Jo‘raev Abdunazar Xatamnazarovichning

falsafa doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ispan tilida talabalar kommunikativ malakalarini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ispan tili) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped133.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Ilmiy maslahatchi: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Tkacheva Anastasiya Aleksandrovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ispan tilida talabalar kommunikativ malakalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ispan va o‘zbek tili leksikasining tushunchalar munosabati asosida to‘liq o‘xshash, qisman o‘xshash va butunlay farq qilish xususiyatlari aniqlashtirilgan;

kompetensiyaviy yondashuv asosida fonetik-grafik, ma’no, grammatik shakl, to‘g‘ri ishlatish bilan bog‘liq ispan tili sinonimlarining qiyinchiliklar tipologiyasi aniqlashtirilgan;

ispan va o‘zbek tili sinonimlarini o‘qitishning didaktik ta’minoti leksik-grammatik tasniflar bo‘yicha assotsiativ aloqa orqali takomillashtirilgan;

talabalarning kommunikativ malakalarini takomillashtirish asosida didaktik, imitatsion, muloqotga asoslanuvchi, rolli va proektli o‘yinlar bo‘yicha metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ispan tilida talabalar kommunikativ malakalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ispan va o‘zbek tili leksikasining tushunchalar munosabati asosida aniqlashtirilgan to‘liq o‘xshash, qisman o‘xshash va butunlay farq qilish xususiyatlaridan ITD-1-107 raqamli «Xorijiy (fransuz, nemis, ispan) tillar bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar va mutaxassis-filologlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida uzviylik hamda uzluksizlikni ta’minlovchi, o‘zbek realiyalarini aks ettiruvchi o‘quv-uslubiy majmualar va ularning elektron versiyalarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 89-03-2444-son ma’lumotnomasi). Natija “Español-3” va “Español-4” darsliklarining yaratilishiga xizmat qilgan;

kompetensiyaviy yondashuv asosida fonetik-grafik, ma’no, grammatik shakl, to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha aniqlashtirilgan ispan tili sinonimlarining qiyinchiliklar tipologiyasidan Respublika til o‘rgatish markazida ispan tilini o‘qitish kurslarida foydalanilgan (Respublika til o‘rgatish markazining 2018 yil 27 iyundagi 154-son ma’lumotnomasi). Natijada “Talabalarning ispan tilidagi og‘zaki nutqini CEFR ga asoslanib rivojlantirish mashqlari (sinonimlar misolida)” va “Innovatsion o‘qitish metodlari CASO PRÁCTICO” o‘quv uslubiy qo‘llanmalari yaratilgan;

leksik-grammatik tasniflar bo‘yicha assotsiativ aloqa orqali takomillashtirilgan ispan va o‘zbek tili sinonimlarini o‘qitishning didaktik ta’minotidan turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazida 2017 yilning 18-28 dekabr` kunlari gid tarjimonlar malakasini oshirish kurslarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 89-03-2532-son ma’lumotnomasi). Natija turizm industriyasidagi kadrlarning ispan tili kommunikativ malakalarini takomillashtirishga, gidlarning leksik zahiralarini boyitishga xizmat qilgan;

talabalarning kommunikativ malakalarini takomillashtirish asosida didaktik, imitatsion, muloqotga asoslanuvchi, rolli va proektli o‘yinlar bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik ta’minotidan chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida ispan tili o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonida foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2018 yil 26 iyundagi 10-05/85-son ma’lumotnomasi). Natija tinglovchilarning ispan tilida og‘zaki nutqining takomillashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish