Mansurov Azizjon Farxod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Chiziqli inshootlarning seysmik riskini geologik jarayonlarni hisobga olgan holda baholash xususiyatlari (Angren-Pop temir yo‘li va A373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi misolida)», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/GM213.
Ilmiy rahbar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti DM, DSc.31/2025.27.12.GM.05.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘lyaganov Baxodirjon Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuchli zilzilalarda sodir bo‘ladigan xavfli geologik jarayonlarni (multirisklarni) hisobga olgan holda chiziqli inshootlar joylashgan hududning seysmik riskini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuchli zilzilalar ta’sirida chiziqli inshootlarini shikastlanish darajasini ifodalovchi zaiflik funksiyasi ishlab chiqilgan va Qamchiq dovonidagi A373 avtomobil va Angren- Pop temir yo‘l inshootlarning turli ko‘rsatkichli seysmik tebranshida shikastlanish darajasining o‘zgarishi baholangan;
Qamchiq dovon hududida hosil bo‘lgan va Angren-Pop temir yo‘li va
A373 avtomobil yo‘l inshootlarining mustahkamligiga xavf solayotgan ko‘chkilarning tabiiy hamda texnogen ta’sirlarda tebranish chastota va amplituda qiymatlarining o‘zgarishi hamda ularni zaifligi barqaror bo‘lgan hududga nisbatan aniqlangan;
hududning muhandis-geologik sharoitini hisobga olgan holda, seysmik jadallik orttirma qiymatlari hisoblangan va olingan qiymatlar asosida Angren-Pop temir yo‘li va A373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi bo‘yicha seysmik jadallik xaritasi ishlab chiqilgan;
hududning seysmik xavfini, zilzila ta’sirida yuzaga kelgan XGJni, muhandis-geologik sharoitini (gruntlarning fizik-mexanik va seysmik xususiyatlarini) hamda chiziqli inshootlarning seysmik zaifligini baholash asosida chiziqli inshootlar seysmik riskini hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
Angren-Pop temir yo‘li va A373 avtomobil yo‘li Qamchiq dovoni qismi hududining xavfli geologik jarayonlarni inobatga olgan holda talafotlanish masofasi hamda iqtisodiy zarar darajasi bo‘yicha seysmik risk xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil va temir yo‘llarning seysmik riskini geologik jarayonlarni hisobga olgan holda, geofizik, instrumental-seysmometrik usullar hamda zamonaviy kompyuter dasturlari orqali baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtomobil va temir yo‘l inshootlari uchun kuchli zilzilalardan shikastlanish ehtimolini tavsiflovchi zaiflik funksiyasi modeli Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga tadbiq qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 18 avgustdagi 3/4/23-2313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu model avtomobil va temir yo‘l inshootlari joylashgan hududlarda zilzila intensivligini (tezlanish va ball ko‘rinishida) inobatga olgan holda shikastlanish darajasini baholash imkonini bergan;
hududning muhandis-geologik sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan seysmik jadallik xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga tadbiq qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 18-avgustdagi 3/4/23-2313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, seysmik jadallik xaritasi asosida hududning seysmik xavf darajasini baholash imkoniyati yaratilgan;
hududning seysmik xavfini, zilzila ta’sirida yuzaga keladigan ko‘chkilarni hamda muhandis-geologik sharoitni (gruntlarni fizik-mexanik va seysmik xususiyatlarini) baholash asosida chiziqli inshootlar seysmik riskini hisoblash metodikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga tadbiq qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 18 avgustdagi 3/4/23-2313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil va temir yo‘l kabi chiziqli inshootlar uchun risk darajasini aniqlash, potensial xavfli uchastkalarni belgilash imkoniyati yaratilgan;
Angren-Pop temir yo‘li va A373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida tarqalgan xavfli-geologik jarayonlarni inobatga olinib talafotlanish va iqtisodiy zarar darajasini tavsiflovchi seysmik risk xaritalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga tadbiq qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 18 avgustdagi 3/4/23-2313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zilzila sodir bo‘lgandan so‘ng xavfli geologik jarayonlar ta’sirida avtomobil va temir yo‘llarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talafotlanish hamda ehtimoliy iqtisodiy zarar miqdorini aniqlash imkoniyati yaratilgan.