Sattarov Ja’sur Elmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kron kasalligining klinik-immunologik mezonlari va qaytalanishining oldini olish”, 14.00.27 – Xirurgiya; 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6105.
Ilmiy rahbarlar: Navruzov Bexzod Sarimbekovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Umida Pulatjanovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kron kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini ushbu kasallikning qaytalanishini bashorat qilish va oldini olish uchun patogenetik asoslangan klinik va immunologik mezonlarni ishlab chiqish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kron kasalligini an’anaviy kompleks davolashda eng ko‘p uchraydigan asoratlar operatsiyadan keyingi stoma asoratlari va yara infeksiyasi bo‘lib, ular bevosita davolanishning qoniqarsiz natijalarining sabablari bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor kron kasalligida immunologik o‘zgarishlar antigenga bog‘liq bo‘lgan T-sof limfotsitlar ekspressiyasining ko‘payishi va T-regulyator limfotsitlarning supressiyasi shaklidagi hujayraviy va gumoral immunitetning disbalansi, yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning faol ishlab chiqarilishi ta’sirida immunoreaktivlikni oshirish uchun sharoit yaratishi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
ilk bor kron kasalligida TGF-β va IL-4 ning past induksiyalash xususiyatlari surunkali yallig‘lanish jarayonini va granuloma shakllanishini, ushbu holatda ichak devorida intensivligini saqlab qolib, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni ishlab chiqarish intensivligini kamaytirishi hamda KK qaytalanishi davrida yallig‘lanishga qarshi IL-21 va TNF-α sitokinlari darajasining kasallik remissiyasi bo‘lgan bemorlarning ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor kron kasalligini qaytalanishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan davolash – tashxisot algoritmidan foydalanish uning rivojlanish chastotasini engil shaklida 31% dan 27,5% gacha, o‘rtacha shaklida 21,4% dan 12,5% gacha kamaytirish va patogenetik jihatdan asoslangan differensiatsiyalangan maqsadli sitokinlarga qarshi, gormonal hamda immunosupressiv davo natijasida kasallikning og‘ir shakllaridan butunlay xalos bo‘lish  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 04 noyabrdagi 28/32-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: kron kasalligini an’anaviy kompleks davolashda eng ko‘p uchraydigan asoratlar operatsiyadan keyingi stoma asoratlari va yara infeksiyasi bo‘lib, ular bevosita davolanishning qoniqarsiz natijalarining sabablari bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kron kasalligini an’anaviy kompleks davolashda eng ko‘p uchraydigan asoratlar operatsiyadan keyingi stoma asoratlari va yara infeksiyasi davolanishning qoniqarsiz natijalarining sabablari bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (19.09.2025 y. №198-sonli); Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.03.2025 y. №67-sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kron kasalligini an’anaviy kompleks davolashda eng ko‘p uchraydigan asoratlar operatsiyadan keyingi stoma asoratlari va yara infeksiyasi bo‘lib, ular bevosita davolanishning qoniqarsiz natijalarining sabablari bo‘lishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligikron kron kasalligini an’anaviy kompleks davolashda eng ko‘p uchraydigan asoratlar operatsiyadan keyingi stoma asoratlari va yara infeksiyasi bo‘lib, ular bevosita davolanishning qoniqarsiz natijalarining sabablari bo‘lishi isbotlanganligini inobatga olinishi o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1400000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: kron kasalligini an’anaviy kompleks davolashda eng ko‘p uchraydigan asoratlar operatsiyadan keyingi stoma asoratlari va yara infeksiyasi bo‘lib, ular bevosita davolanishning qoniqarsiz natijalarining sabablari bo‘lishi isbotlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkon yaratgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor kron kasalligida immunologik o‘zgarishlar antigenga bog‘liq bo‘lgan T-sof limfotsitlar ekspressiyasining ko‘payishi va T-regulyator limfotsitlarning supressiyasi shaklidagi hujayraviy va gumoral immunitetning disbalansi, yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning faol ishlab chiqarilishi ta’sirida immunoreaktivlikni oshirish uchun sharoit yaratishi bilan tavsiflanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kron kasalligida immunologik o‘zgarishlar antigenga bog‘liq bo‘lgan T-sof limfotsitlar ekspressiyasining ko‘payishi va T-regulyator limfotsitlarning supressiyasi shaklidagi hujayraviy va gumoral immunitetning disbalansini inobatga olinishi asoratlar sonini keskin kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (19.09.2025 y. №198-sonli); Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.03.2025 y. №67-sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kron kasalligida immunologik o‘zgarishlar antigenga bog‘liq bo‘lgan T-sof limfotsitlar ekspressiyasining ko‘payishi va T-regulyator limfotsitlarning supressiyasi shaklidagi hujayraviy va gumoral immunitetning disbalansini aniqlanganligidan foydalanish, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kron kasalligida immunologik o‘zgarishlar antigenga bog‘liq bo‘lgan T-sof limfotsitlar ekspressiyasining ko‘payishi va T-regulyator limfotsitlarning supressiyasi shaklidagi hujayraviy va gumoral immunitetning disbalansini aniqlanganligidan foydalanish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 14000000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: kron kasalligida immunologik o‘zgarishlar antigenga bog‘liq bo‘lgan T-sof limfotsitlar ekspressiyasining ko‘payishi va T-regulyator limfotsitlarning supressiyasi shaklidagi hujayraviy va gumoral immunitetning disbalansini aniqlanganligidan foydalanish, davolanish samarasini oshirishga, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kron kasalligida TGF-β va IL-4 ning past induksiyalash xususiyatlari surunkali yallig‘lanish jarayonini va granuloma shakllanishini, ushbu holatda ichak devorida intensivligini saqlab qolib, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni ishlab chiqarish intensivligini kamaytirishi hamda KK qaytalanishi davrida yallig‘lanishga qarshi IL-21 va TNF-α sitokinlari darajasining kasallik remissiyasi bo‘lgan bemorlarning ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kron kasalligida TGF-β va IL-4 ning past induksiyalash xususiyatlari surunkali yallig‘lanish jarayonini va granuloma shakllanishini, ushbu holatda ichak devorida intensivligini saqlab qolib, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni ishlab chiqarish intensivligini kamaytirishi hamda KK qaytalanishi davrida yallig‘lanishga qarshi IL-21 va TNF-α sitokinlari darajasining kasallik remissiyasi bo‘lgan bemorlarning ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi isbotlangan, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (19.09.2025 y. №198-sonli); Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.03.2025 y. №67-sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kron kasalligida TGF-β va IL-4 ning past induksiyalash xususiyatlari surunkali yallig‘lanish jarayonini va granuloma shakllanishini, ushbu holatda ichak devorida intensivligini saqlab qolib, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni ishlab chiqarish intensivligini kamaytirishi hamda KK qaytalanishi davrida yallig‘lanishga qarshi IL-21 va TNF-α sitokinlari darajasining kasallik remissiyasi bo‘lgan bemorlarning ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkon berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: kron kasalligida TGF-β va IL-4 ning past induksiyalash xususiyatlari surunkali yallig‘lanish jarayonini va granuloma shakllanishini, ushbu holatda ichak devorida intensivligini saqlab qolib, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni ishlab chiqarish intensivligini kamaytirishi hamda KK qaytalanishi davrida yallig‘lanishga qarshi IL-21 va TNF-α sitokinlari darajasining kasallik remissiyasi bo‘lgan bemorlarning ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish orqali bemorlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarini 1400000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: kron kasalligida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni ishlab chiqarish intensivligini kamaytirishi hamda KK qaytalanishi davrida yallig‘lanishga qarshi IL-21 va TNF-α sitokinlari darajasining kasallik remissiyasi bo‘lgan bemorlarning ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi isbotlangan, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor kron kasalligini qaytalanishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan davolash – tashxisot algoritmidan foydalanish uning rivojlanish chastotasini engil shaklida 31% dan 27,5% gacha, o‘rtacha shaklida 21,4% dan 12,5% gacha kamaytirish va patogenetik jihatdan asoslangan differensiatsiyalangan maqsadli sitokinlarga qarshi, gormonal hamda immunosupressiv davo natijasida kasallikning og‘ir shakllaridan butunlay xalos bo‘lish  asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kron kasalligini qaytalanishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan davolash – tashxisot algoritmidan foydalanish kasallikning og‘ir shakllaridan butunlay xalos bo‘lish  imkonini berib shifo jarayonini tezlashtirib hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (19.09.2025 y. №198-sonli); Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.03.2025 y. №67-sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kron kasalligini qaytalanishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan davolash – tashxisot algoritmidan foydalanish kasallikning og‘ir shakllaridan butunlay xalos bo‘lish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kron kasalligini qaytalanishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan davolash – tashxisot algoritmidan foydalanish kasallikning og‘ir shakllaridan butunlay xalos bo‘lish imkonini berishi hisobiga bemorning shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga  qisqarib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: kron kasalligini qaytalanishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan davolash – tashxisot algoritmini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish