolarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan jarrohlik taktikasiga zamonaviy yondashuvlar» deb nomlangan tavsiyanomalar shaklida rasmiylashtirilgan hamda RShTYoIM Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan (mos ravishda 30.09.2025 yildagi №126-T va 30.09.2025 yildagi №185-sonli buyruqlar). Ijtimoiy ahamiyati: standartlashtirilgan algoritmlar navbatchi brigadaning tajribasidan qat’i nazar sifatli tibbiy yordamdan teng foydalanishni ta’minlaydi, diagnostik xatolar sonini kamaytiradi, ota-onalarga qaror qabul qilish mantig‘ini tushunishga imkon beradi va davolash jarayonidagi noaniqlikdan kelib chiqadigan ruhiy zo‘riqishni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik:* ishlab chiqilgan algoritmlarning joriy etilishi konservativ davolash ulushining taqqoslash guruhidagi 165\22 nafar (13,3%) dan asosiy guruhdagi 200\80 nafargacha (40%) uch baravar oshishiga olib kelgan. Agar asosiy guruhda konservativ davolashning avvalgi chastotasi (13,3%) saqlanib qolganida, bunday bemorlar soni amaldagi 80 nafar o‘rniga atigi 27 nafarni tashkil etardi, ya’ni qo‘shimcha 53 nafar bola jarrohlik o‘rniga konservativ davo olgan. Konservativ davoning o‘rtacha davomiyligi 4,5 kun, jarrohlik davosiniki esa 14,2 kun ekanligini inobatga olsak, har bir bemorga tejamkorlik 2742433 so‘mni, qo‘shimcha 53 ta konservativ holat uchun umumiy tejamkorlik esa 145348949 so‘mga (taxminan 145,3 mln so‘m) etgan. O‘lim darajasining 5 ta holatdan (3,0%) 3 taga (1,5%) kamayishi 2 nafar bolaning hayotini saqlab qolgan, bu reanimatsion yordam va uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlarining oldi olinganini hisobga olganda, katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Ochiq aralashuvlar ulushining 50,9% dan 13% gacha qisqarishi operatsiyalarning travmatikligini kamaytirish hisobiga qo‘shimcha ravishda taxminan 129 mln so‘m tejamkorlikni ta’minlagan. Algoritmlarni qo‘llashdan olingan umumiy tejamkorlik 200 nafar bemor uchun 274 mln so‘mdan oshgan, bu har bir bolaga o‘rtacha 1370000 so‘m tejamkorlikni tashkil etgan. Xulosa: algoritmlarning joriy etilishi konservativ davolash ulushining uch baravar oshishini, o‘lim darajasining ikki baravar kamayishini va tibbiy yordam sifatini standartlashtirish bilan birga davolash xarajatlarining deyarli yarmiga qisqarishini ta’minlagan. Izoh: * Hisob-kitoblar uchun dastlabki ma’lumotlar: 1 yotoq-kun qiymati: 176700 so‘m; bir kunlik dori-darmon xarajatlari: 73630 so‘m; bir kunlik ovqatlanish xarajatlari: 32395 so‘m. Bir bemor uchun bir kunlik umumiy xarajat: 282725 so‘m.

Yangiliklarga obuna bo‘lish