Karimov Sardor Suvankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi va residiv ventral churralarni xirurgik davolashda taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4693.
Ilmiy rahbar: Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
operatsiyadan keyingi ventral churra bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini separatsion gernioalloplastika usulini tanlash orqali yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor standart va separatsion protezlash gernioplastikaning  turli usullaridan keyin churra qaytalanishining asosiy prediktorlari aniqlangan; 
ilk bor qorin to‘g‘ri mushaklarining old va orqa qinlarini mustahkamlash orqali qorin oldingi devori anatomiyasini tiklash imkonini beruvchi old va orqa separatsion gernioplastikaga ko‘rsatma va  uning texnik jihatlari asoslangan;
ilk bor operatsiyadan keyingi ventral churralar bilan bemorlarda standart (onlay, sublay) va separatsion (oldingi, orqa) protezlash gernioplastika usulini tanlashda patogenetik mexanizmlarni inobatga olish zarurligi asoslangan; 
separatsion gernioplastikasining klinik samaradorligi standart protezli plastika bilan solishtirganda, operatsion asoratlardan 16,1% dan 9,1% gacha va residivlarni esa 10,7% dan 4,5% ga kamayish bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Operatsiyadan keyingi va residiv ventral churralarni xirurgik davolashda taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.12.2024 y. 10/32-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor standart va separatsion protezlash gernioplastikaning turli usullaridan keyin churra qaytalanishining asosiy prediktorlari aniqlanganligi Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4223-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 104-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: churrani davolashning qoniqarsiz natijalar chastotasiga churraning o‘lchami, tana massasi indeksi va protezli gernioplastika usuli sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: churrani davolashning qoniqarsiz natijalar chastotasiga churraning o‘lchami, tana massasi indeksi va protezli gernioplastika usuli bilan bemorlarda bir vaqtdagi jarrohlik aralashuvi doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 8-10 kun uchun 3241320 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855200 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 1123700 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: residiv churra rivojlanishining eng muhim prediktorlariga churra plastikasining usuli, EHS klassifikatsiyasi bo‘yicha churra defekti kengligi va tana massasi indeksi ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor qorin to‘g‘ri mushaklarining old va orqa qinlarini mustahkamlash orqali qorin oldingi devori anatomiyasini tiklash imkonini beruvchi old va orqa separatsion gernioplastikaga ko‘rsatma va  uning texnik jihatlari asoslanganligi Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4223-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 104-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: W3-W4 churralari bilan mushak-aponevrotik tuzilmalar atrofiyasi mavjud bo‘lganda, separatsion plastika usullari ko‘rsatma bo‘lib xisoblanadi (QIB darajasi ˂11 bo‘lganda oldingi, QIB ≥11 bo‘lganda – orqa separatsion plastika). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: separatsion plastika usullari bilan bemorlarni nazoenteral intubatsiya yordamida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4355400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: W3-W4 da qorin ichi bosimini perioperativ monitoring natijalari ≥ 11 bo‘lganda orqa separatsion protezlash plastikasining ustunligi asoslandi, <11 bo‘lganda esa oldingi separsion plastikasini amalga oshirish mumkin. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor operatsiyadan keyingi ventral churralar bilan bemorlarda standart (onlay, sublay) va separatsion (oldingi, orqa) protezlash gernioplastika usulini tanlashda patogenetik mexanizmlarni inobatga olish zarurligi asoslanganligi Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4223-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 104-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan algoritmdan foydalanish standart (onlay, sublay) va separatsion (oldingi, orqa) protezlash gernioplastika usulini tanlashda natijalarni yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan algoritmdan foydalanish standart (onlay, sublay) va separatsion (oldingi, orqa) protezlash gernioplastika usulini qo‘llangan operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 35% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: operatsiyadan keyingi ventral churralar W2, W3, W4 bo‘yicha standart (onlay, sublay) yoki separatsion (oldingi, orqa) plastika usulini tanlash algoritmi qorin old devoridagi mushak-aponevrotik strukturalar holati va qorin ichi bosimini intraoperativ monitoring ko‘rsatkichiga asoslangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: separatsion gernioplastikasining klinik samaradorligi standart protezli plastika bilan solishtirganda, operatsion asoratlardan 16,1% dan 9,1% gacha va residivlarni esa 10,7% dan 4,5% ga kamayish bilan isbotlanganligi Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4223-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 104-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi ventral churralar bilan bemorlarda  gernioplastikaning taktik-texnik jihatlarini optimallashtirish davolashining klinik natijalarini yaxshilash imkonini berdi. Bunda implantning ko‘chib tushishi yoki seroma ko‘payishi kuzatilmagan, bu esa ushbu usulni jarrohlik davolash usuli sifatida tanlash mumkinligini tasdiqlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3558400 so‘m  sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: operatsiyadan keyingi ventral churralar bilan bemorlarni xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish operatsiyadan keyingi erta asoratlar sur’atini 16,1% dan 9,1% gacha va residiv sur’atini esa  10,7% dan 4,5% gacha (r< 0,05) kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish