Arabov Baxtiyor Isomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat siyosiy madaniyatini yuksaltirish-korrupsiyani bartaraf etishning muhim omili”, 23.00.03-Siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ss348
Ilmiy rahbar: Sirojov Oybek Ochilovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/2025.27.12Ss.01.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar:
Turg‘unova Nasiba To‘ychievna, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Azizov Husniddin Geldiyarovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
jamiyat siyosiy madaniyatini yuksaltirish orqali korrupsiyani bartaraf etishning nazariy-metodologik asoslarini, shuningdek, O‘zbekiston va mintaqada korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional jihatlarini kompleks tadqiq etish hamda istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning siyosiy madaniyat darajasi hamda korrupsiya tarqalishi o‘rtasidagi teskari proporsional  bog‘liqligi tahilili asosida demokratik jarayonlar va barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi yuksak siyosiy madaniyat korrupsiyani keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-madaniy omillar (korrupsiyaga loyal munosabat, ijtimoiy nazorat sustligi, huquqiy nigilizm)ning oldini oluvchi “korrupsiyaga murosasiz siyosiy tafakkur” shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
siyosiy ong, shaffoflik, hisobdorlik, fuqarolik pozisiyasi, jamoatchilik nazorati, ijtimoiy-siyosiy faollik kabi siyosiy madaniyat indikatorlarining jamiyat modernizatsiyalashuvi va islohotlar samaradorligiga ta’siri miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlari jamoaviy ishtirok darajasi, ijtimoiy nazorat kuchi, ma’naviy-axloqiy mezonlarning ustunligi, ommaviy ongda huquqiy qadriyatlar kuchayishi asosida tizimlashtirilgan;
siyosiy madaniyat oraqali korrupsiyaga qarshi immunitet hosil qilishda davlat organlari, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda oilaning ijtimoiy hamkorligining funksional ahamiyati, institutsional jihatlari va transformatsion xususiyatlari ochib berilgan;
siyosiy madaniyatni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya, jamoatchilik nazorati, axborot ochiqligi va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish orqali qadriyatlarni anglash, huquqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy faollikni shakllantirish bosqichlarida “korrupsiyaga nisbatan qat’iy toqatsizlik” muhitini yaratishning yaxlit konsepsiyasi zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya tadqiqoti doirasida korrupsiyani bartaraf etishda jamiyat siyosiy madaniyatini yuksaltirish eng muhim omillardan biri ekanligi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosalar hamda amaliy takliflar asosida quyidagilarga erishilgan:
siyosiy ong, shaffoflik, hisobdorlik, fuqarolik pozisiyasi, jamoatchilik nazorati, ijtimoiy-siyosiy faollik kabi siyosiy madaniyat indikatorlarining jamiyat modernizatsiyalashuvi va islohotlar samaradorligiga ta’siri miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlari jamoaviy ishtirok darajasi, ijtimoiy nazorat kuchi, ma’naviy-axloqiy mezonlarning ustunligi, ommaviy ongda huquqiy qadriyatlar kuchayishiga oid ilmiy jihatdan asoslab berilgan xulosa va amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, vazirlik xodimlarining malakasini oshirish kurslari o‘quv dasturlarini takomillashtirishda, mamlakatda korrupsion holatlarning oldini olish, davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy xavf-xatarlarni bartaraf etish, shuningdek aholining davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonlarida keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 12-sentyabrdagi 1/1366-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar mamlakatimizda korrupsion holatlarni oldini olish, davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy xavflarni bartaraf etish hamda aholining davlat siyosatiga ishonchining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
jamiyatning siyosiy madaniyat darajasi hamda korrupsiya tarqalishi o‘rtasidagi teskari proporsional  bog‘liqligi tahilili asosida demokratik jarayonlar va barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi yuksak siyosiy madaniyat korrupsiyani keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-madaniy omillar (korrupsiyaga loyal munosabat, ijtimoiy nazorat sustligi, huquqiy nigilizm)ning oldini oluvchi “korrupsiyaga murosasiz siyosiy tafakkur” shakllantirishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatida davlat xizmatchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan maxsus etika kodeksini takomillashtirish, xususan, manfaatlar to‘qnashuvi, sovg‘alar qabul qilish, qarindosh-urug‘chilik holatlarini huquqiy jihatdan aniq tartibga solish, kodeks ijrosi ustidan doimiy monitoring mexanizmlarini joriy etish, unga rioya etilmagan holatlarni muhokama qilish hamda buzilishlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 04/3-08/4259-son dalolatnomasi). Natijada, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat va jamiyat institutlari hamkorligi masalalarida qonunchilikda huquqiy-meʻyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda keng foydalanish koʻzda tutilgan;
siyosiy madaniyat oraqali korrupsiyaga qarshi immunitet hosil qilishda davlat organlari, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda oilaning ijtimoiy hamkorligi funksional ahamiyati, institutsional jihatlari va transformatsion xususiyatlari hamda siyosiy madaniyatni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya, jamoatchilik nazorati, axborot ochiqligi va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish orqali qadriyatlarni anglash, huquqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy faollikni shakllantirish bosqichlarida “korrupsiyaga nisbatan qat’iy toqatsizlik” muhitini yaratishning yaxlit konsepsiyasi zaruriyati yuzasidan berilgan taklif va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar rejalarida, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat va barqaror ijtimoiy immunitetni shakllantirish, ularning jamiyat siyosiy institutlaridagi ishtiroki samaradorligini oshirish, shuningdek targ‘ibot-tashviqot ishlari doirasida yoshlarning siyosiy-madaniy hamda siyosiy-huquqiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan faoliyat jarayonlarida keng foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 2-13-21-5811-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishi xulosalari, taklif va tavsiyalaridan kelgusida yoshlarimizning jamiyat siyosiy institutlarida ishtiroki samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan targʻibot ishlarida ularning siyosiy-madaniy, siyosiy-huquqiy dunyoqarashini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish