Ganjiev Farrux Xayrilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigarning travmatik jarohatlanishlarida mahalliy gemostatik vositalarning samaradorligini qiyosiy baholash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/Tib4131.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instiuti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: travmatik jigar jarohatlarining jarrohlik davolash natijalarini ularning gemostatik samaradorligini, operatsion xususiyatlarini va morfologik biomutanosiblikni qiyosiy baholash asosida mahalliy gemostatik vositalarni asosli tanlash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik-tajribaviy tadqiqot doirasida, to‘rtta mahalliy gemostatik vositalarning (Surgicel®, TachoSil®, Biatravm®, BloodSTOP IX) gemostatik samaradorligi jigarning to‘mtoq va kesilgan jarohatlarini modellashtirishda gemostaz vaqtini, qon yo‘qotish hajmini va dinamikada takroriy applikatsiya zarurati asoslangan;
ilk bor jigarning parenximatoz shikastlanishlarining turli turlarida gemostatik preparatlarning xulq-atvor xususiyatlari, shu jumladan adgeziya parametrlari, nafas harakatlariga chidamliligi, kompressiya zarurati va jarohatga kirish sharoitining cheklangan holatlarida texnik jihatlarining o‘ziga xos tomonlari aniqlangan;
ilk bor yallig‘lanishning ifodalanganligi, fibroz transformatsiya darajasi, biliar to‘yintirish va turli xil jarohatlanish modellarida reparatsiyaning yakunlanganligidagi farqlarni aniqlash bilan, 3, 7 va 14-sutkalarda preparatlarni applikatsiyalash sohasidagi to‘qima reaksiyasini tavsiflovchi yangi morfologik ma’lumotlar aniqlangan;
ilk bor shikastlanish turini, safro oqishiing mavjudligini, qon ketish davomiyligini va preparatning morfologik qabul qilinishini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan jigarning shikastlanishlarida mahalliy gemostatik vositani tanlash algoritmi qo‘llanishi natijasida asoratlarning kamayishi hamda davolash samaradorligini keskin oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 4 noyabrdagi 28/25 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik-tajribaviy tadqiqot doirasida, to‘rtta mahalliy gemostatik vositalarning (Surgicel, TachoSil, Biatravm, BloodSTOP IX) gemostatik samaradorligi jigarning to‘mtoq va kesilgan jarohatlarini modellashtirishda gemostaz vaqtini, qon yo‘qotish hajmini va dinamikada takroriy applikatsiya zarurati asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot davomida jigar jarohatlarining turiga qarab, eng samarali va tez ta’sir etuvchi mahalliy gemostatik vosita aniqlandi. Olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (879-2-42-TB/2025-sonli buyruq, 10-iyun 2025-yil), RShTYoIM Navoiy fililali (№91/1 sonli buyruq, 13-iyun 2025-yil,) va RShTYoIM Sirdaryo filialida (№102 sonli buyruq, 18-iyun 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilik bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu yangilik orqali yotoq-kunlarni kamaytirish orqali 1 nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 756500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: mahalliy gemostatik vositalarning jigar jarohatlarini modellashtirishda gemostatik samaradorligini klinik-tajribaviy taqqoslash orqali, shoshilinch jarrohlik amaliyotida eng samarali va xavfsiz gemostatik vositani tanlash zaruratini asoslab bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor jigarning parenximatoz shikastlanishlarining turli turlarida gemostatik preparatlarning xulq-atvor xususiyatlari, shu jumladan adgeziya parametrlari, nafas harakatlariga chidamliligi, kompressiya zarurati va jarohatga kirish sharoitining cheklangan holatlarida texnik jihatlarining o‘ziga xos tomonlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigarning parenximatoz shikastlanishlarida gemostatik vositalarning adgeziya, nafas harakatiga chidamliligi va kirish sharoiti cheklangan holatlardagi texnik xususiyatlarini batafsil tavsiflash orqali ularning amaliy qo‘llanilishiga aniqlik kiritildi. Olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (879-2-42-TB/2025-sonli buyruq, 10-iyun 2025-yil), RShTYoIM Navoiy fililalida (№91/1 sonli buyruq, 13-iyun 2025-yil,) va RShTYoIM Sirdaryo filialida (№102 sonli buyruq, 18-iyun 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yangi tavsiflar hayotiy muhim a’zodagi qon ketishni to‘xtatish vaqtini qisqartirish hisobiga shoshilinch jarrohlikdagi o‘lim ko‘rsatkichini pasaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga asoslangan holda eng samarali preparatni tanlash qon va qon o‘rnini bosuvchi vositalarni quyish byudjet xarajatlarini 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 485000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: jigar shikastlanishlarida mahalliy gemostatik preparatlarning klinik-tajribaviy xususiyatlarini o‘rganish orqali, jarrohlik amaliyotida ularni qo‘llash samaradorligini oshirish zaruratini asoslab berish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yallig‘lanishning ifodalanganligi, fibroz transformatsiya darajasi, biliar to‘yintirish va turli xil jarohatlanish modellarida reparatsiyaning yakunlanganligidagi farqlarni aniqlash bilan, 3, 7 va 14-sutkalarda preparatlarni applikatsiyalash sohasidagi to‘qima reaksiyasini tavsiflovchi yangi morfologik ma’lumotlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 3, 7 va 14-sutkalarda preparatlar applikatsiyasi sohasidagi to‘qima reaksiyasini yallig‘lanish, fibroz, biliar to‘yintirish va reparatsiya farqlarini aniqlagan holda tavsiflovchi yangi morfologik ma’lumotlar olingan. Olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (879-2-42-TB/2025-sonli buyruq, 10-iyun 2025-yil), RShTYoIM Navoiy fililali (№91/1 sonli buyruq, 13-iyun 2025-yil,) va RShTYoIM Sirdaryo filialida (№102 sonli buyruq, 18-iyun 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yangi morfologik ma’lumotlar operatsiyadan keyingi reparativ jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan, yiringli-septik asoratlar xavfini kamaytiradigan preparatni tanlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘qima reaksiyasi optimal bo‘lgan preparatni tanlash yiringli-septik asoratlarni davolash xarajatlarini 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 875000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jigar shikastlanishlarida gemostatik preparatlarning jigar to‘qimasiga morfologik ta’sirini o‘rganish orqali, reparativ jarayonlarni tezlashtiruvchi va asoratsiz davolashni ta’minlovchi preparatni tanlash imkoniyati yaratilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor shikastlanish turini, safro oqishiing mavjudligini, qon ketish davomiyligini va preparatning morfologik qabul qilinishini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan jigarning shikastlanishlarida mahalliy gemostatik vositani tanlash algoritmi qo‘llanishi natijasida asoratlarning kamayishi hamda davolash samaradorligini keskin oshishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: shikastlanish turi, safro oqishi, qon ketish davomiyligi va preparatning morfologik qabul qilinishini hisobga oluvchi jigar shikastlanishlarida mahalliy gemostatik vositani tanlashning aniq algoritmi ishlab chiqildi. Olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (879-2-42-TB/2025-sonli buyruq, 10-iyun 2025-yil), RShTYoIM Navoiy fililali (№91/1 sonli buyruq, 13-iyun 2025-yil,) va RShTYoIM Sirdaryo filialida (№102 sonli buyruq, 18-iyun 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash asoratlarning kamayishi va davolash samaradorligining keskin oshishiga olib kelishi isbotlangan, bu bemorlarning hayot uchun xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm asosidagi optimal davolash taktikasini amaliyotda qo‘llash orqali 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan 875000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 150000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: jigarning shikastlanishlarida mahalliy gemostatik vositani tanlash algoritmi qo‘llanishi natijasida asoratlarning kamayishi hamda davolash samaradorligini keskin oshishi isbotlangan.