Ozodov Jasur Hamza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tatuirovka natijasida terida kelib chiqadigan ilk va kechki morfologik o‘zgarishlar hamda anor danagi moyi qo‘llanilgandagi xususiyatlar” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4422.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot intituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: tatuirovka natijasida terida kelib chiqadigan erta va kechki morfologik o‘zgarishlarni o‘rganish hamda ularni anor danagi yog‘i bilan korreksiya qilishni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor oq laboratoriya kalamushlarining teri asosi odam terisidan bir qator parametrlar bilan farq qilishi aniqlangan bo‘lib, epidermis juda yupqa va ko‘p joylarda faqat bir qavat epiteliy hujayralaridan iborat ekanligi hamda soch follikulalari teshiklarini hosil qilishi aniqlangan; 
tatuirovka qo‘yilgandan keyin dastlabki 7 kun ichida terida mikrobsiz yallig‘lanish va qon tomir o‘zgarishlari rivojlanishi, kechki davrda esa asosiy morfologik o‘zgarishlar derma qavatida kuzatilishi aniqlangan bo‘lib, pigmentlar asosan dermaning so‘rg‘ichsimon qavatida to‘planishi isbotlangan;
lazer yordamida tatuirovka olib tashlangandan so‘ng oq zotsiz kalamushlarda epidermal qavat yupqalashganligi va dermal qavat shishganligi, gipoderma va soch follikulalari o‘zgarishlarga uchramaganligi aniqlangan; 
ilk bor lazer usulida tatuirovka olib tashlangandan so‘ng, teriga ishlov berish jarayonida anor danagi moyi bilan korreksiya qo‘llanilishi terining himoyaviy funksiyasi hisoblangan regeneratsiya, reparatsiya hamda morfofunksional tiklanish jarayonlarining faollashishiga olib kelishi eksperimental va klinik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Anor danagi yog‘i qo‘llanilganda tatuirovka natijasida terida yuzaga keladigan erta va kechki morfologik o‘zgarishlarni va morfometrik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor oq laboratoriya kalamushlarining teri asosi odam terisidan bir qator parametrlar bilan farq qilishi aniqlangan bo‘lib, epidermis juda yupqa va ko‘p joylarda faqat bir qavat epiteliy hujayralaridan iborat ekanligi hamda soch follikulalari teshiklarini hosil qilishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro hududiy filialining 23.01.2025-yildagi 11-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo hududiy filialining 4.03.2025-yildagi 3/T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tatuaj tufayli yuzaga keladigan asoratlarning oldini olish orqali hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, bemorlarning tiklanish va moslashish jarayonlarini tezlashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: shifoxona sharoitida asoratlarni davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larining 7,5% tiklanish muddatlarini qisqartirish, yallig‘lanish reaksiyalari xavfini kamaytirish va teridagi morfologik o‘zgarishlarni tuzatish uchun individual dasturlardan foydalanish orqali iqtisod qilinadi. Xulosa.O‘tkazilgan tadqiqot natijalari oq laboratoriya kalamushlari terisi morfologik tuzilishi odam terisidan sezilarli darajada farq qilishini ko‘rsatdi. Ushbu farqlar eksperimental natijalarni inson terisiga qo‘llashda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligini asoslaydi hamda tatuaj bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish va tiklanish jarayonlarini samarali rejalashtirishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tatuirovka qo‘yilgandan keyin dastlabki 7 kun ichida terida mikrobsiz yallig‘lanish va qon tomir o‘zgarishlari rivojlanishi, kechki davrda esa asosiy morfologik o‘zgarishlar derma qavatida kuzatilishi aniqlangan bo‘lib, pigmentlar asosan dermaning so‘rg‘ichsimon qavatida to‘planishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro hududiy filialining 23.01.2025-yildagi 11-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo hududiy filialining 4.03.2025-yildagi 3/T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asoratlarning oldini olish va terining tiklanishini yaxshilash uchun yangi diagnostik va profilaktik yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: morfologik buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash orqali byudjet mablag‘larining 9,5% i tejaladi, bu esa davolash muddatini 2-3 kunga qisqartiradi va ixtisoslashtirilgan yordamga qayta murojaat qilish chastotasini kamaytiradi. Xulosa.Tatuirovka qo‘yilgandan so‘ng terida dastlab yallig‘lanish reaksiyalari, keyin esa derma qatlamida barqaror morfologik o‘zgarishlar rivojlanishi aniqlandi. Bu holat teriga beriladigan yuklamani to‘g‘ri baholash, asoratlarni oldini olish va tiklanish jarayonini ilmiy asosda boshqarish zarurligini ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: lazer yordamida tatuirovka olib tashlangandan so‘ng oq zotsiz kalamushlarda epidermal qavat yupqalashganligi va dermal qavat shishganligi, gipoderma va soch follikulalari o‘zgarishlarga uchramaganligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro hududiy filialining 23.01.2025-yildagi 11-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo hududiy filialining 4.03.2025-yildagi 3/T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: anor danagi yog‘idan foydalanish terining tiklanishini yaxshilaydi, surunkali yallig‘lanish xavfini kamaytiradi va uning strukturaviy yaxlitligini saqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: davolanish muddatini qisqartirish, qimmatbaho farmakologik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirish hisobiga byudjet mablag‘larining 9,5% i tejaladi. Xulosa. Lazer yordamida tatuirovka olib tashlangandan so‘ng epidermis yupqalashishi va dermaning shishishi kuzatilib, gipoderma hamda soch follikulalari saqlanib qolishi aniqlandi. Anor danagi yog‘idan foydalanish terining tiklanishini qo‘llab-quvvatlab, yallig‘lanish xavfini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor lazer usulida tatuirovka olib tashlangandan so‘ng, teriga ishlov berish jarayonida anor danagi moyi bilan korreksiya qo‘llanilishi terining himoyaviy funksiyasi hisoblangan regeneratsiya, reparatsiya hamda morfofunksional tiklanish jarayonlarining faollashishiga olib kelishi eksperimental va klinik jihatdan isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro hududiy filialining 23.01.2025-yildagi 11-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo hududiy filialining 4.03.2025-yildagi 3/T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, asoratlar va psixologik dezadaptatsiya xavfini kamaytirishga, reabilitatsiyaning yangi imkoniyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: morfologik o‘zgarishlarni aniqroq prognozlash, keraksiz muolajalar sonini kamaytirish va davolash muddatlarini qisqartirish orqali byudjet mablag‘larining 16,5 foizi tejaladi, bu esa sog‘liqni saqlash resurslaridan foydalanishning umumiy samaradorligini oshiradi. Xulosa. Tatuirovkani olib tashlagandan keyin terini parvarishlashda anor danagi yog‘idan foydalanish eng samarali usul ekanligi aniqlandi. Ushbu yondashuv terining tez bitishi va tiklanishini ta’minlab, asoratlar xavfini kamaytirish hamda reabilitatsiya jarayonini ilmiy asosda optimallashtirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish