Nematjonov Farrux Zokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biliar atreziya xastaligini erta tashxislash va xirurgik davolash», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4737.
Ilmiy rahbar: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda biliar atreziyani tashxislash va xirurgik davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda bolalarda biliar atreziyani tashxislash va xirurgik davolash bo‘yicha 10 yillik tajribaning kompleks tahlili asosida ushbu patologiya shakllarining haqiqiy tarqalish chastotalari va izolyasiyalangan shakli klinik namoyon bo‘lishining tug‘ilgandan keyin 3–4 haftada xolestazning bosqichma-bosqich rivojlanishi, jigarda fibroz jarayonining o‘sishi va boshqa patologik o‘zgarishlarning yo‘qligi bilan tavsiflanuvchi xususiyatlari aniqlangan;
bolalarda biliar atreziya tashxisotida biror bir alohida usul aniq tashxis qo‘yish imkonini bermasligi, shunga ko‘ra klinik ko‘rsatkichlar (sarg‘ayishning erta boshlanishi, axoliya rangi), laborator testlar (to‘g‘ri bilirubin o‘sishi, gamma-glutamiltransferaza ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishi), ul`tratovush tekshiruvi (“fibrozli uchburchak belgisi” mavjudligi), ssintigrafiya (jigardan tashqari o‘t yo‘llari kontrastlanmasligi), elastografiyani (jigar zichligining 7–9 kPa dan yuqori bo‘lishi) o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv eng samarali ekanligi aniqlangan;
bolalarda biliar atreziyani xirurgik davolashda Kasai bo‘yicha portoenterostomiya tashrixi natijalari tizimlashtirilgan holda uning samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar biliar atreziyaning morfologik turi, operatsiya vaqtidagi bemorning yoshi, jigar etishmovchiligi darajasi va elastografiya ma’lumotlari (zichligi >13 kPA holatlarda operatsiya maqsadga muvofiq emas) ekanligi aniqlangan;
bolalarda biliar atreziyani erta tashxislash va differensial tashxislash algoritmi hamda xirurgik davolash uchun bemorlarni saralashning bolaning yoshi, jigar funksiyasi va bemor umumiy holati, portoenteroanastomoz qo‘yishning texnik imkoni va ota-ona roziligini inobatga oluvchi  klinik tartiboti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Biliar atreziya aniqlangan bemor bolalarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda bolalarda biliar atreziyani tashxislash va xirurgik davolash bo‘yicha 10 yillik tajribaning kompleks tahlili asosida ushbu patologiya shakllarining haqiqiy tarqalish chastotalari va izolyasiyalangan shakli klinik namoyon bo‘lishining tug‘ilgandan keyin 3–4 haftada xolestazning bosqichma-bosqich rivojlanishi, jigarda fibroz jarayonining o‘sishi va boshqa patologik o‘zgarishlarning yo‘qligi bilan tavsiflanuvchi xususiyatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-72/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda biliar atreziya xastaligini erta tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 7 avgustdagi 188-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 sentyabrdagi 47-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 oktyabrdagi 26/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biliar atreziyani yuqoridagi kompleks tekshiruv natijalari asosida taxlil etash erta muddatlarda, ortiqcha yuklamasiz va yuqori aniqlikda tashxislash bolalarda asoratlarni oldini olish, jarrohlik taktikasi to‘g‘ri tanlanishi va jigar transplantatsiyasiz omon qolish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemor uchun o‘rtacha 172000 so‘m xarajat talab etsa, taklif qilingan usulda bu ko‘rsatkich 57000 so‘mni tejashka imkon beradi. Ya’ni bir bemor hisobida 115000 so‘mgacha xarajatlar qisqarishi mumkin. Bir yilda o‘rtacha 157 ta bemor tekshiruvdan o‘tkazilishini hisobga olsak, umumiy iqtisodiy samaradorlik bir muassasa uchun 8949000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalangan holda erta tashxis va maqsadli jarrohlik taktikasi amalga oshirilishi bolalarda kelgusida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ortiqcha bosqichli amaliyotlar uchun sarflanadigan mablag‘larni sezilarli iqtisod qilishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda biliar atreziya tashxisotida biror bir alohida usul aniq tashxis qo‘yish imkonini bermasligi, shunga ko‘ra klinik ko‘rsatkichlar (sarg‘ayishning erta boshlanishi, axoliya rangi), laborator testlar (to‘g‘ri bilirubin o‘sishi, gamma-glutamiltransferaza ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishi), ul`tratovush tekshiruvi (“fibrozli uchburchak belgisi” mavjudligi), ssintigrafiya (jigardan tashqari o‘t yo‘llari kontrastlanmasligi), elastografiyani (jigar zichligining 7–9 kPa dan yuqori bo‘lishi) o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv eng samarali ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-72/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda biliar atreziya xastaligini erta tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 7 avgustdagi 188-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 sentyabrdagi 47-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 oktyabrdagi 26/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BASM (biliary atresia splenic malformation syndrome) shaklini Kasai operatsiyasisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri jigar transplantatsiyasiga yo‘naltirish bemorni ortiqcha tibbiy aralashuvlardan asraydi, bu esa bolalarning xavfsizligini ta’minlaydi, qayta operatsiya ehtiyojini kamaytiradi, asoratlar orqali uzoq muddatli davolashga bo‘lgan ehtiyojni qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi:. Amaliy hisob-kitobda bitta Kasai operatsiyasiga o‘rtacha 30000000 so‘mga tushishi e’tiborga olinsa, bemorni to‘g‘ridan to‘g‘ri transplantatsiyaga yo‘naltirish shu summani tejab qolish imkonini beradi. Funksional natijalarning yaxshilanishi reabilitatsiya muddati va shiddatini kamaytiradi. Shuning hisobiga, reabilitatsiya bilan bog‘liq xizmatlar va dori-darmon sarfi xar bir bemorda qisqaradi. Bu nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni kamaytiradi, balki ota-onalarning iqtisodiy yo‘qotishlarini (ishdan qolish vaqti, transport, parvarish xarajatlari) ham qisqartiradi. Xulosa: Bu esa bir tomondan muassasa byudjeti uchun barqaror tejamkorlikni, ikkinchi tomondan esa bemor va oilasi uchun moddiy yukning pasayishini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda biliar atreziyani xirurgik davolashda Kasai bo‘yicha portoenterostomiya tashrixi natijalari tizimlashtirilgan holda uning samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar biliar atreziyaning morfologik turi, operatsiya vaqtidagi bemorning yoshi, jigar etishmovchiligi darajasi va elastografiya ma’lumotlari (zichligi >13 kPA holatlarda operatsiya maqsadga muvofiq emas) ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-72/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda biliar atreziya xastaligini erta tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 7 avgustdagi 188-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 sentyabrdagi 47-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 oktyabrdagi 26/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kuzatuvlarda tranzient elastografiya va introperatsion jigar biopsiyasi ko‘rsatkichlari orasida uzviy korrelyativ bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. Bu holat taklif qilingan taktik va texnik yondashuvlar - ya’ni elastografiya usulining - bemorlarda nafaqat noinvaziv jigar fibrozini baxolash, balki hayot sifatiga xam sezilarli darajada ta’sirini isbotlaydi. Bemorlarda fibroz jarayonini noinvaziv nazorati, ijtimoiy moslashuv va hayotiy faoliyatning barqaror saqlanishi kelgusida ularning sog‘lom avlod sifatida jamiyatga to‘liq integratsiyalanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: BA turli shakllarida an’anaviy usulda intraoperatsion jigar biopsiyasi usulida morfologik xulosa olish uchun anesteziya va reanimatsiyada qolish xarajatlarini hisobga olganda, umumiy xarajatlar 4000000 so‘mgacha etishi mumkin (qayta tekshiruvlarni inobatga olgan holda). Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat UT elastografiyasini o‘tkazish narxi 200000 so‘mni tashkil etadi, ya’ni xarajatlarni 20 martagacha kamaytirish imkonini beradi. Bu intraoperatsion jigar biopsiyasiga nisbatan 95% (4000000 so‘m) arzonroq.  Operatsiya va tekshiruvga tayyorgarlik muddati bilan xisoblanganda an’anaviy usulda tashxisni aniqlash uchun ketgan vaqt o‘rtacha 24 soatni tashkil qilsa, UT elastografiyasini o‘tkazishda ushbu muddat 1 soatga qisqaradi. Xulosa: Agar viloyat miqyosidagi bolalar tibbiy muassasasiga BA belgilari bilan bir yildagi murojaatlar soni o‘rtacha 18 deb olinsa, u holda mazkur usul tatbiq qilinganidan so‘ng bir muassasa uchun jami iqtisodiy samardorlik  69026094 so‘mni tashkil qiladi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda biliar atreziyani erta tashxislash va differensial tashxislash algoritmi hamda xirurgik davolash uchun bemorlarni saralashning bolaning yoshi, jigar funksiyasi va bemor umumiy holati, portoenteroanastomoz qo‘yishning texnik imkoni va ota-ona roziligini inobatga oluvchi  klinik tartiboti ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-72/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda biliar atreziya xastaligini erta tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 7 avgustdagi 188-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 sentyabrdagi 47-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 oktyabrdagi 26/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: algoritm asosida amalga oshirilgan erta va aniq tashxis hamda optimal jarrohlik taktikasi chaqaloqlarda asoratlarning oldini olib, ularning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Bu esa ota-onalarning psixoemotsional holatini barqarorlashtiradi, reabilitatsiya jarayonining engil kechishi va ijtimoiy moslashuvning tezlashishiga xizmat qiladi. Jamiyat miqyosida esa sog‘lom avlod shakllanishi, nogironlik holatlari va uzoq muddatli parvarishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi orqali ijtimoiy yuk pasayadi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritmning qo‘llanilishi bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin: tashxislash (labarator-instrumental) va xirurgik moduli.  Tashxislash modulida intraoperatsion jigar biopsiyasi usulida morfologik xulosa olish uchun anesteziya va reanimatsiyada qolish xarajatlarini hisobga olganda, umumiy xarajatlar 4000000 so‘mgacha etishi mumkin (qayta tekshiruvlarni inobatga olgan holda). Taklif qilinayotgan UT elastografiya usulda esa ushbu qiymat o‘tkazish narxi 200000 so‘mni tashkil etadi, ya’ni xarajatlarni 20 martagacha kamaytirish imkonini beradi. Bu intraoperatsion jigar biopsiyasiga nisbatan 95% (4000000 so‘m) arzonroq. Xirurgik modul bo‘yicha umumiy tejam xar bir bemor bo‘yicha millionlab sum iqtisodiy samaraga teng. Xulosa. Algoritmning tashxislash qismi bevosita diagnostika xarajatlarini yillik millionlab so‘mga qisqartiradi, xirurgik qismi esa har bir bemorda millionlab so‘m tejam beradi; shuning evaziga asossiz aralashuvlar va asoratlar kamayadi, operatsiya resurslari tejaladi va uzoq muddatli funksional natijalar yaxshilanadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish