Abdukarimov Jurabek Shamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatitning davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3623.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Buriev Il`ya Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini ushbu patologiyani davolashda taktik-texnik yondashuvlarni takomillashtirish orqali yaxshilashga erishishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘tkir pankreatitni davolashda an’anaviy yondashuvning klinik samaradorligi baholanib, qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablari – biliar tizimni o‘z vaqtida drenaj qilmaslik, agressiv jarrohlik aralashuvlari, pankreonekroz o‘choqlarini sanatsiya qilishda tizimli yondashuvning yo‘qligi va kasallikning fazalari inobatga olinmasligi ilmiy jihatdan aniqlangan;
o‘tkir pankreatitning morfologik shakllari va kasallik kechish bosqichlarida steril pankreonekrozni infil`trativ va sekvestrlangan shakllarga ajratish 38% holatda ortiqcha jarrohlik aralashuvlarini oldini olish va shaxsiy yondashuvni ta’minlash asoslangan; 
teri jigar orqali xolesistostomiya usulining biliar hamda pankreatik gipertenziyani korreksiya qilishdagi terijigar orqali xolesistostomiya usuli pankreonekrozning avj olish xavfini 40–45% ga pasaytirish, infeksion asoratlar tez-tez uchrash holatini 28% ga kamayishi aniqlangan;
ilk bor NO-terapiyaning mahalliy ravishda pankreonekrozni davolashda charvi xaltasini sanatsiya qilish uchun qo‘llanilishi, uning antibakterial va reparativ xususiyatlari tufayli pankreonekrozni mahalliy davolashda mikrobli kontaminatsiya darajasini ertaroq pasaytirishga va sekvestratsiya fazasining davomiyligini qisqartirishi ilmiy jihatdan isbotlangan (Ixtiro uchun patent IAP 8017).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir pankreatitning davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.05.2025 y. 18/38-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir pankreatitni davolashda an’anaviy yondashuvning klinik samaradorligi baholanib, qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablari – biliar tizimni o‘z vaqtida drenaj qilmaslik, agressiv jarrohlik aralashuvlari, pankreonekroz o‘choqlarini sanatsiya qilishda tizimli yondashuvning yo‘qligi va kasallikning fazalari inobatga olinmasligi ilmiy jihatdan aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.03.2025 y. 67-I-son buyrug‘i) va Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi (19.03.2025 y. 741-12-180-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kasallikning fazalari va morfologik shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash optimal davolash taktikasini belgilash imkonini berdi va bu klinik natijalarning yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning kasallikning fazalari va morfologik shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash optimal davolash taktikasi orqali bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 10-15 kun uchun 3476500 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1056800 so‘m sarflanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkich 5456200 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: o‘tkir pankreatitni an’anaviy davolash usulining klinik samaradorligi etarli emasligi aniqlandi, bu esa yuqori asoratlar tez-tez uchrash holati (50,6%) va nazorat guruhida o‘lim darajasi (23,5%) bilan tasdiqlandi. Qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablari – biliar tizimni o‘z vaqtida drenaj qilmaslik, agressiv jarrohlik aralashuvlari, pankreonekroz o‘choqlarini sanatsiya qilishda tizimli yondashuvning yo‘qligi va kasallikning fazalari inobatga olinmasligidir.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir pankreatitning morfologik shakllari va kasallik kechish bosqichlarida steril pankreonekrozni infil`trativ va sekvestrlangan shakllarga ajratish 38% holatda ortiqcha jarrohlik aralashuvlarini oldini olish va shaxsiy yondashuvni ta’minlash asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.03.2025 y. 67-I-son buyrug‘i) va Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi (19.03.2025 y. 741-12-180-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: biliar va pankreatik gipertenziyani korreksiya terijigar orqali xolesistostomiya usuli o‘tkir pankreatitda qo‘llanilayotgan konservativ terapiya imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: biliar va pankreatik gipertenziyani korreksiya terijigar orqali xolesistostomiya usuli bilan miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1546500 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: o‘tkir pankreatitning morfologik shakllari va kasallik fazalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi, bu esa davolash taktikasi optimallashtirish imkonini berdi. Steril pankreonekrozni infil`trativ va sekvestrlangan shakllarga ajratish 38% holatda ortiqcha jarrohlik aralashuvlarini oldini olish va shaxsiy yondashuvni ta’minlash imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: teri jigar orqali xolesistostomiya usulining biliar hamda pankreatik gipertenziyani korreksiya qilishdagi terijigar orqali xolesistostomiya usuli pankreonekrozning avj olish xavfini 40–45% ga pasaytirish, infeksion asoratlar tez-tez uchrash holatini 28% ga kamayishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.03.2025 y. 67-I-son buyrug‘i) va Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi (19.03.2025 y. 741-12-180-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: NO-terapiyaning mahalliy ravishda pankreonekrozni davolashda qo‘llanilishi, uning antibakterial va reparativ xususiyatlari tufayli pankreonekrozni mahalliy davolashda mikrobli kontaminatsiya darajasini ertaroq pasaytirishga va sekvestratsiya fazasining davomiyligini qisqartirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: NO-terapiyaning mahalliy ravishda pankreonekrozni davolashda qo‘llanilishi orqali dinamik tekshirish imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 189500 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 11311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: teri orqali jigar orqali xolesistostomiya (ChChXsS) biliar va pankreatik gipertenziyani bartaraf etishda yuqori samaradorlikni namoyish etdi. Bu pankreonekrozning avj olish xavfini 40–45% ga pasaytirish va infeksion asoratlar tez-tez uchrash holatini 28% ga kamaytirish imkonini berdi. O‘t chiqarish yo‘llarini dekompressiya qilish og‘ir shakldagi pankreatitni oldini olishda asosiy omil bo‘ldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor NO-terapiyaning mahalliy ravishda pankreonekrozni davolashda charvi xaltasini sanatsiya qilish uchun qo‘llanilishi, uning antibakterial va reparativ xususiyatlari tufayli pankreonekrozni mahalliy davolashda mikrobli kontaminatsiya darajasini ertaroq pasaytirishga va sekvestratsiya fazasining davomiyligini qisqartirishi ilmiy jihatdan isbotlangan (Ixtiro uchun patent IAP 8017). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.03.2025 y. 67-I-son buyrug‘i) va Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi (19.03.2025 y. 741-12-180-TB/2025-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan differensiyalashtirilgan davolash taktikasi orqali ochiq jarrohlik amaliyotlari soni 11,4% dan 3,6% gacha, letallik darajasi esa 9,0% dan 5,0% gacha kamaytirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tavsiya qilingan kompleks davo taktikasi orqali bemorlarda statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3894350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida miniinvaziv jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: pankreonekrozni davolashda charvi xaltasini sanatsiya qilishda NO-terapiyani qo‘llash nekroz o‘choqlarini tozalash muddatini 35% ga tezlashtirish, generalizlangan infeksiya xavfini 28% ga kamaytirish va qayta jarrohlik aralashuvlariga ehtiyojni 50% ga qisqartirish imkonini berdi. Azot oksididan foydalanish bakterial yuklamani tez kamaytirish va bemorlarda klinik natijalarni yaxshilashga yordam berdi. Ishlab chiqilgan davolash algoritmi personallashtirilgan yondashuv, erta biliar dekompressiya, kam invaziv sanatsiya usullari va yumshoq jarrohlik aralashuvlariga asoslangan holda o‘zining klinik samaradorligini isbotladi. Algoritmni joriy etish o‘lim holatlarini 23,5% dan 11,1% ga pasaytirish, o‘rtacha gospitalizatsiya muddatini 32,8±6,4 kundan 21,4±4,8 kungacha qisqartirish (p<0,05) va operatsiyadan keyingi asoratlar tez-tez uchrash holatini 44,4% ga kamaytirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish