Gaffarova Feruza Hojiqurbonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 aniqlangan homiladorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-laboratoriyaviy tavsifi”, 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib 5057.
Ilmiy rahbar: Mirzoeva Mexriniso Rizoevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Ra’no Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori; Yarmuhammedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro kozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 aniqlangan xomiladorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik xususiyatlari va endotelial disfunksiya biomarkerlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gomotsistein, endotelin kabi endoteliy disfunksiyasi va giperkoagulyasiyani ko‘rsatuvchi biomarkerlarning ko‘rsatkichlari va COVID-19 infeksiyasi kechishining og‘irlik darajasi o‘rtasida yuqori, to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik asoslangan;
ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda endotelin ko‘rsatkichlarini 10 pg/ml dan, gomotsistein ko‘rsatkichlarini esa 20,0 mkmol`/l dan ortishi homiladorlikni asoratli kechishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor homiladorlikning III trimestrida bo‘lgan ayollarda ikkilamchi bakterial infeksiyani qo‘shilishi hamda o‘tkir tonzillitning zo‘riqish xavfi ehtimoli boshqa trimestrlarga nisbatan 2,5 barobar ishonarli yuqori bo‘lishi asoslangan;
ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda arginin va polivitaminlar kompleksining endoteliy funksiyasini yaxshilash va gomotsistein darajasini kamaytirishda samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 11 dagi 29 -sonli majlis bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gomotsistein, endotelin kabi endoteliy disfunksiyasi va giperkoagulyasiyani ko‘rsatuvchi biomarkerlarning ko‘rsatkichlari va COVID-19 infeksiyasi kechishining og‘irlik darajasi o‘rtasida yuqori, to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik asoslanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/122 qayd raqami bilan tasdiqlangan «COVID-19 aniqlangan homiladorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-laboratoriyaviy tavsifi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Davlat Muassasi (RIO va BSIATM DM) Buxoro viloyat filialining 2025 yil 17-martdagi 04/2522-son va Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 11-apreldagi 04/4422-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 29/21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolash natijasida gomotsistein va endotelin ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishildi, bu esa asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gomotsistein, endotelin kabi endoteliy disfunksiyasi va giperkoagulyasiyani ko‘rsatuvchi biomarkerlarning ko‘rsatkichlari kasallikni erta to‘g‘ri aniqlash, yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlarni davolanishi uchun yotoq o‘rni va davolanishi uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa. Gomotsistein va endotelin ko‘rsatkichlarining oshishi kasallik og‘irligi bilan yuqori darajada to‘g‘ri korrelyasiyada bo‘lib, ularni erta aniqlash homiladorlarda asoratlar xavfini prognoz qilish, davolash taktikasini individuallashtirish va tibbiy hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda endotelin ko‘rsatkichlarini 10 pg/ml dan, gomotsistein ko‘rsatkichlarini esa 20,0 mkmol`/l dan ortishi homiladorlikni asoratli kechishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/122 qayd raqami bilan tasdiqlangan «COVID-19 aniqlangan homiladorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-laboratoriyaviy tavsifi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIO va BSIATM DM Buxoro viloyat filialining 2025 yil 17-martdagi 04/2522-son va Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 11-apreldagi 04/4422-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 29/21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda endotelin ko‘rsatkichlarini 10 pg/ml dan, gomotsistein ko‘rsatkichlarini esa 20,0 mkmol`/l dan ortishi homiladorlikni asoratli kechishiga olib kelishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda endotelin va gomotsistein ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash orqali bemorlarda kasallikning asoratlarini davolash uchun sarflanadigan xarajatlarini iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa. COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda endotelin (>10 pg/ml) va gomotsistein (>20,0 mkmol`/l) ko‘rsatkichlarining oshishi endoteliy disfunksiyasi va giperkoagulyasiya rivojlanishini aks ettirib, homiladorlikning asoratli kechishini prognoz qiluvchi ishonchli laborator mezonlar ekanligi aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlikning III trimestrida bo‘lgan ayollarda ikkilamchi bakterial infeksiyani qo‘shilishi hamda o‘tkir tonzillitning zo‘riqish xavfi ehtimoli boshqa trimestrlarga nisbatan 2,5 barobar ishonarli yuqori bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/122 qayd raqami bilan tasdiqlangan «COVID-19 aniqlangan homiladorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-laboratoriyaviy tavsifi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIO va BSIATM DM Buxoro viloyat filialining 2025 yil 17-martdagi 04/2522-son va Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 11-apreldagi 04/4422-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 29/21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlikning III trimestrida bo‘lgan ayollarda ikkilamchi bakterial infeksiyani qo‘shilishini bartaraf etilishi homiladorlikni asoratli kechishiga olib kelishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda bakterial infeksiyadarni o‘z vaqtida aniqlash orqali bemorlarda kasallikning asoratlarini davolash uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, homiladorlikning III trimestrida bo‘lgan ayollarda COVID-19 fonida ikkilamchi bakterial infeksiya qo‘shilishi hamda o‘tkir tonzillitning zo‘riqish xavfi boshqa trimestrlarga nisbatan ishonarli ravishda 2,5 barobar yuqori ekanligi ilmiy asoslandi. Ushbu holat III trimestrdagi homiladorlarni yuqori xavf guruhiga kiritish, ularda bakterial asoratlarni erta aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatib, asoratlar sonini kamaytirish hamda tibbiy va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda arginin va polivitaminlar kompleksining endoteliy funksiyasini yaxshilash va gomotsistein darajasini kamaytirishda samaradorligi asoslanganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/122 qayd raqami bilan tasdiqlangan «COVID-19 aniqlangan homiladorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-laboratoriyaviy tavsifi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIO va BSIATM DM Buxoro viloyat filialining 2025 yil 17-martdagi 04/2522-son va Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 11-apreldagi 04/4422-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 29/21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallikni asoratlarini oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bemor uchun 2 400 000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa. COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda arginin va polivitaminlar kompleksi qo‘llanilishi endoteliy funksiyasini ishonarli ravishda yaxshilashi hamda gomotsistein darajasini pasaytirishda samarali ekanligini ilmiy asosladi.