Ismoilov Axror Maxamadibragimovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholini zilzilaga tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish”, 05.10.03 – “Seysmik xavfsizlik” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5516.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xuzuridagi DSc.05/2025.27.12.T.12.01. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Diyorbek Abdugapporovich, texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy hodim.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Saidislomxon Mannonovich, texnika fanlari doktori, dosent; Xikmatov Bekzod Fazliddinovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aholini zilzilaga tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholini, ularning yoshi va ijtimoiy qatlamidan kelib chiqqan holda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishni o‘rgatishga mo‘ljallangan yo‘riqnoma va uslubiy tavsiyanoma ilk bor ishlab chiqilgan;
aholini zilzilaga tayyorgarligini baholash va seysmik xavfsizligini oshirish uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha innovatsion yondashuv hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin amaliy harakatlanishga o‘rgatish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilib, tayyorgarlikdan o‘tgan fuqarolarni yagona hisobga olish tizimi ishlab chiqilgan;
aholining barcha qatlamini guruhlarga ajratilgan holda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatuvchi raqamli formatdagi modullar ilk bor ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholini zilzilaga tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish uchun aholining barcha qatlamlarini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatuvchi raqamli formatdagi modullar asosida ishlab chiqilgan milliy elektron platformadan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aholining barcha qatlamlarini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platforma Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi FVV 2025-yil 19 avgustdagi № 3/4/23-2348 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida 01.05.2025 holatiga ko‘ra 194 582 nafar tinglovchi onlayn tayyorgarlikdan o‘tgan. Ushbu tinglovchidan 161 400 nafari aholini zilzilaga tayyorlash milliy elektron platforma kursini to‘liq tugatib sertifikat olishga erishgan.