Ismatov Tuychiboy Axrorkulovichning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immunologik xavfi bo‘lgan bemorlar donor buyrak morfologiyasiga yuqori sezuvchanlikning ta’siri” 14.00.27-Xirurgiya, 14.00.02-Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5242.
Ilmiy rahbarlar: Qurbonov Obid Maxsudovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Maxmudov Qodirjon Oltinboevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  bir martalik IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Axmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: immunologik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda buyrak transplantatsiyasi samaradorligini oshirish omili sifatida morfologik xususiyatlarni hisobga olgan holda jarrohlik texnikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli darajadagi immunologik sezgirlikka ega bo‘lgan resepientlarda buyrak transplantatini rad etish chastotasi va strukturaviy shakllarining qiyosiy tahlili orqali transplantatsiyadan oldingi antitanachalar darajasi va transplantatsiyadan keyingi asoratlar turi o‘rtasidagi klinik-morfologik bog‘lanishlarni aniqlangan;
operatsiyadan keyingi monitoringning integrativ markeri sifatida leykotsitlar intoksikatsiya indeksi ning yuqori diagnostik qiymati isbotlanib, leykotsitlar intoksikatsiya indeksi qiymati va transplantatning morfologik o‘zgarishlari jiddiyligi o‘rtasidagi statistik ahamiyatli korrelyasiya bilan tasdiqlanishi, ko‘chirib o‘tkazilgan buyrakning funksional holatini erta prognozlashda qo‘llash asoslangan;
ilk bor kam jarohatli disseksiya, limfatik kollektorlarni selektiv ligatura qilish, tomir o‘rnini peritonizatsiya qilish va "o‘lik bo‘shliqni" bartaraf etishni o‘z ichiga oluvchi va ilmiy asoslangan limfatik asoratlarning oldini olishga qaratilgan yagona intraoperatsion protokol ishlab chiqilishi, operatsiyadan keyingi limforeya va limfotselening oldini olish uchun patogenetik yondoshuvni shakllantirish asoslangan;
ilk bor immunologik xavfning gradatsiyasiga asoslangan sezgir resepientlarni boshqarishning operatsiyadan oldingi algoritmi morfologik va ultratovush mezonlari hisobga olinishi natijasida individuallashtirilgan jarrohlik taktikasi tanlangan transplantatsiya samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 20 iyun`dagi 20/10 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor turli darajadagi immunologik sezgirlikka ega bo‘lgan resepientlarda buyrak transplantatini rad etish chastotasi va strukturaviy shakllarining qiyosiy tahlili orqali transplantatsiyadan oldingi antitanachalar darajasi va transplantatsiyadan keyingi asoratlar turi o‘rtasidagi klinik-morfologik bog‘lanishlarni aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan ma’lumotlarga ko‘ra, transplantatsiyadan oldin immunologik sezuvchanlikni baholash mumkin bo‘lgan rad etish turini va muddatlarini prognoz qilishga, shuningdek immunsupressiv terapiyaning individual protokollarini shakllantirishga imkon beradi. Transplantatdagi morfologik o‘zgarishlar (vaskulit, tubulit, interstisial yallig‘lanish) va organ etishmovchiligining klinik ko‘rinishlari o‘rtasida aniqlangan bog‘liqlik diagnostika imkoniyatlarini kengaytiradi va erta xavfni stratifikatsiya qilishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy natijalar Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining jarrohlik, nefrologiya va transplantatsiya bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etildi. (Surxondaryo vil. 11.11.2024y  №13-T-sonli buyruq va Xorazm vil 14.11.2024y №161-1 sonli buyruq).Ishlab chiqilgan yondashuvlar asosida transplantatsiyadan keyingi bemorlarni monitoring qilish protokollari takomillashtirildi, bu protokollar immunologik sezuvchanlikni baholash, rad etish xavfini erta tashxislash va immunsupressiv terapiyani korreksiya qilishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy samaradorligi: Klinik-morfologik mezonlarning kompleks qo‘llanilishi o‘tkir rad etish holatlari chastotasini 23% ga kamaytirishga, qayta gospitalizatsiyalar sonini qisqartirishga va kuzatuvning birinchi yilida transplantatning yashovchanligini oshirishga imkon berdi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, nogironlik xavfini va buyrak o‘rnini bosuvchi terapiyaga (dializ) qaytish ehtiyojini kamaytirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: immunsupressiyaga individual yondashuv tufayli rad etish holatlarida gospitalizatsiya davomiyligi o‘rtacha 4–5 kunga qisqardi. O‘rtacha yotoq-kuni narxi 210000 so‘m bo‘lganda, bir bemor uchun 840000 – 1050000 so‘m tejaladi. Yillik transplantatsiya dasturi miqyosida iqtisodiy samaradorlik 1,8–2,1 mlrd so‘mga etadi. Xulosa: Immunologik sezuvchanlikning turli guruhlarida aniqlangan transplantat rad etilishining klinik-morfologik qonuniyatlari yuqori ilmiy, klinik va iqtisodiy ahamiyatga ega.
ikkinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi monitoringning integrativ markeri sifatida leykotsitlar intoksikatsiya indeksi (LII) ning yuqori diagnostik qiymati isbotlanib, leykotsitlar intoksikatsiya indeksi (LII) qiymati va transplantatning morfologik o‘zgarishlari jiddiyligi o‘rtasidagi statistik ahamiyatli korrelyasiya bilan tasdiqlanishi, ko‘chirib o‘tkazilgan buyrakning funksional holatini erta prognozlashda qo‘llash asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalar transplantatsiyadan keyingi davrda LII laboratoriya monitoring tizimiga kiritish uchun asos bo‘ldi. Yallig‘lanishning izolyasiyalangan ko‘rsatkichlaridan farqli ravishda, LII organizmning transplantatning immuno-yallig‘lanish shikastlanishiga bo‘lgan umumiy reaksiyasini ko‘rsatadi. Bu rad etish bosqichini aniqlashda tashxislash imkoniyatlarini kengaytiradi, subklinik disfunksiyani o‘z vaqtida aniqlashga va immunsupressiv terapiyani optimallashtirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikni joriy etish: LIIni hisoblash va interpretatsiya qilish usuli Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining klinik-diagnostik laboratoriyalari va nefrologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Mahalliy protokollar (Surxondaryo vil. 11.11.2024y  №13-T-sonli buyruq va Xorazm vil 14.11.2024y №161-1 sonli buyruk ) doirasida LII buyrak transplantati resipientlarini laboratoriya dinamik nazoratining majburiy ko‘rsatkichlari ro‘yxatiga kiritildi. Ijtimoiy samaradorligi: LIIni monitoring tizimiga joriy etish qaytmas morfologik o‘zgarishlar rivojlanishidan avval rad etishning erta shakllarini aniqlashni 22% ga oshirishga imkon berdi. Bu og‘ir asoratlar sonini, takroriy biopsiyalarga va shoshilinch gospitalizatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam berdi. Diagnostik kursatgichlarning oshishi transplantatning yashovchanlik prognoziga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, nogironlikni oldini olishga ko‘maklashdi va bemorlarning ijtimoiy hamda professional faollikka qaytishiga sharoit yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: LIIning arzon laboratoriya indeksi sifatida qo‘llanilishi qimmat immunologik testlar va takroriy invaziv aralashuvlarga (biopsiyalar) sarf-xarajatlarni kamaytirishga imkon berdi, bu esa transplantatsiyadan keyingi monitoringni olib borish xarajatlarini bir nafar bemor uchun o‘rtacha 600000–800000 so‘mga qisqartirdi. Asoratlar chastotasining kamayishi bilan birgalikda, davolash muassasasi uchun bir yillik istiqbolda iqtisodiy samaradorlik 1,5 mlrd so‘mga etdi. Xulosa: LII darajasi va transplantatning morfologik shikastlanishi o‘rtasida isbotlangan korrelyasion bog‘liqlik uning yuqori diagnostik va prognostik qiymatini tasdiqlaydi. Ushbu ko‘rsatkichni joriy etish resipientlarning shaxsiylashtirilgan monitoringi va transplantatsiyadan keyingi boshqaruvni optimallashtirish uchun asos yaratadi, bu esa sezilarli tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kam jarohatli disseksiya, limfatik kollektorlarni selektiv ligatura qilish, tomir o‘rnini peritonizatsiya qilish va "o‘lik bo‘shliqni" bartaraf etishni o‘z ichiga oluvchi va ilmiy asoslangan limfatik asoratlarning oldini olishga qaratilgan yagona intraoperatsion protokol ishlab chiqilishi, operatsiyadan keyingi limforeya va limfotselening oldini olish uchun patogenetik yondoshuvni shakllantirish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif qilingan ushbu protokol ilk bor transplantat sohasida limforreya, limfotsele va seroma shakllanishining oldini olishga qaratilgan jarrohlik choralarini tizimlashtiradi. Uning qo‘llanilishi limfa bilan bog‘liq asoratlarning yuzaga kelish patogenetik mexanizmlariga maqsadli ta’sir ko‘rsatishga imkon berib, infeksiya xavfi, nazoratsiz ekssudat ajralishi va qon-tomir hamda limfa tizimining deformatsiyasini kamaytiradi. Ilmiy yangilikni joriy etish: Ishlab chiqilgan intraoperatsion protokol Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlaridagi transplantatsiya jarrohligi va qon tomir rekonstruksiyasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Uning qo‘llanilishi jarrohlik taktikasi bo‘yicha ichki reglamentlarda (2024 yil 22 aprel, 12-sonli Protokol) aks ettirilgan bo‘lib, u buyrak transplantatsiyasidan keyingi bemorlarda va kichik chanoq sohasidagi rekonstruktiv operatsiyalarda rejali hamda shoshilinch aralashuvlarda qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu protokolni amaliyotga tatbiq etish limfa tizimi bilan bog‘liq asoratlar (limforreya, limfotsele, seroma) chastotasini 28–30% ga kamayishiga olib keldi. Bu esa takroriy aralashuvlar, drenaj manipulyasiyalari va uzaytirilgan gospitalizatsiyalar sonini qisqartirishni ta’minladi. Jarrohlik davolash natijalarining yaxshilanishi bemorlarning reabilitatsion salohiyatini oshirdi va vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish davrini qisqartirdi, mintaqaviy darajada ixtisoslashgan jarrohlik yordami sifatini mustahkamladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kompleks davolash usulini joriy etgandan so‘ng o‘rtacha gospitalizatsiya muddati 5–6 kunga qisqardi. Yagona protokolning qo‘llanilishi limforreya va seroma bilan bog‘liq asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirdi, takroriy operatsiyalar, antibakterial dori vositalari va uzoq muddatli drenaj qo‘llash zaruratini pasaytirdi. O‘rtacha bir bemorning operatsiyadan keyingi xarajati 900000 – 1200000 so‘mga kamaydi. Xulosa: Taklif qilingan intraoperatsion protokol transplantologiyada jarrohlik taktikasini rivojlantirishga muhim hissa bo‘lib xizmat qiladi. Uning klinik qayta ishlab bo‘lishligi va isbotlangan samaradorligi ushbu protokolni jarrohlik yordami standartlariga integratsiya qilish zarurligini asoslaydi, bu esa asoratlar kamayishiga, davolash sifati oshishiga va sog‘liqni saqlash resurslarining tejalishiga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor immunologik xavfning gradatsiyasiga asoslangan sezgir resepientlarni boshqarishning operatsiyadan oldingi algoritmi morfologik va ultratovush mezonlari hisobga olinishi natijasida individuallashtirilgan jarrohlik taktikasi tanlangan transplantatsiya samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan preoperatsion algoritm transplantologiyada shaxsiylashtirilgan tibbiy yondashuv konsepsiyasini kengaytiradi. Immunologik mezonlar (donorga xos antitanalar mavjudligi, PRA darajasi) va morfo-funksional ko‘rsatkichlar (qon tomir o‘zanining exostrukturasi, tomir kompressiyasi, fibroz belgilari) ni inobatga olgan holda, ushbu algoritm ehtimoliy asoratlarni prognoz qilish, jarrohlik aralashuv hajmini, implantatsiya zonasini va induksion terapiya sxemasini moslashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni joriy etish: Ishlab chiqilgan preoperatsion yondashuv Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari xirurgiya  bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etildi. Mahalliy klinik protokollar doirasida (2024 yil 10 iyun, 28/K-sonli buyruq ilovasi) ushbu algoritm bemorlarni tanlash va transplantatsiyani rejalashtirish jarayonida, jumladan, preoperatsion UTT, o‘zan biopsiyasi orqali baholash va sensibilizatsiyani gradatsiyalangan immunologik skriningda qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: strukturali yondashuvni joriy etish sensibilizatsiyaga ega bo‘lgan bemorlarda intraoperatsion va erta postoperatsion asoratlar chastotasini 25–27% ga kamaytirib, transplantatsiya xavfsizligini va transplantat yashovchanlik prognozini yaxshiladi. Shoshilinch konversiyalar va qon-tomir asoratlarining kamayishi yuqori texnologiyali davolashga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi va tibbiy yordam sifatini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: sistematik preoperatsion stratifikatsiya intraoperatsion asoratlarni shoshilinch davolashga, takroriy revizion aralashuvlarga va immunsupressiv preparatlarning maqsadsiz qo‘llanishiga ketadigan xarajatlarni qisqartirishga imkon berdi. Bir nafar bemor uchun o‘rtacha tejamkorlik 1100000 – 1300000 so‘mni tashkil qildi, bu yillik hisobda transplantatsiya dasturlarini rejalashtirilgan kengaytirish foydasiga muhim byujet resurslarini qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Xulosa: sensibilizatsiyaga ega bo‘lgan bemorlarni boshqarishda ishlab chiqilgan preoperatsion yondashuv jarrohlik taktikasi individuallashtirilishi va transplantatsiya immunologik xavfsizligini optimallashtirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, natijalar- ehtiyotkor disseksiya, maqsadli limfostaz, qon tomir o‘rnini peritonizatsiya qilish va "qolliq bo‘shliq"ni bartaraf etishni o‘z ichiga olgan kompleks jarrohlik taktikacini qo‘llash klinik ahamiyatga ega limfatik asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirishini, operatsiyadan keyingi bevosita natijalarni yaxshilashini va shu bilan birga aralashuvning xavfsizlik darajasini saqlab qolishini ishonchli tarzda ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar taklif etilgan usulning samaradorligini va uni transplantatsiya markazlarining klinik amaliyotiga keng joriy etish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish