Raxmanova Zarina Abdukarimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yumshoq dori shakllarda benzketozonni standartlash va sifatini nazorat qilish», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Far124.
Ilmiy rahbar: Tillaeva Umida Maxmudjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent farmatsevtika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01. 
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor..
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: fenilglioksin kislotasi hosilasi (benzketozon) asosidagi yumshoq dori shakllaridagi original mono va kombinirlangan preparatlarni standartlashtirishning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor α-ketokislota hosilasi (benzketozon)ni saqlagan dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarining chinligi hamda miqdoriy tahlillari uchun fotoelektrokolorimetriya, spektrofotometriya, yupqa qatlam xromatografiyasi va yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usullari asosida uslublar ishlab chiqilgan;
3% li «Benzketozon» geli, «Ibutozon» kombinirlangan geli, «Benzpaya-N» kombinirlangan geli uchun O‘zR Davlat Farmakopeyasi talablariga muvofiq ravishda sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining me’yorlari aniqlangan;
benzketozon saqlagan yallig‘lanishga qarshi dori vositalarning miqdoriy tahlili uchun qo‘llanilgan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi uslublarining yaroqliligi o‘ziga xoslik, chiziqliligi, to‘g‘rililigi va presizionlik kabi validatsion ko‘rsatkichlar bo‘yicha isbotlangan;
«Benzpaya-S» gelsimon pastasining biofaol moddalaridan flavonoidlar, aminokislotalar va vitamin K1 miqdorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yumshok dori shakllarda benzketozonni standartlash va sifatini nazorat  qilish bo‘yicha  olingan natijalar asosida:
«Benzketozon» 3% geli uchun  korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (FSP 42 Uz-25290387-2022) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 04376-12-22). Natijada benzketozon saqlagan monofaol gelning yuqori sifatini ta’minlash imkonini bergan;
«Benzpaya-S» gelsimon pastasi ko‘rinishidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 309975 419-21:2025) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada «Pharm ZZZ» MChJda biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan  klinik oldi sinovlar natijasida «Ibutozon» kombinatsiyalangan gelning spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli yallig‘lanishga qarshi faollikga ega bezarar dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini bergan. 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish