Uzakova Shirin Ibraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy o‘simlik va ikkilamchi xomashyo asosida funksional qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4141.
Ilmiy rahbar: Sanaev Ermat Shermatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ataxanov Shuxrat Nuriddinovich. texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olma, lavlagi, sabzi va qovoqning siqmalarini o‘ta yuqori chastotali va infraqizil nurlanish bilan quritib, antioksidant xususiyati saqlangan biologik faol funksional qandolatchilik mahsulotlari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olma, qizil lavlagi, sabzi va qovoq siqmalarini O‘YuCh quritish jarayonida harorat o‘zgarishining antioksidantlar miqdoriga ta’siri aniqlangan;
mikroto‘lqinli quritish asosida kompleks qayta ishlab, natijada 135-180 s davomida, 90-95 °C harorat va 2450 MGs chastotada O‘YuCh quritish parametrlari maqbulligi isbotlangan;
infraqizil quritish asosida xomashyoni kompleks qayta ishlash parametrlari: quvvat 60-55 kVt, issiqlik 65-60 °C xaroratgacha maqbullashtirilgan;
O‘YuCh-quritish qo‘llanilganda meva va sabzavot siqmalarida suvda eruvchan pektin miqdorining oshishi (olmada 24-48 %, sabzida 5-24 %, lavlagida 7-22 %, qovoqda 9-30 %) isbotlangan;
haroratbardosh nachinka uchun lavlagi va qovoq kukunida 65-66 % quruq modda miqdori eng maqbul parametr ekanligi asoslangan;
olma va sabzi kukunlari hamda makkajo‘xori patokasi asosida marmelad resepturasi ishlab chiqilib, antioksidant xususiyati saqlangan biologik faol funksional qandolatchilik mahsulotlari olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavot siqmalarini O‘YuCh va infraqizil nurlanishda quritish hamda ular asosida issiqbardosh nachinka va marmelad mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy o‘simlik va ikkilamchi xomashyo asosida funksional qo‘shimchalar olish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining 20-55/05-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy ikkilamchi xomashyo asosida issiqbardosh, tuzilmasi barqaror va funksional qiymati yuqori bo‘lgan nachinka tayyorlash imkonini beradi;
olma, lavlagi, sabzi va qovoq pulpalaridan issiqbardosh nachinka va marmelad tayyorlash, qandolat mahsulotlari olish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining 20-55/05-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘YuCh qizdirish quvvatini 180-800 Vt gacha oshirish hisobiga meva-sabzavot siqmalarini qizdirish (quritish) davomiyligini o‘rtacha 4 martagacha qisqartirish imkonini beradi.