O‘tamurodova Shohida Muhammadqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy-madaniy malakalarini sahnalashtirish faoliyatida shakllantirish texnologiyasi” 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped 8511
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna- pedagogika fanlari doktori(DSc), professor
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), professor Todjiboeva Xilolaxon Maxmudovna va p.f.f.d.(PhD), dotsent Azizova Zulfizarxon Fazilovna
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy-madaniy malakalarini sahnalashtirish faoliyatida shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha tarbiya yoshidagilarning ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirish texnologiyalari boladagi “Men” obrazining rolli xulq-atvor intereorizatsiyasi orqali hissiy kontekstda rivojlanishiga asoslanib voqea-hodisalarni emotsional-ijtimoiy-konativ darajadagi siklik bog‘liqligining pedagogik generatsiyasiga muvofiq takomillashtirilgan;
sahnalashtirish faoliyatida bolalarning ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirish modeli imitatsion va folklor o‘yinlar orqali muloqot, ekologik, iqtisodiy, ovqatlanish, kiyinish, estetik, musiqiy, jismoniy, mehnatsevarlik, gigienik ko‘nikmalarni emotsional-hissiy tajribaga ko‘ra assotsiatsiya va interferensiyalangan xotira bilan ssenariyaviy fantaziya darajada uyg‘unlashuvini konstruksiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirishning texnologik jarayoni sahnalashtirish faoliyati orqali refleksiv, kognitiv, motivatsion-qadriyatli ko‘nikmalarning uyg‘unlashuviga asoslanib 5-6 yoshda ijtimoiy tajribani axloqiy hislar vektorida assimiliyasiyalashiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
bolalarning ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirish texnologiyasining samaradorligi artpedagogikani sahnalashtirish faoliyatida qo‘llashga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan ijodiy qobiliyatlarning refleksivlik darajasini motivatsion-qadriyatli ko‘nikmalar asosida kodifikatsiyalash orqali oshirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy-madaniy malakalarini sahnalashtirish faoliyatida shakllantirish jarayonida olingan natijalar asosida:
maktabgacha tarbiya yoshidagilarning ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirish texnologiyalari boladagi “Men” obrazining rolli xulq-atvor intereorizatsiyasi orqali hissiy kontekstda rivojlanishiga asoslanib voqea-hodisalarni emotsional-ijtimoiy-konativ darajadagi siklik bog‘liqligining pedagogik generatsiyasiga muvofiq takomillashtirishga doir takliflardan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-822/04-son dalolatnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarga ijtimoiy-madaniy malakalarni shakllantirish mazmunini loyihalashga xizmat qilgan;
sahnalashtirish faoliyatida bolalarning ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirish modeli imitatsion va folklor o‘yinlar orqali muloqot, ekologik, iqtisodiy, ovqatlanish, kiyinish, estetik, musiqiy, jismoniy, mehnatsevarlik, gigienik ko‘nikmalarni emotsional-hissiy tajribaga ko‘ra assotsiatsiya va interferensiyalangan xotira bilan ssenariyaviy fantaziya darajada uyg‘unlashuvini konstruksiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflardan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-822/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirishning texnologik jarayoni sahnalashtirish faoliyati orqali refleksiv, kognitiv, motivatsion-qadriyatli ko‘nikmalarning uyg‘unlashuviga asoslanib 5-6 yoshda ijtimoiy tajribani axloqiy hislar vektorida assimiliyasiyalashiga ko‘ra aniqlashtirishga doir takliflardan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-822/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni art va imitatsion texnologiyalardan foydalanishga doir innovatsion faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bolalarning ijtimoiy-madaniy malakalarini shakllantirish texnologiyasining samaradorligi artpedagogikani sahnalashtirish faoliyatida qo‘llashga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan ijodiy qobiliyatlarning refleksivlik darajasini motivatsion-qadriyatli ko‘nikmalar asosida kodifikatsiyalash orqali oshirishga doir takliflardan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-fevraldagi 11-05-822/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy-madaniy faoliyatga doir diagnostik kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.