Qoraboev Xusnidin Abdishukurovichning 
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geografik axborot tizimlari asosida atom elektr stansiyalari qurilishining geodezik-kartografik ta’minotini takomillashtirish”, 11.00.07–“Geoinformatika” (texnika fanlari) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T2963.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi PhD.03/2025.27.12.T.02.07 raqamli Ilmiy Kengash.  
Ilmiy rahbar: Abduazizov Abduvali XXX, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Mirmahmudov Erkin Rayimjanovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yakubov G‘ayrat Zaidovich, falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Geologiya fanlari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatidagi AES rejalashtirilgan hududning kartalarni yangilash, geodinamik poligonlar barpo etish hamda hududning 3D modellarini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atom elektr stansiyalarining qurilishi rejalashtirilgan hududda mavjud davlat geodezik tayanch tarmoqlari asosida geodinamik poligon reperlarni barpo etish va topografik syomkalarni bajarishdagi ishlarining metodikasi ishlab chiqilgan;
atom elektr stansiyalarining qurilishi rejalashtirilgan hududlarda geodezik tayanch punkutlarini barpo etish hamda geodinamik poligonni birinchi sinf nivelirlashda kust reperlarini bir joyda turib o‘lchash orqali reperlarini monitoring qilish usuli takomillashtirilgan;
GNSS asboblari yordamida o‘lchash aniqligini oshirish orqali masofadan zondlash ma’lumotlarini olish va opoznaklarni o‘rnatish hamda geodezik tayanch tarmoqlariga transformatsiya qilish takomillashtirilgan; 
atom elektr stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan hududlarning uchuvchisiz harakatlanadigan apparatlari orqali olingan ma’lumotlar yordamida topografik karta va planlarni yangilashning umumiy metodikasi ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyati AES hududi topografik haritalari asosida hududning raqamli haritasini yaratishda GAT dan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
GAT yordamida 3 o‘lchamli modelini yaratishning takomillashgan metodikasi “O‘zGAShKLITI” MChJ tashkilotining Jizzax viloyati AES hududa joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21-iyundagi 06/6302 - son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizning boshqa viloyatlari hududlarining 3 o‘lchamli relef modellarini yaratish imkoniyatlari 10% ga oshirish imkonini bergan;
atom elektr stansiyalarining qurilishi rejalashtirilgan hududlarda mavjud davlat geodezik tayanch tarmoqlari asosida geodinamik poligon reperlarini barpo etish va loyihalash metodikasi va birinchi sinf nivelirlashda geodinamik poligon reperlarini monitoring qilishning takomillashtirilgan usuli “O‘zGAShKLITI” MChJ tashkilotining Jizzax viloyati AES hududa joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21-iyundagi 06/6302 - son ma’lumotnomasi). Natijada relefi modelini yaratish, inshootlarini loyihalash va qurilishni ilmiy asoslash, hamda I klass nivelirlash ishlarida 1 km masofa uchun o‘rtacha kvadrat xatosi  0,8 mm, o‘rtacha balandlikning tizimli o‘rtacha kvadrat xatosi s - 0,08 mm aniqlikni ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish