Sarmanov Toxir Gopirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davlat siyosati ijtimoiy va institutsional jihatlar”, 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ss443
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Ilyasovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/2025.27.12Ss.01.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Radjabov Xabibulla Ibodullaevich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Yuldashev Kudrat Abduvaxatovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davlat siyosatining ijtimoiy va institutsional jihatlarini kompleks tadqiq etish orqali uning samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyatchilikka qarshi kurashda uni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy, iqtisodiy 
va siyosiy omillarni barataraf etish mahalla ettiligi faoliyatida ijtimoiy muhofaza tizimlarini takomillashtirish, aholi daromadlarini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali davlat organlari legitimligini oshirish milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan siyosati samaradorligini belgilovchi asos sifatida dalillangan;
jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davlat siyosatining rasmiy 
va norasmiy institutlari o‘rtasidagi vertikal aholi murojaatlariga integratsiyalashgan situatsion markazlar tashkil etish va gorizontal huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini hamkorlik mexanizmlari orqali hududiy xavfsizlik klasterlarini shakllantirish, jamoatchilik nazoratining institutsional asoslarini kuchaytirish va ijtimoiy reabilitatsiya tizimini rivojlantirish zarurati ilmiy jihatdan asoslangan;
siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish orqali ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash aholi orasidagi kriminogen kayfiyatni bartaraf etish va ijtimoiy ixtiloflarni hal qilishning preventiv - muammolarning ilk belgilari paydo bo‘lganda ularni chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va proaktiv - muammolar yuzaga kelishidan oldin ularni bashorat qilish va oldini olish choralarini ko‘rish vositasi sifatida ochib berilgan;
davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash siyosati samaradorligini baholashda quyidagi mezonlar - “natijadorlik”, “resurslardan oqilona foydalanish”, “profilaktik chora-tadbirlarning ijro etuvchi tuzilmalar tomonidan amalga oshirilishi darajasi”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash” hamda “jinoyatchilik ko‘rsatkichining negativ dinamikasi” asosida monitoringini olib borish va bu siyosatni takomillashtirib borish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davlat siyosati institutlarining samaradorligini oshirish doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jinoyatchilikka qarshi kurashda uni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy, iqtisodiy 
va siyosiy omillarni barataraf etish mahalla ettiligi faoliyatida ijtimoiy muhofaza tizimlarini takomillashtirish, aholi daromadlarini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali davlat organlari legitimligini oshirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yilning mart-iyul oylari davomida, vazirlikning ish rejasida belgilangan “Jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish” nomli tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 
15-oktyabrdagi №01-12/125-son ma’lumotnomasi). Natijada, jinoyatchilikka olib keluvchi omillarni erta aniqlash, ularni bartaraf etish, sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan profilaktik targi’bot ishlarining sifatini oshishiga xizmat qilgan;
jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davlat siyosatining rasmiy 
va norasmiy institutlari o‘rtasidagi vertikal va gorizontal hamkorlik mexanizmlari rivojlantirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturining “Davlat, jamiyat qurilishi va sud-huquq sohasida ijtimoiy tenglik hamda ijtimoiy demokratiya” yo‘nalishidagi vazifalarni belgilashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 21-noyabrdagi 1-177-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning aholi, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli davlat idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan “vertikal” muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish orqali ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash aholi orasidagi kriminogen kayfiyatni bartaraf etish va ijtimoiy ixtiloflarni hal qilishning preventiv va proaktiv vositasi bo‘lishiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining faoliyatida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 11-oktyabrdagi №12-18/156-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyalardan foydalanish ma’naviy-axloqiy targ‘ibot ishlari “ma’ruza va targ‘ibot” shaklidan chiqib, siyosiy va huquqiy madaniyat darajasi past bo‘lgan guruhlar (yoshlar, migratsiyaga moyil qatlamlar, ishsizlar va boshqalar) bo‘yicha xavf omillarini bashorat qilish, kriminogen kayfiyat va ijtimoiy ixtiloflar ehtimolini oldindan baholash hamda proaktiv tarzda ma’naviy-ma’rifiy ta’sir choralarini belgilash amaliyoti shakllantirilishiga xizmat qilgan;
davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash siyosati samaradorligini baholashda mezonlarga monitoringi olib borish zarurati asoslangan takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutiining 2025-yilning may-sentyabr oylarida, “Ta’lim tizimida huquqbuzarliklarning oldini olish: nazariya va amaliyot” mavzusida tadbirlarning konseptini yaratishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutiining 2025-yil 16-sentyabrdagi № 02/15-225-son ma’lumotnomasi). Natijada institut tomonidan o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar va monitoring tadqiqotlarida jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining samaradorligini kompleks baholashda faqat miqdoriy ko‘rsatkichlar emas, balki sifat mezonlari asosida ham tahlil qilish metodologiyasi amaliyotga tatbiq etilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish