Umarov Sherali Anvarjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fizik- va kolloid-kimyoviy xossalarini boshqarish orqali modifisirlangan gidroksibenzol-metanal qatronlarini olish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K1011.
Ilmiy rahbar: Ismailov Rovshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori molekulyar massali termoreaktiv gidroksibenzol-metanal qatronlarining hosil bo‘lish kinetikasini, fizik, kolloid-kimyoviy va texnologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroksimetil gidroksibenzolning poli[bis(2-gidroksietil)adipat]ning benzol halqasidagi funksional guruhlari bilan oʻzaro taʼsiri natijasida yangi tipdagi modifikatsiyalangan gidroksibenzol-metanal qatronlarining hosil boʻlish mexanizmi ilk bor aniqlangan hamda bu jarayon molekulyar strukturaning maqsadli oʻzgarishiga va natijada materialning fizik-mexanik xossalarining sezilarli yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;
poli[bis(2-gidroksietil)adipat] va gidroksimetil gidroksibenzolning boshlangʻich molyar nisbati oʻzgarishi orqali olingan yangi modifikatsiyalangan qatronlarning egilish mustahkamligi (0,412 MPa), zarbiy qovushqoqligi (15,724 J/m²) va issiqlikka bardoshliligi (187 °C) kabi koʻrsatkichlari boʻyicha optimal tarkib aniqlangan hamda ushbu natijalar asosida PKMGBMQ-1/100B markali yuqori samarali polimer kompozision materialini ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasi aniqlangan;
qatronlarning sintez jarayonida kolloid-kimyoviy xossalari (ayniqsa, dinamik yopishqoqligi) nazorat qilinishi orqali molekulyar struktura shakllanishiga aniq taʼsir koʻrsatish imkoniyati ilk bor koʻrsatib berilgan va bu usul yangi avlod termoreaktiv qatronlarning sifatini boshqarish hamda ularning belgilangan texnik talablarga toʻliq javob berishini taʼminlashning samarali yoʻli ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
sintez qilingan gidroksibenzol-metanal qatronlari makromolekulasini, tarkibi va tuzilishini boshqarishni molekulyar massa orqali amalga oshirish mumkinligi isbotlangan;
sintez qilingan gidroksibenzol-metanal qatronlarining reaksiya tezligi konstantasi (k=6.26∙10-4), reaksiya tartibi (n=1,95), aktivlanish energiyasi(Ea=43,5 kJ/mol), entalpiya (ΔH=39,74 kJ/mol) va entropiya (ΔS=-222,84 kJ/mol∙K) kabi termodinamik ko‘rsatkichlar, qovushqoqlik, GLB (H=3,6), ho‘llanish burchagi (109°), yuqori molekulyar massali qatron hosil bo‘lishida optimal shartlarning texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori molekulyar massali termoreaktiv gidroksibenzol-metanal qatronlardan fizik-mexanik xossalari yuqori bo‘lgan abraziv materiallar, plastmassa buyumlari, qurilish, radiotexnika va boshqa buyumlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
poli(bis(2-gidroksietil) adipat va gidroksimetil gidroksibenzol asosida MGBMQ-1/100 markali yuqori molekulyar massali termoreaktiv gidroksibenzol-metanal qatroni sintez qilish texnologiaysi “Akmal Umid Baraka” MChJning “Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ahamiyatga ega ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025 yil 5 iyuldagi 13-1929-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, olingan PKMGBMQ-1/100B markali polimer kompozisiya asosidagi mahsulotlarning ekspluatatsion ko‘rsatgichlari Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelinadigan PF2A2-141 markali anologidan fizik- mexanik xossalari ustunligi imkonini beradi;
sintez qilingan yuqori molekulyar massali termoreaktiv gidroksibenzol-metanal MGBMQ-1/100 markali qatron olish, PKMGBMQ-1/100B markali polimer kompozisiyalar hamda issiqbardosh elektr buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi “Akmal Umid Baraka” MChJning “Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ahamiyatga ega ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025 yil 5 iyuldagi 13-1929-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinuvchi “PF2A2-141” markali (Xitoy) polimer kompozisiya bilan almashtirish imkonini beradi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish