Azimova Ozoda Tal’atovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agressiv gipofiz adenomalarini davolash uchun yangi differensial terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1020.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akad.Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01
Rasmiy opponentlar: Nadjmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Kodirjon Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Troshhina  Ekaterine Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Gipofiz adenomalarining agressiv kechishini belgilovchi klinik, laborator, neyrovizualizatsiya, molekulyar-genetik va epigenetik markerlarni kompleks baholash hamda temozolamid bilan terapiya qo‘llashni hisobga olgan holda, ushbu kasallikni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MRTdagi dinamik kontrastli kuchaytirish va diffuziyaga yuklangan tasvirlash usullarining neyrovizualizatsiya ko‘rsatkichlari AGA kechishini bashorat qiluvchi integral prediktor sifatida yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani isbotlangan;
MRT ma’lumotlari asosida gipofiz gormonlarining umumiy konsentratsiyasini o‘sma hajmiga nisbatan hisoblash orqali, o‘smaning bir birlik hajmidagi gormon ishlab chiqarish faolligini aks ettiradigan gormonal sekresiyaning integral indeksi ishlab chiqilgan;
to‘r parda nerv tolalari qatlamining qalinligi kamayishi bilan gipofiz adenomalarining agressiv kechishi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik mavjudligi va ushbu ko‘rsatkich agressiv xiazmal-sellyar o‘smalarda erta oftal`mologik biomarker sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
VEGFA (rs2010963), TP53 (rs17884159), HIF1A (rs11549465) va IL17A genlarining polimorfizmlari bilan gipofiz adenomalaridagi invaziv o‘sish, ko‘rish buzilishlari va sekresiya indeksi ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli assotsiatsiyalar mavjudligi aniqlangan;
MGMT genining promotor qismida metillanish darajasining past bo‘lishi AGA bo‘lgan bemorlarda og‘ir klinik kechish, genetik markerlar tashuvchiligi va agressivlik darajasi bilan bog‘liq belgi sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipofiz adenomalarining agressiv kechishini belgilovchi klinik, laborator, neyrovizualizatsiya, molekulyar-genetik va epigenetik markerlarni kompleks baholash hamda temozolamid bilan terapiya qo‘llashni hisobga olgan holda olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: MRTdagi dinamik kontrastli kuchaytirish va diffuziyaga yuklangan tasvirlash usullarining neyrovizualizatsiya ko‘rsatkichlari AGA kechishini bashorat qiluvchi integral prediktor sifatida yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani isbotlangan. Ilmiy yangilikni joriy etish: ushbu natijalar «Agressiv gipofiz adenomalarining ad’yuvant terapiyasi xususiyatlari» hamda «Agressiv gipofiz adenomalarining neyrooftal`mologik belgilari: kliniko-funksional va vizualizatsiya bahosi» nomli uslubiy tavsiyanomalarga kiritildi. Ular amaliy tibbiyotga, jumladan akad. E.X. Turakulov nomidagi RSNPMSE Samarqand filiali (28.06.2025 yil, №28/u buyruq) va Qashqadaryo filiali (17.09.2025 yil, №149/k buyruq) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vizualizatsiya mezonlarining qo‘llanilishi gistologik ma’lumotlar olinkunga qadar agressiv shakllarni erta differensial diagnostika qilish imkonini berib, operatsiyagacha baholash aniqligini 22 foizga oshirgan. Iqtisodiy  samaradorligi: immunogistoximik tahlilni tezkor o‘tkazishga ehtiyoj qolmasdan, standart MRT belgilaridan foydalanish diagnostika xarajatlarini o‘rtacha 30 foizga kamaytirgan. Xulosa: ushbu vizualizatsiya usullari agressiv gipofiz adenomalarini erta aniqlashda samarali diagnostik instrument sifatida tasdiqlangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: MRT ma’lumotlari asosida gipofiz gormonlarining umumiy konsentratsiyasini o‘sma hajmiga nisbatan hisoblash orqali, o‘smaning bir birlik hajmidagi gormon ishlab chiqarish faolligini aks ettiradigan gormonal sekresiyaning integral indeksi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikni joriy etish: ushbu natijalar «Agressiv gipofiz adenomalarining ad’yuvant terapiyasi xususiyatlari» hamda «Agressiv gipofiz adenomalarining neyrooftal`mologik belgilari: kliniko-funksional va vizualizatsiya bahosi» noml uslubiy tavsiyanomalarga kiritildi. Ular amaliy tibbiyotga, jumladan akad. E.X. Turakulov nomidagi RSNPMSE Samarqand filiali (28.06.2025 yil, №28/u buyruq) va Qashqadaryo filiali (17.09.2025 yil, №149/k buyruq) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: gormonal sekresiya indeksi AGA residivini bashorat qilish aniqligini boshlang‘ich tekshiruvda 68 foizdan 89 foizga oshirgan. Iqtisodiy  samaradorligi: indeks hisob-kitobi mavjud MRT va qon tahlillariga asoslanadi, qo‘shimcha xarajat talab qilmaydi va qimmat molekulyar-biologik testlarning o‘rnini bosgan. Xulosa: gormonal sekresiya indeksi AGA ni davolash taktikasini tanlashda samarali prognostik ko‘rsatkich sifatida tavsiya etilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: to‘r parda nerv tolalari qatlamining qalinligi kamayishi bilan gipofiz adenomalarining agressiv kechishi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik mavjudligi va ushbu ko‘rsatkich agressiv xiazmal-sellyar o‘smalarda erta oftal`mologik biomarker sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikni joriy etish: ushbu natijalar «Agressiv gipofiz adenomalarining ad’yuvant terapiyasi xususiyatlari» hamda «Agressiv gipofiz adenomalarining neyrooftal`mologik belgilari: kliniko-funksional va vizualizatsiya bahosi» noml uslubiy tavsiyanomalarga kiritildi. Ular amaliy tibbiyotga, jumladan akad. E.X. Turakulov nomidagi RSNPMSE Samarqand filiali (28.06.2025 yil, №28/u buyruq) va Qashqadaryo filiali (17.09.2025 yil, №149/k buyruq) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: RNFLning ishonchli biomarker sifatida qo‘llanilishi invaziv o‘sish va ko‘rish buzilishlarini erta bashorat qilish imkonini beradi. Bu bemorlarni kuzatish sifatini oshiradi, klinik qaror qabul qilishni tezlashtiradi va nogironlikka olib keluvchi asoratlar xavfini kamaytirgan. Iqtisodiy  samaradorligi: RNFLdan noinvaziv diagnostik mezon sifatida foydalanish qimmat neyrovizualizatsiya tadqiqotlari va invaziv aralashuvlar hajmini qisqartiradi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri diagnostika xarajatlarini hamda qayta-qayta gospitalizatsiya zaruriyatini kamaytiradi, ambulator va statsionar resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlagan. Xulosa: RNFLning oftal`mologik biomarker sifatida joriy etilishi agressiv adenomalarda erta tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik VEGFA (rs2010963), TP53 (rs17884159), HIF1A (rs11549465) va IL17A genlarining polimorfizmlari bilan gipofiz adenomalaridagi invaziv o‘sish, ko‘rish buzilishlari va sekresiya indeksi ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli assotsiatsiyalar mavjudligi aniqlangan. Ilmiy yangilikni joriy etish: ushbu natijalar «Agressiv gipofiz adenomalarining ad’yuvant terapiyasi xususiyatlari» hamda «Agressiv gipofiz adenomalarining neyrooftal`mologik belgilari: kliniko-funksional va vizualizatsiya bahosi» noml uslubiy tavsiyanomalarga kiritildi. Ular amaliy tibbiyotga, jumladan akad. E.X. Turakulov nomidagi RSNPMSE Samarqand filiali (28.06.2025 yil, №28/u buyruq) va Qashqadaryo filiali (17.09.2025 yil, №149/k buyruq) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘sma agressiyasini genotip asosida bashorat qilish imkoni patsientga yondashuvni personallashtiradi va residivlar chastotasini 18 foizga kamaytirgan. Iqtisodiy  samaradorligi: erta stratifikatsiya ortiqcha takroriy operatsiyalar va gospitalizatsiyalar sonini kamaytiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolash xarajatlarini pasaytirgan. Xulosa: genetik polimorfizmlarni baholash asosida individual bashoratlash imkoniyati yaratilgan;
beshinchi ilmiy yangilik: MGMT genining promotor qismida metillanish darajasining past bo‘lishi AGA bo‘lgan bemorlarda og‘ir klinik kechish, genetik markerlar tashuvchiligi va agressivlik darajasi bilan bog‘liq belgi sifatida aniqlangan. Ilmiy yangilikni joriy etish: ushbu natijalar «Agressiv gipofiz adenomalarining ad’yuvant terapiyasi xususiyatlari» hamda «Agressiv gipofiz adenomalarining neyrooftal`mologik belgilari: kliniko-funksional va vizualizatsiya bahosi» noml uslubiy tavsiyanomalarga kiritildi. Ular amaliy tibbiyotga, jumladan akad. E.X. Turakulov nomidagi RSNPMSE Samarqand filiali (28.06.2025 yil, №28/u buyruq) va Qashqadaryo filiali (17.09.2025 yil, №149/k buyruq) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: morfologik xulosagacha o‘smaning proliferativ faolligini bashorat qilish imkonini beradi va ad’yuvant terapiyani erta boshlashga yordam bergan. Iqtisodiy  samaradorligi: qayta-qayta IGX tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va operatsiyadan keyingi morfologik kuzatuv xarajatlarini 40 foizgacha tejaydi. Xulosa: MGMT metillanish statusini baholash orqali klinik agressiya darajasiga tezkor baho berish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish