No‘monov Muxammadrajab Adxamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bentonitni ishqoriy va organik modifikatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish hamda olingan materiallarning kolloid xossalarini o‘rganish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5826.
Ilmiy rahbarlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor; Mirsalimova Saodat Rahmatjanovna, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika fanlari doktori, professor; Xolmatov Dilshod Sattorjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: organobentonitlarning sorbsion xossalariga SFM tuzilishi ta’sirini aniqlash, bentonitni ishqoriy va organik modifikatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish hamda olingan materiallarning kolloid xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Log‘on bentonitini kationli SFMlar bilan modifikatsiyalash qatlamlararo masofaning 1,24 nm (modifikatsiyalanmagan bentonit) dan SFM uglevodorod radikali uzunligiga bog‘liq holda 2,32 nm gacha oshishiga olib keladi, natijada bentonit qatlamlari orasida barqaror uglevodorod karkaslarining hosil bo‘lishi isbotlangan;
SFM bilan to‘yinganlik darajasi 1,5 gacha oshishi bilan bentonitning nisbiy yuza kattaligi 78 dan 145 m2/g gacha oshirib, biroq montmorillonitning yanada to‘yinishi nisbiy yuzaning 96 m²/g gacha kamayishiga olib kelib, bu bentonit g‘ovaklarining bloklanishi bilan bog‘likligi aniqlangan;
model ifloslantiruvchilarning maksimal sorbsiyasini ta'minlaydigan organobentonitlar sintezi uchun optimal parametrlar (to'yinganlik darajasi 1,0–1,2 mol/mol, 60-70°S da, 16 soat) bo‘lib, bu esa bentonitning mikrog'ovaklari hajmining oshishi bilan bog'liqligi aniqlangan; 
montmorillonit ulushini 91% gacha oshirish orqali kation almashinadigan quvvatni 101,1 mg·ekv/100 g gacha oshirishga imkon beradigan 60 °C haroratda 2% Na2CO3 eritmasi bilan Logon bentonitini boyitish va ishqoriy faollashtirishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan organobentonitlar organik ifloslantiruvchilarga nisbatan 25 % yuqori adsorbsion sig‘imga ega bo‘lib, bu SFM lar kiritilishi natijasida yuzaning gidrofobligi oshishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Log‘on bentoniti va organik modifikatorlar asosida organobentonitlarni olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bentonitni boyitish va uni organik birikmalar bilan modifikatsiyalash texnologiyasi “Building Material and Trading Group” MChJ qo‘shma korxonasining “2025–2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Baxodir Log‘on tekstil” MChJ QKning 2025-yil 29-apreldagi 90-son ma’lumotnomasi). Natijada, adsorbentni 33–35 ming so‘m/kg narxda olish imkoniyati yaratiladi;
to‘qimachilik korxonalarining oqova suvlarini bo‘yoqlar va sirt faol moddalardan kompleks tozalash texnologiyasi “Baxodir Log‘on Tekstil” MChJ qo‘shma korxonasining 2025–2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Baxodir Log‘on tekstil” MChJ QKning 2025-yil 29-apreldagi 90-son ma’lumotnomasi). Natijada, adsorbentlar C14A-LB, C18A-LB va C22A-LB ni qo‘llash natijasida umumiy organik birikmalar miqdori mos ravishda 95,1; 92,3 va 92,5 % ga kamayadi, shuningdek, azot va oltingugurtni o‘z ichiga olgan bo‘yoqlar miqdori 87–91 % ga kamaytirish imkonini beradi.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish