Mustafaeva Malika Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kontrast indusirlangan nefropatiya o‘tkazgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini bashoratlashning klinik-laborator jihatlari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD/Tib3755.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Charos Abdurajalilovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Baratova Mexribon Subiddinovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kontrastli angiografik muolajalar o‘tkazilgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini klinik va laborator ko‘rsatkichlar asosida bashoratlash modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:     
kontrastli angiografik muolajalardan keyin surunkali buyrak kasalligi rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavf omillari birinchi marta kompleks klinik-laborator yondashuv asosida baholanib, bazaviy buyrak funksiyasining pasayishi, kontrast dozasining BKFTga nisbatan yuqori bo‘lishi hamda qandli diabet va surunkali yurak etishmovchiligi kabi komorbid holatlar SBK rivojlanishining asosiy mustaqil prediktorlari ekanligi isbotlangan;
kontrastli angiografik muolajalardan keyin kontrast indusirlangan o‘tkir buyrak shikastlanishi aniqlanmagan yoxud subklinik kechgan bemorlarda BKFT qisqa va uzoq muddatli o‘zgarishi tahlil qilinib, uning pasayish sur’ati statistik ahamiyatli ravishda yuqori ekanligi asoslangan;
subklinik kechadigan kontrast indusirlangan nefropatiyani erta aniqlash va uning oqibatida rivojlanadigan buyrakning fibrozini barvaqt tashxislashda TGF-α, TGF-β1 va KIM-1 laborator markyorlarning yuqori sezgirligi va prognostik qiymat (AUC 0,78) isbotlangan;
an’anaviy va zamonaviy laborator biomarkerlar kombinatsiyasi asosida kontrastli muolajadan keyin SBK rivojlanishini bashoratlovchi va nefropatiya xavfini baholovchi modifikatsiyalashgan integral xavf shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kontrastli angiografiya o‘tkazilgan bemorlarda surunkal buyrak kasalligi rivojlanishi xavf omillarini va erta tashxisot jihatlarini baholash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. kontrastli angiografik muolajalardan keyin SBK rivojlanishiga olib keluvchi asosiy mustaqil prediktorlarni (bazaviy BKFT pasayishi, kontrast dozasining BKFTga nisbatan yuqoriligi, qandli diabet va surunkali yurak etishmovchiligi) aniqlash bemorlarni xavf guruhlariga erta ajratish imkonini beruvchi “Kontrastli angiografiya o‘tkazilgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini bashoratlashni takomillashtirilgan usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/017 sonli xulolasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (12.02.2025 y; № 1); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruk (5.03.2025; № 71) klinik amaliyotiga tadbiq etildi.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14\13-son xulosasi olingan.) Ijtimoiy samaradorligi: individual profilaktik choralarni o‘z vaqtida qo‘llash, SBKning og‘ir bosqichlariga o‘tishi va nogironlik darajasining oshishini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: subklinik kechayotgan KIN va uning oqibatida rivojlangan SBK erta aniqlash orqali bemorlarda SYuE rivojlanish muddati kechiktiriladi, bemorlarning statsionar davoga ehtiyoji pasayadi. Bemorlarning statsonar davo kunlari qisqarishi natijasida har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 547200 so‘m, byudjet mablag‘laridan 206039 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. SBKning erta bosqichida xavfli bemorlarni aniqlash qimmatbaho dializ va transplantatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish muddatining qisqarishi, asoratlar chastotasining pasayishi va takroriy gospitalizatsiyalarning oldini olish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlari sezilarli darajada qisqaradi.
ikkinchi ilmiy yangilik. kontrast indusirlangan o‘tkir buyrak shikastlanishi klinik jihatdan aniqlanmagan bemorlarda ham BKFT pasayish sur’atining yuqori ekanligini erta aniqlash imkonini beruvchi “Kontrastli angiografiya o‘tkazilgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini bashoratlashni takomillashtirilgan usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/017 sonli xulolasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (12.02.2025 y; № 1); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruk (5.03.2025; № 71) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14\13-son xulosasi olingan.) Ijtimoiy samaradorligi: Kontrast indusirlangan o‘tkir buyrak shikastlanishi klinik jihatdan aniqlanmagan bemorlarda ham BKFT pasayish sur’atining yuqori ekanligini erta aniqlash imkon beradi Iqtisodiy samaradorligi: Subklinik KINni inkor qilmasdan kuzatish SBKning kech bosqichlarida paydo bo‘ladigan yuqori xarajatli davolash usullarini kamaytiradi va sarf xarajatlarni qisqartirish natijasida har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 648104 ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Uzoq muddatli perspektivada bu ambulator nazoratning statsionar davolashga nisbatan arzonligi hisobidan iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi va uning profilaktikasiga erishish imkoniyatini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik. subklinik kechadigan kontrast indusirlangan nefropatiyani erta aniqlash va buyrak fibrozini barvaqt tashxislash imkoni bemorlarda qaytmas morfologik o‘zgarishlar shakllanishidan oldin profilaktik va patogenetik davoni boshlash imkonini yaratuvchi “Kontrastli angiografiya o‘tkazilgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini bashoratlashni takomillashtirilgan usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/017 sonli xulolasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (12.02.2025 y; № 1); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruk (5.03.2025; № 71) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14\13-son xulosasi olingan.) Ijtimoiy samaradorligi: subklinik kechadigan kontrast indusirlangan nefropatiyani erta aniqlash va buyrak fibrozini barvaqt tashxislash imkoni bemorlarda qaytmas morfologik o‘zgarishlar shakllanishidan oldin profilaktik va patogenetik davoni boshlash imkonini yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori sezgir va prognostik qiymatga ega markyorlardan foydalanish orqali samarasiz tekshiruvlar soni qisqaradi, noratsional davolashning oldi olinadi. KIN rivojlanganda buyrak faoliyatini erta baholovchi laborator va instrumental ko‘rsatgichlarni erta aniqlash uchun 214510 ming so‘m sarflanadi, bu SBK rivojlangandan keyin qo‘llaniladigan tashxisot va davo xarajatlaridan 6,3 baravar arzon bo‘lib, har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 496600 so‘m, byudjetdan tashqari 695248 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa. Erta tashxis qimmat davolash bosqichlariga o‘tish ehtimolini kamaytiradi, bu esa umumiy tibbiy xarajatlarni optimallashtirish ikonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. an’anaviy va zamonaviy biomarkerlar kombinatsiyasi asosida klinik amaliyotda qaror qabul qilishni soddalashtirish, shifokor xatolarini kamaytirish va standartlashtirilgan yondashuvni ta’minlash maksadida modifikatsiyalashgan integral risk shkalasini ishlab chikarish bo‘yicha “Kontrastli angiografiya o‘tkazilgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini bashoratlashni takomillashtirilgan usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/017 sonli xulolasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (12.02.2025 y; № 1); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruk (5.03.2025; № 71) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14\13-son xulosasi olingan). Ijtimoiy samaradorligi: klinik amaliyotda qaror qabul qilishni soddalashtirdi, shifokor xatolarini kamaytirildi va standartlashtirilgan yondashuv ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: xavf shkalasi asosida tekshiruv va davolash hajmini individuallashtirish resurslarni maqsadli taqsimlash imkonini beradi. Kechiktirilgan tashxisotlarga  qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 2795211 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu xarajatlar 1018300 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu chora tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha 1776911 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: past xavf mavjud bemorlarda ortiqcha tekshiruvlardan voz kechish, yuqori xavfli bemorlarda esa asoratlarning oldini olish orqali sog‘liqni saqlash tizimida xarajat-samaradorlik nisbati yaxshilanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish