Davronova Shaxnoza Raxmonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harorat ta’siri dinamikasida timus va taloq o‘rtasidagi a’zolararo munosabatlarning funksional morfologiyasi”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1018.
Ilmiy maslahatchi: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12 Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pavlova Tat`yana Vasil`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quruq issiq harorat ta’siri dinamikasida timus va taloq o‘rtasidagi a’zolararo munosabatlarning morfofunksional mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor quruq va issiq iqlim sharoitida laboratoriya hayvonlari timus va talog‘ining strukturaviy-funksional xususiyatlari kompleks tarzda baholangan bo‘lib, jumladan, nazorat va tajriba guruxdagi hayvonlarning timusining kortikal, kortiko-medullyar va medullyar zonalari, shuningdek, taloqning oq va qizil pul`palarida joylashgan hujayra komponentlari morfometrik ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilinganligi tajriba hayvonlarida yuqori harorat omilining immun a’zolarga ko‘rsatadigan aniq ta’sir doirasini ochib berishi asoslangan;
ilk bor tadqiqot davomida yuqori harorat omili ta’sirida timus va taloqda yuzaga keladigan tuzilmaviy o‘zgarishlar bosqichma-bosqich kechishi aniqlangan bo‘lib, o‘z ichiga erta o‘zgarishlar davri, immunomorfologik o‘zgarishlarning eng yuqori darajaga etgan kul`minatsion davri va uzoq muddatli o‘zgarishlar davrini olganligi sababli iqlimiy stressga organizmning immunologik moslashuv mexanizmlarini ochishi asoslangan;
ilk bor timus zonalari va taloq follikulalaridagi stromal elementlar, hamda mikromuhitni ta’minlovchi hujayralarning elektronmikroskopik xususiyatlari batafsil tavsiflangan bo‘lib, involyutiv jarayonlar va ularning immunogenezdagi roli, quruq issiq harorat ta’siridagi o‘zgarish mexanizmlari aniqlangan;
tajriba davomida kalamushlarning immun a’zolari radioavtografik usulda o‘rganilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlarning harorat ta’sirida barqaror oshib borishi kuzatilganligi sababli, immun a’zolarning yuqori harorat sharoitiga nisbatan kompensator-adaptiv reaksiyalarini namoyon etishi asosida, Buxoro mintaqasiga xos keskin kontinental iqlim sharoitida immun a’zolarning funksional faolligi moslashuv strategiyalariga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor timus va taloqning morfofunksional o‘zgarishlariga doir yangi ma’lumotlar keltirilganligi tufayli immun a’zolar sohalaridagi hujayra tarkibi, morfometrik ko‘rsatkichlar, immunogistokimyoviy (markerlar asosida) hamda radioavtografik o‘zgarishlar asosida ushbu a’zolarning immunogenezdagi o‘rni va funksional ahamiyati isbotlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar asosida haroratli stressga nisbatan immun javobning shakllanishi va rivojlanishi haqida yangi ilmiy asoslar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Harorat ta’siri dinamikasida timus va taloq o‘rtasidagi a’zolararo munosabatlarning funksional morfologiyasini o‘rganish natijalari asosida::
birinchi ilmiy yangilik: quruq va issiq iqlim sharoitida laboratoriya hayvonlari timus va talog‘ining strukturaviy-funksional xususiyatlari kompleks tarzda baholangan bo‘lib, jumladan, nazorat va tajriba guruxdagi hayvonlarning timusining kortikal, kortiko-medullyar va medullyar zonalari, shuningdek, taloqning oq va qizil pul`palarida joylashgan hujayra komponentlari morfometrik ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilinganligi tajriba hayvonlarida yuqori harorat omilining immun a’zolarga ko‘rsatadigan aniq ta’sir doirasini ochib berishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali (buyruq 04.04.2025 y. № 20), Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosida (buyruq 12.04.2025 y. №14) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalari asosida tajriba hayvonlarida yuqori harorat ta’sirida timus va taloqning morfologik holatini qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yaratilgan. Ayniqsa, normada kalamushlarning timus va taloqlarining tarkibiy qismlariga xos bo‘lgan morfologik tuzilish, hujayra tarkibi va ularning tizimli qonuniyatlari to‘g‘risida aniqlangan ma’lumotlar keyinchalik patologik holatlarni aniqlashda muhim mezon bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu asosiy ko‘rsatkichlar immun tizimi bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va ularni samarali davolash imkoniyatlarini kengaytiradi hamda klinik-amaliyotda tashxis qo‘yish sifatini oshirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tajriba hayvonlarida yuqori harorat ta’sirida timus va taloqning morfologik holatini o‘rganish natijasida ushbu a’zolarning normal tuzilishi, hujayra tarkibi va zonal xususiyatlari aniqlangan. Bu ma’lumotlar patologik holatlarni baholashda qiyosiy mezon sifatida, shuningdek, immun tizimi kasalliklarini erta aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishda foydali bo‘lib, tashxis sifati va davolash samaradorligini oshirishga, tibbiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qilgan. Xulosa: intakt oq kalamushlar timus va talog‘ining morfologik tahlili natijalari patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: tadqiqot davomida yuqori harorat omili ta’sirida timus va taloqda yuzaga keladigan tuzilmaviy o‘zgarishlar bosqichma-bosqich kechishi aniqlangan bo‘lib, o‘z ichiga erta o‘zgarishlar davri, immunomorfologik o‘zgarishlarning eng yuqori darajaga etgan kul`minatsion davri va uzoq muddatli o‘zgarishlar davrini olganligi sababli iqlimiy stressga organizmning immunologik moslashuv mexanizmlarini ochishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali (buyruq 04.04.2025 y. № 20), Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosida (buyruq 12.04.2025 y. №14) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yuqori harorat ta’sirida timus va taloqda yuzaga keladigan o‘zgarishlarning bosqichma-bosqich kechishini aniqlash orqali immun tizimidagi salbiy jarayonlarni erta bosqichda aniqlash imkoni yaratilgan. Bu esa aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishda, ayniqsa issiq iqlimli hududlarda yashovchi insonlar uchun xavfli holatlarni oldindan baholashga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: immun tizimi a’zolaridagi o‘zgarishlarning davriy xarakteri asosida kasalliklarni erta aniqlash, asoratlar oldini olish va davolash strategiyalarini optimallashtirishga erishilgan. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimidagi dori vositalari va davolash xarajatlarini kamaytirib, tibbiy xizmatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirgan. Xulosa: tadqiqotda yuqori harorat omili ta’sirida timus va taloqning tuzilmaviy o‘zgarishlari ilk bor bosqichma-bosqich tavsiflanib, ularning organizmdagi immunologik javob va moslashuv jarayonlaridagi o‘rni aniqlangan. Oq kalamushlar timus va talog ’ining morfologik tahlili natijalari patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1200000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: timus zonalari va taloq follikulalaridagi stromal elementlar, hamda mikromuhitni ta’minlovchi hujayralarning elektronmikroskopik xususiyatlari batafsil tavsiflangan bo‘lib, involyutiv jarayonlar va ularning immunogenezdagi roli, quruq issiq harorat ta’siridagi o‘zgarish mexanizmlari aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali (buyruq 04.04.2025 y. № 20), Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosida (buyruq 12.04.2025 y. №14) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: timus va taloq stromasini tashkil qiluvchi hujayralarning harorat ta’siridagi o‘zgarishlarini aniqlash, immun mikromuhitdagi muvozanat buzilishlarini erta aniqlash imkonini bergan. Bu esa aholida immunitet pasayishi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olishda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Iqtisodiy samaradorligi: stromal hujayralar o‘zgarishlarining elektron-mikroskopik mezonlari asosida tashxis aniq va erta bosqichda qo‘yilishi, davolash xarajatlarini kamaytirgan. Bu tibbiy resurslardan tejamkor foydalanish va sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Xulosa: Oq kalamushlar timus va talog‘ining elektron mikroskopik tahlili natijalari patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1100000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajriba davomida kalamushlarning immun a’zolari radioavtografik usulda o‘rganilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlarning harorat ta’sirida barqaror oshib borishi kuzatilganligi sababli, immun a’zolarning yuqori harorat sharoitiga nisbatan kompensator-adaptiv reaksiyalarini namoyon etishi asosida, Buxoro mintaqasiga xos keskin kontinental iqlim sharoitida immun a’zolarning funksional faolligi moslashuv strategiyalariga ega ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali (buyruq 04.04.2025 y. № 20), Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosida (buyruq 12.04.2025 y. №14) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: immun a’zolardagi tizimli o‘zgarishlar orqali organizmning kasalliklarga qarshi turish qobiliyatining pasayishi aniqlanishi, aholining iqlimiy stress sharoitida salomatligini himoya qilishga qaratilgan profilaktik choralarni belgilashda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: immunitet salohiyatini erta baholash asosida kasalliklarning oldini olish, davolashga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi va sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan oqilona foydalanishga imkon yaratgan. Bu esa umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirgan. Xulosa: ushbu tadqiqot quruq va issiq iqlim sharoitida immunitet salohiyatini baholash va iqlimiy stress sharoitida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim amaliy asos bo‘lib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1300000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor timus va taloqning morfofunksional o‘zgarishlariga doir yangi ma’lumotlar keltirilganligi tufayli immun a’zolar sohalaridagi hujayra tarkibi, morfometrik ko‘rsatkichlar, immunogistokimyoviy (markerlar asosida) hamda radioavtografik o‘zgarishlar asosida ushbu a’zolarning immunogenezdagi o‘rni va funksional ahamiyati isbotlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar asosida haroratli stressga nisbatan immun javobning shakllanishi va rivojlanishi haqida yangi ilmiy asoslar ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali (buyruq 04.04.2025 y. № 20), Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosida (buyruq 12.04.2025 y. №14) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: timus va taloqning gistofiziologik o‘zgarishlariga oid yangi ma’lumotlar asosida haroratli stress holatida immun tizimining holatini erta baholash imkoni yaratilgan. Bu esa aholining immunitetga bog‘liq kasalliklarini oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarni kamaytirish orqali davolash xarajatlarini optimallashtirishga erishilgan. Bu tibbiy resurslardan samarali foydalanishga va sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilgan. Xulosa: tadqiqot natijasida ilk bor timus va taloqda harorat ta’sirida yuzaga keluvchi gistofiziologik o‘zgarishlar aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar immunogenez jarayonini chuqur tushunish va ekologik omillarning salbiy ta’sirini baholashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Oq kalamushlar timus va talog‘ining immunomorfologik tahlili natijalari patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1100000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Timus va taloqning funksional morfologiyasini baholash usullari va quruq issiqlik ta’sirida timus va taloqning morfologik o‘zgarishlari aniqlash usullari amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha O‘zRes SSV huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrgi qarori asosida 30/42-sonli yagona xulosa olingan.