Said-Axmedova Saodat Karimdjanovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 assotsirlangan kavernoz sinus trombozining  klinik-nevrologik, molekulyar-genetik xususiyatlari va tashxislash mezonlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib2267.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaeva Gulnora Kutpitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jukova Natal`ya Grigor`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 assotsirlangan kavernoz sinus trombozining klinik-nevrologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish, kasallikni prognozlash va asoratlarning oldini olishga qaratilgan diagnostik mezonlarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 assotsirlangan kavernoz sinus trombozida II-tur qandli diabet mavjud bemorlarda qonda glyukoza, S-reaktiv oqsil, IL-6, D-dimer va fibrinogen miqdorining oshishi, antikoagulyant tizim faolligining susayishi va venoz qon aylanishining sekinlashishi genetik moyillik (IL1β, IL6, ACE, MTHFR polimorfizmlari) fonida tromboz rivojlanishini kuchaytirishi isbotlangan;
COVID-19 assotsirlangan kavernoz sinus trombozining shakllanishida mahalliy yallig‘lanish jarayoni va venoz stazning patogenetik axamiyati,  neyrovizualizatsiya (MRT/MSKT) natijalari va burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanish o‘zgarishlari bilan trombozning suyak tuzilmalarining destruktiv va destruktiv o‘zgarishlarsiz kombinatsiyasini aniqlangan;
IL1β (–511C>T) IL6 (–174G>C) ACE (I/D) va MTHFR (C677T) genlari polimorfizmlarining birgalikda tashuvchanligi trombozga genetik moyillikni shakllantirib, tromboz rivojlanish xavfini 4,5 baravar oshirishi hamda klinik kechishning og‘irlashuvi bilan uzviy bog‘liq ekanligi isbotlangan;
COVID-19 assotsirlangan kavernoz sinus trombozini erta aniqlash uchun klinik-nevrologik, laborator va neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan integral diagnostik mezon ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozining klinik-nevrologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini aniqlash hamda prognozlash aniqligini oshirish va asoratlarning oldini olishga qaratilgan diagnostika mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi bilan og‘rigan, anamnezida 2-tipdagi qandli diabet bo‘lgan bemorlarda klinik-nevrologik, molekulyar-genetik tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan kompleks tekshiruv o‘tkazilganda o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va keyinchalik kompleks davolash imkoniyati mavjudligi asoslanganligi, ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar “COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozining klinik-nevrologik xususiyatlarini tashxislash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 fevraldagi 12/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 28.04.20 yildagi 95-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. 2025 yilda Respublika shoshilinch va tibbiy yordam ilmiy markaziga. AIF № 35 13.02.2025 yil Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu usul kavernoz sinus trombozini tashxislash va bashorat qilishni optimallashtirishga imkon beradi, bu esa samarali profilaktika, davolash va og‘ir holatlar sonini kamaytirishga yordam beradi. Bu nogironlik darajasini pasaytiradi, bemorlarning hayot sifatini va davolash samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: kavernoz sinus trombozini o‘z vaqtida tashxislash imkonini bergan, bu esa COVID-19 o‘tkazgan, anamnezida 2-tip QD bo‘lgan bemorlarda samarali profilaktika va og‘ir holatlar sonini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, diagnostika usullari uchun bir bemorga byudjetdan 450000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: Kovid-19 bilan kasallangan 2-tip QD bilan og‘rigan bemorlarda kavernoz sinus trombozini erta tashxislashni optimallashtirish shaxsiylashtirilgan davolash va profilaktika choralarini ishlab chiqishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kavernoz sinus trombozining asoratli kechishi rivojlanish xavfini baholash uchun koronavirus infeksiyasida o‘ziga xos xavf omillarini, kavernoz sinus trombozi kechishining klinik-nevrologik xususiyatlarini o‘z vaqtida aniqlashtirish bo‘yicha takliflar “COVID-19  assotsirlangan kavernoz sinus trombozining klinik-nevrologik xususiyatlarini tashxislash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining fan va ta’lim boshqarmasining 2025 yil 15 fevraldagi 12/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 28.04.20 yildagi 95-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. 2025 yilda Respublika shoshilinch va tibbiy yordam ilmiy markaziga. AIF № 35 13.02.2025 yil Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga. Joriy etilgan usul xavf omillarini aniqlash, koronavirus infeksiyasida kavernoz sinus trombozi kechishining klinik-nevrologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy samaradorligi: usuldan foydalanish o‘lim va asoratli kechish chastotasini kamaytirishga imkon berdi, bu esa prognozni yaxshilaydi va bemorlarning nogironligini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda muqobil davolash usulini oqilona tanlash qo‘shimcha statsionar yotoq kunlarini 10 kundan 8,1 kungacha qisqartirish va bir bemor uchun kuniga 300000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: usulni qo‘llash o‘limni kamaytirish, shuningdek, kam uchraydigan asoratlarga yondashuvni standartlashtirish orqali davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasida kavernoz sinusi trombozining shakllanishida genetik moyillik (IL1β, IL6, ACE, MTHFR genlari polimorfizmlari) o‘rtasidagi yallig‘lanish va trombofil genetik omillarning roli aniqlangan; ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar “COVID-19 assotsirlangan kavernoz sinus trombozining klinik-nevrologik xususiyatlarini tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 fevraldagi 12/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 28.04.20 yildagi 95-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. 2025 yilda Respublika shoshilinch va tibbiy yordam ilmiy markaziga. AIF № 35 13.02.2025 yil Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga. Joriy etilgan usul kovid-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi bo‘lgan bemorlarda modifikatsiyalangan xavf omillarini kompleks nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy samaradorligi: modifikatsiyalangan xavf omillari aniqlangan bemorlarda asoratli kechishning rivojlanishini oldini olish, kasallikning og‘ir kechishiga hissa qo‘shadigan omillarni nazorat qilish orqali nogironlik darajasini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: yallig‘lanish va trombofil genetik omillarni aniqlashga individual yondashuv kasallikning patogenetik xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi Xulosa: olingan natijalar genetik moyillik o‘rtasida aniqlangan yallig‘lanish va trombofil genetik omillarning markerlari (IL1β, IL6, ACE, MTHFR genlarining polimorfizmlari) kovid-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi patogenezining asosiy bo‘g‘inlari sifatida qaralishi uchun asos bo‘ladi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘limni kamaytirish uchun bemorlarni olib borish algoritmini ishlab chiqish uchun klinik, molekulyar-genetik omillar, shuningdek, kam uchraydigan asoratlarga yondashuvni standartlashtirish, shaxsiylashtirilgan tibbiyotni joriy etish imkonini beradi, ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar “COVID-19 assotsirlangan kavernoz sinus trombozining klinik-nevrologik xususiyatlarini tashxislash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining fan va ta’lim boshqarmasining 2025 yil 15 fevraldagi 12/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 28.04.20 yildagi 95-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. 2025 yilda Respublika shoshilinch va tibbiy yordam ilmiy markaziga. AIF № 35 13.02.2025 yil Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga. Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul koronavirus infeksiyasida kavernoz sinus trombozi kechishining klinik-nevrologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, genlarning molekulyar-genetik polimorfizmlarini aniqlash, takroriy namoyon bo‘lish xavfini baholash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda muqobil davolash usulini oqilona tanlash qo‘shimcha statsionar yotoq kunlarini 10 kundan 8,1 kungacha qisqartirish va bir bemor uchun kuniga 300000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: Usulni qo‘llash o‘limni kamaytirish orqali asoratlarni davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, shuningdek, kam uchraydigan asoratlarga yondashuvni standartlashtirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish