Joniqulov Laziz Shakarboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimida funksional – innovatsion tuzilmalarni rivojlantirish”, 08.00.04- “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, 08.00.13– “Menejment”  (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt890.
Ilmiy rahbar: Farmanov Tulqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.08/2025.27.12.I.15.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Beglaev Uchqun Xurramovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimi samaradorligi oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida boshqaruv samaradorligini baholashda indikatorlar va subindikatorlarni inobatga olgan holda baholash uslubi taklif etilgan va boshqaruv samaradorligini juda samarasiz [1.0 – 1.4], samarasiz [1.5 – 2.4]; qisman samarali [2.5 – 3.4],  samarali [3.4 – 4.4],  juda samarali [4.5 – 5.0] kabi shkalalar orqali baholash asoslangan;
iqlim o‘zgarishlari ta’sirini yumshatishga qaratilgan “proaktiv” va “neksus” yondashuvlar asosida faoliyat yuritadigan, qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimini implementatsiya qilishga ko‘maklash maqsadida “Agrar tarmoq boshqaruv tuzilmalari faoliyatini tahlil qilish va koordinatsiya ofisi”ni tashkil etish asoslangan;
 “Agrar tarmoq nodavlat boshqaruv tuzilmalari Milliy Federatsiya”si tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligida davlat va nodavlat boshqaruv organlari, agrar tarmoq uyushmalari faoliyati samaradorligini oshirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani barqaror rivojlantirish taklif etilgan hamda uni iqtisodiy va huquqiy qo‘llab – quvvatlash mexanizmlari asoslangan; 
boshqaruv xodimlar soni, jalb etilgan investisiyalar, raqamlashtirish darajasi kabi omillarni e’tiborga olgan holda qishloq xo‘jaligi boshqaruv xarajatlari o‘zgarishining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligi sohasining boshqaruv tizimi samaradorligi oshirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda indikatorlar va subindikatorlarga asoslangan tizimli yondashuv taklif etilgan bo‘lib u O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 6 oktyabrdagi 05/03-04-608 son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda indikatorlar va subindikatorlar orqali agrar sektoridagi islohotlar samaradorligini miqdoriy va sifatiy mezonlar orqali baholash, samarali boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish hamda tahlil jarayonida aniqlik va shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlari asoslangan;
“proaktiv” va “neksus” yondashuvlar asosida faoliyat yuritadigan qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimini implementatsiya qilishga ko‘maklash maqsadida “Agrar tarmoq boshqaruv tuzilmalari faoliyatini analitik tahlil qilish va koordinatsiya ofisi”ni tashkil etish bo‘yicha  amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 6 oktyabrdagi 05/03-04-608 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik rejalarni amalga oshirish uchun muvofiqlashtirish, har bir vazirlik va tashkilotning faoliyatini aniq belgilash va ularning natijalarga erishishga ko‘maklashish orqali sohadagi barqarorlikni va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida davlat va nodavlat boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani barqaror rivojlantirish maqsadida agrar tarmoq uyushmalari o‘rtasida  “Agrar tarmoq nodavlat boshqaruv tuzilmalari Milliy Federatsiya”si tashkil etish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 6 oktyabrdagi 05/03-04-608 son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat tashkilotlar orqali mahsulot etishtiruvchilar va boshqaruv organlari munosabatini yanada mustahkamlash, xo‘jaliklar manfaatlarini himoya qilish va ularga modifikatsiyalashga yordam berish orqali qishloq xo‘jaligi boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyati asoslangan;
qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda boshqaruv xarajatlari o‘zgarishi bo‘yicha  ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatgichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 6 oktyabrdagi 05/03-04-608 son ma’lumotnomasi).  Natijada, 2030-yilga borib, qishloq xo‘jaligi boshqaruv xarajatlari miqdorining o‘zgarishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish