Raximiy Sharif Uktamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘ks oralig‘idagi hajmli o‘smalarni jarroxlik bilan davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1265.
Ilmiy rahbarlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Olimjon Mirzoxitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «A.N. Sizganov nomidagi Milliy ilmiy xirurgiya markazi»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik amaliyotidan oldingi tashxisot sifatini optimallashtirish va miniinvaziv aralashuvlarning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish orqali ko‘ks oralig‘ining hajmli hosilalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘ks oralig‘i xavfli o‘smalari bilan kasallanish dinamikasi tahlili respublikamizning turli hududlarida kasallanishning barqaror o‘sish tendensiyalari, timomalar o‘smalarning kattalar va pediatrik populyasiyada ustunligi, kistoz hosilalar orasida esa - dermoid kistalar ustunligi, kasallanish dinamikasiga turli ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy omillarning ta’siri aniqlangan;
ko‘ks oralig‘i hajmiy hosilalarining rezektabelligini diagnostikasi va baholash uchun mul`timodal nurli tadqiqot usullarining neyrogen o‘smalarda MRTning DWI va ADC rejimlarining yuqori sezuvchanligi aniqlangan;
turli xil morfogenezga ega bo‘lgan ko‘ks oralig‘ining hajmli hosilalarida ochiq jarrohlik amaliyotari bilan qiyosiy tahlil asosida miniinvaziv VATS (video-assisted toracoscopy) amaliyotlar torakotomiya va sternotomiya usullariga nisbatan yuqori samaralik, xavfsizligi, bemorlarning reabilitatsiyasi va gospitalizatsiya davri ko‘rsatqichlari bo‘yicha muqobil o‘rni va samaradorligi isbotlangan;
ko‘ks oralig‘ining hajmli hosilalarida perioperativ bosqichlarda mul`timodal tashxislash va fanlararo yondashuvning asosiy mezonlari ishlab chiqilgan;
ko‘ks oralig‘i xavfli o‘smalarda turli hil jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng bemorlarning hayot sifatini baholash va davolashning natijalarini prognozlash omillarining tasnifiga asoslangan holda, kasallanish residivlari va omon qolishning omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘ks oralig‘ining hajmli hosilalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning taktiko-texnikaviy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi ilmiy ma’lumotlar amaliyotga joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘ks oralig‘i xavfli o‘smalari bilan kasallanish dinamikasi tahlili respublikamizning turli hududlarida kasallanishning barqaror o‘sish yoki pasayish tendensiyalari, turli ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy omillarning kasallanish dinamikasiga ta’siri, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining samarali va maqsadli boshqarish chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi - Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining buyrug‘i № 34 (17.06.2025 y.); Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining buyrug‘i № 133 (07.07.2025 y.); Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi buyrug‘i № 5879-7-107-TB/2025 (17.10.2025 y.); Xorazm viloyati “Surgemed” klinikasi buyrug‘i № 2025/133 (07.10.2025 y.); (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining xulosasi № 26/51, 2025 yil 07 oktyabr). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tahliliy yondashuvni qo‘llash natijasida statistik monitoringning ishonchliligi, ko‘ks oralig‘i o‘smalariga oid kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish aniqligi oshdi. Bu orqali tashxis qo‘yishning o‘rtacha muddati 28 kundan 17 kungacha qisqardi, erta bosqichda aniqlangan yaxshi sifatli hosilalar ulushi 46 % dan 69 % gacha oshdi, ilgari surilgan holatlar ulushi 19 % ga kamaydi va ixtisoslashtirilgan xirurgik yordamning ko‘lami oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: yagona tahlil va yo‘naltirish tizimini joriy etish orqali diagnostik tekshiruvlar hamda gospitalizatsiya xarajatlarini qisqartirishga erishildi: takroriy bronxoskopiyalar soni kamaydi (10 bemor): 1650800×10 = 16508000 so‘m; takroriy endoskopik biopsiyalar soni kamaydi (15 bemor): 1226000×15 = 18390000 so‘m; 120 bemorda o‘rtacha statsionarda yotish muddati 1,5 kunga qisqardi («Akad. V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DMda bir kun statsionar davolanish narhi — 406900 so‘m): 406900×1,5×120 = 73242000 so‘m. Jami tejamkorlik — 108140000 so‘m (“Akad. V. Voxidov nomidagi RIXIATM” DMsi preyskuranti bo‘yicha). 150 bemorning o‘rtacha yillik oqimida umumiy yillik iqtisodiy samara — 108140000×(150/120) = 135175000 so‘m, shundan 101381000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 33794000 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xulosa: ko‘ks oralig‘ining yomon sifatli o‘smalari bilan kasallanish dinamikasini tizimli tahlil qilish monitoring samaradorligini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va diagnostik resurslardan oqilona foydalanish imkonini berdi. Joriy etilgan tizim sog‘liqni saqlash tizimi uchun yiliga 135175000 so‘m miqdorida mablag‘ tejamkorligini ta’minladi, shundan 101381000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 33794000 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘ks oralig‘i hajmiy hosilalarining rezektabelligini diagnostikasi va baholash uchun nurli tadqiqot usullarining 3D rekonstruksiya rejimida 640-kesimli KT va 3Tl MRT imkoniyatlari aniqlanganligi - Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining buyrug‘i №34 (17.06.2025y.); Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining buyrug‘i №133 (07.07.2025y.); Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi buyrug‘i №5879-7-107-TB/2025 (17.10.2025y.); Xorazm viloyati “Surgemed” klinikasi buyrug‘i №2025/133 (07.10.2025y.); O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining xulosasi №26/51, 2025 yil 07 oktyabr). Ijtimoiy samaradorligi: yangilangan KT va MRT-diagnostika usullarini qo‘llash orqali differensial tashxis aniqligi 94% gacha oshdi, diagnostik xatolar soni 18% dan 7% gacha kamaydi, asossiz diagnostik torakotomiyalar ulushi 31% ga qisqardi, rezektabel holatlar ulushi esa 82% gacha oshdi. Buning natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar 22% ga kamaydi va bemorlarning statsionarda o‘rtacha yotish muddati 2 kunga qisqardi. Iqtisodiy samaradorligi: yangilangan nurli texnologiyalarni joriy etish diagnostik operatsiyalar va gospitalizatsiya xarajatlarini qisqartirish imkonini berdi: diagnostik torakotomiyalar soni kamaydi (10 bemor): 3250000×10 = 32500000 so‘m; takroriy KT tekshiruvlar soni kamaydi (20 bemor): 540000×20 = 10800000 so‘m; 100 bemorda statsionarda yotish muddati 2 kunga qisqardi («Akad. V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DMda 1 bir kun statsionar davolanish narhi — 406900 so‘m): 406900×2×100 = 81380000 so‘m. Jami tejamkorlik: 32500000+10800000+81380000 = 124680000 so‘m (Akad. V. V.Voxidov nomidagi RIXIATM preyskuranti bo‘yicha). 160 bemorning yillik o‘rtacha oqimida umumiy yillik iqtisodiy samara: 124680000×(160/100) = 199488000 so‘m, shundan 149616000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 49872000 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xulosa: 640-qatlamli KT va 3 Tl MRTning 3D rekonstruksiya rejimidagi qo‘llanilishi rezektabellikni baholash aniqligini sezilarli darajada oshirish va diagnostik xatolar sonini kamaytirish imkonini berdi. Bu sog‘liqni saqlash tizimi uchun yiliga 199488000 so‘m miqdorida tejamkorlikni ta’minladi, shundan 149616000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 49872000 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi;
uchinchi ilmiy yangilik: turli xil morfogenezga ega bo‘lgan ko‘ks oralig‘ining hajmli hosilalarida ochiq jarrohlik amaliyotari bilan qiyosiy tahlil asosida miniinvaziv VATS (video-assisted toracoscopy) amaliyotlar o‘rni va samaradorligi isbotlanganligi - Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi №34-sonli buyrug‘i (17.06.2025y.); Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi № 133 sonli buyrug‘i (07.07.2025y.); Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi № 5879-7-107-TB/2025 sonli buyrug‘i (17.10.2025y.); Xorazm viloyati “Surgemed” klinikasi №2025/133 sonli buyrug‘i (07.10.2025y.); O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 07 oktyabrdagi № 26/51 sonli xulosasi,). Ijtimoiy samaradorligi: VATS usulini qo‘llash orqali o‘rtacha qon yo‘qotish 280 ml dan 110 ml gacha kamaydi, operatsiyadan keyingi asoratlar soni 18% dan 6% gacha tushdi, og‘riq sindromi (VASh shkalasi bo‘yicha) 6,2 balldan 2,9 ballga kamaydi, bemorlar mehnat qobiliyatining tiklanish muddati ochiq jarrohlikka nisbatan 4–5 kunga qisqardi. VATSdan keyin statsionarda yotishning o‘rtacha muddati 9 kundan 5 kungacha qisqardi, bu esa koyka aylanmasi va ixtisoslashtirilgan yordam ko‘lami oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: VATS texnologiyalarini joriy etish orqali davolash va statsionarda yotish xarajatlari sezilarli darajada qisqardi: 100 bemorda gospitalizatsiya muddati 4 kunga qisqardi (1 kun — 406900 so‘m): 406900×4×100 = 162760000 so‘m; asoratlar soni kamayishi (12 bemor, har biri uchun 250000 so‘m): 250000×12 = 3000000 so‘m; qon quyish ehtiyoji kamayishi (25 bemor, 1 doza — 360000 so‘m): 360000×25 = 9000000 so‘m. Jami tejamkorlik: 162760000+3000000+9000000 = 174760000 so‘m (Akad. V. V.Voxidov nomidagi RIXIATM preyskuranti bo‘yicha). 150 bemorning yillik o‘rtacha oqimida umumiy iqtisodiy samara: 174760000×(150/100) = 262140000 so‘m, shundan 196605000 so‘m — byudjet ablag‘lari, 65535000 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xulosa: videoassistent torakoskopik operatsiyalar (VATS)ni qo‘llash orqali ko‘ks oralig‘ining hajmli hosilalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning xavfsizligi va samaradorligi oshdi, jarohatlanish darajasi va asoratlar soni kamaydi, gospitalizatsiya muddati qisqardi va yiliga taxminan 262 mln so‘m tejamkorlikka erishildi (shundan 196,6 mln so‘m — byudjet mablag‘lari, 65,5 mln so‘m — byudjetdan tashqari manbalar);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘ks oralig‘ining hajmli hosilalarida perioperativ bosqichlarda mul`timodal tashxislash va fanlararo yondashuvning asosiy mezonlari ishlab chiqilganligi — Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i № 34 (17.06.2025y.);— Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i № 133 (07.07.2025y.);— Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi buyrug‘i № 5879-7-107-TB/2025 (17.10.2025y.); Xorazm viloyati “Surgemed” klinikasi buyrug‘i № 2025/133 (07.10.2025y.); (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 07 oktyabrdagi №26/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: multidissiplinar yondashuvni joriy etish natijasida operatsiya oldi rejalashtirish sifatini oshirishga erishildi, diagnostik xatolar ulushi 14% dan 5% gacha, intraoperatsion asoratlar soni 9% dan 3% gacha kamaydi, operatsiyaning o‘rtacha davomiyligi 27 daqiqaga qisqardi, statsionarda yotish muddati esa 8 kundan 5 kungacha qisqardi. Bu mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshiladi, davolash protokollarini standartlashtirdi va jarrohlik yordamining umumiy samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorlik: Mul`timodal diagnostika takroriy tekshiruvlar va asoratli holatlar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi: — 100 bemorda gospitalizatsiya muddati 3 kunga qisqardi (1 kun — 406900 so‘m): 406900×3×100 = 122070000 so‘m; — asoratli holatlar soni kamayishi (6 bemor, har biriga 350000 so‘m): 350000×6 = 2100000 so‘m; — takroriy KT/MRT tekshiruvlar soni kamayishi (15 bemor o‘rtacha 540000 so‘m): 540000×15 = 8100000 so‘m. Jami tejamkorlik: 122070000 + 2100000 + 8100000 = 132270000 so‘m (Akad. V. V.Voxidov nomidagi RIXIATM DMsi preyskuranti bo‘yicha). 160 bemorning yillik o‘rtacha oqimida umumiy iqtisodiy samara: 132270000×(160/100) = 211632000 so‘m, shundan 158724000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 52908000 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xulosa: mul`timodal va multidissiplinar yondashuvni joriy etish tashxis aniqligini va operatsiya xavfsizligini oshirdi, asoratlar va davolash muddatini kamaytirdi hamda yiliga 211632000 so‘m tejamkorlikka erishildi (shundan 158724000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 52908000 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi);
beshinchi ilmiy yangilik: ko‘ks oralig‘i xavfli o‘smalarda turli hil jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng bemorlarning hayot sifatini baholash va davolashning natijalarini prognozlash omillarining tasnifiga asoslangan holda, kasallanish residivlari va omon qolishning omillari aniqlanganligi — Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi № 34 sonli (buyrug‘i 17.06.2025y.); Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi № 133 buyrug‘i (07.07.2025y.); — Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi № 5879-7-107-TB/2025 sonli buyrug‘ (17.10.2025y.); — Xorazm viloyati “Surgemed” klinikasi buyrug‘i № 2025/133 (07.10.2025y.); (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining №26/51 sonli xulosasi 2025 yil 07 oktyabr). Ijtimoiy samaradorligi: prognostik mezonlarni joriy etish orqali bemorlarning 5 yillik umumiy yashovchanligi 58% dan 72% gacha, residivsiz yashovchanligi esa 49% dan 67% gacha oshdi. Lokoregionar residivlar soni 26 % ga kamaydi, hayot sifati indeksi (EORTC QLQ-C30 shkalasi bo‘yicha) 62 balldan 78 ballga ko‘tarildi. Residivlar va kech asoratlar sonining kamayishi takroriy gospitalizatsiyalar ehtiyojini pasaytirdi va bemorlarning ijtimoiy hamda mehnat reabilitatsiyasi davrini uzaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi : Ishlab chiqilgan prognostik modellarning qo‘llanilishi takroriy gospitalizatsiyalar va reoperatsiyalar sonini kamaytirish hisobiga xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi: — takroriy gospitalizatsiyalar soni kamayishi (15 bemor har biri 3 kundan): 406900×3×15=18310500 so‘m; — takroriy operatsiyalar soni kamayishi (8 bemor har biri 3250000 so‘m): 3250000×8=26000000 so‘m; — residivlarda dori vositalariga sarf xarajatlar kamayishi (20 bemor har biri 250000 so‘m): 250000×20=5000000 so‘m. Jami tejamkorlik: 18310500+26000000+5000000=49310500 so‘m (Akad. V. V.Voxidov nomidagi RIXIATM preyskuranti bo‘yicha). 150 bemorning yillik o‘rtacha oqimida umumiy iqtisodiy samara: 49310500×(150/100)=73965750 so‘m, shundan 55474000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 18491750 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xulosa: prognostik stratifikatsiya tizimi va aktiv yashovchanlik qirralari tahlil qilishni joriy etish orqali ko‘ks oralig‘ining yomon sifatli o‘smalarida davolash samaradorligi oshdi, residivlar soni kamaydi va bemorlarning hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samara yiliga 73965750 so‘m tejamkorlikni ta’minladi, shundan 55474000 so‘m — byudjet mablag‘lari, 18491750 so‘m — byudjetdan tashqari manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi.