Jo‘raev Atham Qoraqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Talabalar jamoasi kross-madaniy munosabatlarini boshqarishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P496 
Ilmiy rahbar: Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.01.18.
Rasmiy opponentlar: Sh.R.Baratov psixologiya fanlari doktori, professor; Z.E.Abduraxmonova psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda kasbiy tanlovining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, talabalardagi o‘z-o‘ziga bergan bahoning kross-madaniy munosabatlar ta’sirida namoyon bo‘lishi turli millat vakillarida tavakkalchilik, g‘amxo‘rlik, moslashuvchanlik, mehnatsevarlik, vaqtni ratsional taqsimlash, mulohaza yuritishda aniqlik va isbotlarga tayanishlik, o‘zaro hurmat, izlanuvchanlik, o‘zgalarni tushunish, qadriyatlarga yo‘nalganlik kabi shaxslilik sifatlariga ustuvorlik berganligiga asoslanib, kross-madaniy tafakkur rivojlanishini ta’minlovchi omil ekanligi isbotlangan;
birinchi marta, talabalikdagi ijtimoiy va kross-madaniy munosabatlarning shaxs shakllanishiga ta’siri natijasida qadriyatlarlarning milliy-madaniy, faoliyat, hissiy-irodaviy komponentga muvofiq o‘zgarishiga ko‘ra, milliy qadriyatlarni fenomenal belgilar asosida baholash muhimligi dalillangan;
talabalarning kross-madaniy munosabatlari tarkibiy qismlarini aniqlashda o‘zbek, turkman, qozoq va afg‘on millati vakillarining real va ideal “milliy Men”i va kross-madaniy tasavvurlari orasidagi ichki ziddiyatlarni ijtimoiy rollarning internatsionalizassiyalashuvi orqali uyg‘unlashtirishga muvofiq, millatlararo munosabatlarga ijtimoiy rollar asosida munosabat bildirish zarur ekanligi isbotlangan;
ilk bor, turli xil ta’lim modellariga ega universitetlarda tahsil olayotgan talabalardagi kross-madaniy munosabatlarga moslashuv jarayoniga etnik stereotiplarning ta’siri emas, balki milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi kross-madaniy tafakkurning in’ikosi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 28-iyundagi PM-356-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Jo‘raev Atham Qoraqulovichning “Talabalar jamoasi kross-madaniy munosabatlarini boshqarishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalarini joriy etilishi; 
 talabalardagi o‘z-o‘ziga bergan bahoning kross-madaniy munosabatlar ta’sirida namoyon bo‘lishi turli millat vakillarida tavakkalchilik, g‘amxo‘rlik, moslashuvchanlik, mehnatsevarlik, vaqtni ratsional taqsimlash, mulohaza yuritishda aniqlik va isbotlarga tayanishlik, o‘zaro hurmat, izlanuvchanlik, o‘zgalarni tushunish, qadriyatlarga yo‘nalganlik kabi shaxslilik sifatlariga ustuvorlik berganligiga asoslanib, kross-madaniy tafakkur rivojlanishini ta’minlovchi omil ekanligini isbotlashga oid ma’lumotlar “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritildi;
talabalikdagi ijtimoiy va kross-madaniy munosabatlarning shaxs shakllanishiga ta’siri natijasida qadriyatlarlarning milliy-madaniy, faoliyat, hissiy-irodaviy komponentga muvofiq o‘zgarishiga ko‘ra milliy qadriyatlarni fenomenal belgilar asosida baholash muhimligi dalillangan ma’lumotlarga oid tavsiyalar “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritildi;
 talabalarning kross-madaniy munosabatlarining tarkibiy qismlarini aniqlashda o‘zbek, turkman, qozoq va afg‘on millati vakillarining real va ideal “milliy Men”i va kross-madaniy tasavvurlari orasidagi ichki ziddiyatlarni ijtimoiy rollarning internatsionalizatsiyalashuvi orqali uyg‘unlashtirishga muvofiq, millatlararo munosabatlarga ijtimoiy rollar asosida munosabat bildirish zarur ekanligiga oid takliflar “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritildi;
turli xil ta’lim modellariga ega universitetlarda tahsil olayotgan talabalardagi kross-madaniy munosabatlarga moslashuv jarayoniga etnik stereotiplarning ta’siri emas, balki milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi kross-madaniy tafakkurning in’ikosi ekanligi isbotlanganligiga oid tavsiyalar “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish