Abduraxmanov Jasur Nematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning vegetativ buzilishlar fonida kechish xususiyatlari", 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2099.
Ilmiy raxbar: Bobomuratov Turikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12. Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Rustam Xaitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vegetativ disfunksiyasi mavjud erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish xususiyatlarini o‘rganish hamda kompleks davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vegetativ disfunksiyasi bor erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari (og‘ir kechishi 55%) va kardiointervalografiya ko‘rsatkichlarini taxlil qilish orqali vegetativ nerv sistemasining funksional holati aniqlangan;
vegetativ disfunksiya fonida o‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda makroelementlarning (Sa²⁺,R,Mg²⁺) o‘ziga xos siljishi va pnevmoniya asoratlarining rivojlanishida D vitaminining roli isbotlangan;
erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyada vegetativ nerv sistemasi holati bilan klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyani davolashda vegetativ distoniya sindromini ko‘rsatuvchi va kasallikning klinik ko‘rinishi hamda kechish og‘irligini inobatga olgan holda an’anaviy kompleks davo muolajasiga qo‘shimcha Magne V6, levokarnitin, Vitamin D preparatlarini qo‘llash orqali davolash usuli takomillashtirilgan va uning yuqori samaradorligi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda vegetativ disfunksiyalar mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabr` 26/20-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: vegetativ disfunksiyasi bor erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari (og‘ir kechishi 55%) va kardiointervalografiya ko‘rsatkichlarini taxlil qilish orqali vegetativ nerv sistemasining funksional holati aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda vegetativ buzilishlar mexanizmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 27-fevral`dagi 32-sonli buyrug‘i va Samarqand shaxar 1-son Bolalar shifoxonasining 2025-yil 21-aprel`dagi 102-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 07 oktyabr`dagi 26/20-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: Vegetativ disfunksiyaga ega bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning o‘ziga xos klinik belgilari aniqlanishi orqali kasallikni erta tashxislash va to‘g‘ri davolash imkoniyatlari kengayadi. Iqtisodiy samaradorligi: Pnevmoniyaning og‘ir shakllari va asoratlarini oldini olish hisobidan statsionar davolanish muddati qisqaradi, bu esa tibbiy xarajatlarni tejashga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: vegetativ disfunksiya fonida o‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda makroelementlarning (Sa²⁺,R, Mg²⁺) o‘ziga xos siljishi va pnevmoniya asoratlarining rivojlanishida D vitaminining roli isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda vegetativ buzilishlar mexanizmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan.Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 27-fevral`dagi 32-sonli buyrug‘i va Samarqand shaxar 1-son Bolalar shifoxonasining 2025-yil 21-aprel`dagi 102-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 07 oktyabr`dagi 26/20-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda vegetativ disfunksiyalar fonida makroelementlar — kal`siy (Ca²⁺), fosfor (P) va magniy (Mg²⁺) miqdorining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Xususan pnevmoniya kechishi og‘irlashishiga olib keluvchi elektrolit disbalansini erta aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: VNT funksional holatini baholash orqali asoratlarni oldindan aniqlash, statsionar davolash muddatini qisqartiradi va ambulator kuzatuvni maqsadli tashkil etish orqali takroriy gospitalizatsiya holatlari pasayadi.
uchinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyada vegetativ nerv sistemasi holati bilan klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda vegetativ buzilishlar mexanizmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 27-fevral`dagi 32-sonli buyrug‘i va Samarqand shaxar 1-son Bolalar shifoxonasining 2025-yil 21-aprel`dagi 102-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 07 oktyabr`dagi 26/20-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda kasallikning klinik kechishi, vegetativ disfunksiya darajasi va qon biokimyoviy ko‘rsatkichlari (makroelementlar va vitamin D miqdori) ning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, erta yoshdagi bemorlarda asoratlarni barvaqt prognoz qilish va maqsadli reabilitatsiya choralarini belgilash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: Makroelementlar disbalansini erta aniqlash va korreksiya qilish statsionar davolash muddatini qisqartiradi, parenteral terapiya yoki reanimatsiya ehtiyojini kamaytiradi hamda asoratlar soni kamayishi takroriy gospitalizatsiya holatlarini pasaytiradi va ambulator kuzatuv xarajatlarini tejaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda o‘tkir pnevmoniyani davolashda vegetativ distoniya sindromini ko‘rsatuvchi va kasallikning klinik ko‘rinishi hamda kechish og‘irligini inobatga olgan holda an’anaviy kompleks davo muolajasiga qo‘shimcha Magne V6, levokarnitin, Vitamin D preparatlarini qo‘llash orqali davolash usuli takomillashtirilgan va uning yuqori samaradorligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir pnevmoniya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda vegetativ buzilishlar mexanizmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 27-fevral`dagi 32-sonli buyrug‘i va Samarqand shaxar 1-son Bolalar shifoxonasining 2025-yil 21-aprel`dagi 102-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 07 oktyabr`dagi 26/20-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: D vitamini etishmovchiligini bartaraf etish bo‘yicha profilaktika va individual korreksiya dasturlarini ishlab chiqishga zamin yaratadi hamda bolalarda kasallikning uzoq davom etishi va asoratlar soni kamayib, sog‘ayish tezlashadi, hayot sifati oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: D vitamini etishmovchiligini erta aniqlab, maqsadli profilaktika va davo choralarini ko‘rish statsionar davolash muddatini qisqartiradi, intensiv terapiyaga ehtiyojni kamaytiradi va davlat sog‘liqni saqlash tizimida bir bemorga to‘g‘ri keladigan umumiy tibbiy sarf-xarajatlarni sezilarli kamaytiradi.