Jumabaev Farxod Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “α-lipoy kislotaning ayrim d-metallar bilan kompleks birikmalari sintezi, ularning tarkibi, tuzilishi hamda xossalarini o‘rganish”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K1062.
Ilmiy rahbar: Sharipov Avez To‘ymurodovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Alimnazarov Bekmurod Xurramovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mn(II), Zn(II), Cd(II), Fe(II), Co(II) va Ni(II) tuzlari bilan α-lipoy kislota metallokompleks birikmalari sintezi, ularning tarkibi, tuzilishi va xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor marganes(II), rux(II), kadmiy(II), temir(II), kobalt(II), va nikel(II) metall kationlari bilan α-lipoy kislota ishtirokida 8 ta mono- hamda aralash ligandli yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
monoligandli komplekslar uchun M:L1=1:2, geteroligandli komplekslar uchun M:L1:L2=1:1:1 nisbatda sintez qilingan yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy, kvant-kimyoviy xossalari, metal ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari element, RST, DTA va spektroskopik analiz usullari yordamida asoslangan;
kvant-kimyoviy hisoblash usullari natijasida ligand molekulasi va sintez qilib olingan kompleks birikmalar elektron tuzilishi, geometrik hamda energetik kattaliklari, ulardagi atomlar zaryadlari taqsimoti, geometrik tuzilishi, reaksion qobiliyati hamda markaziy metall atomiga karboksil guruhidan koordinatsiyalanishi aniqlangan;
yangi sintez qilingan birikmalarning o‘tkir zaharlili in vivo usulida tekshirilib, kam zararli ekanligi isbotlangan;
marganesning α-lipoy kislotasi bilan yangi kam zararli kompleksining biologik faolligi HepG2 jigar saratoni hujayralari proliferasiyasini cheklashga qarshi samarali ta’siri in vitro usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. α-lipoy kislotaning ayrim d-metallar bilan yangi metallokompleks birikmalari sintezi, tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Mn(LIP)2(H2O)2] tarkibli kompleks birikmaning rentgen tuzilish tahlil natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (CCDC raqami 2250015). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalar sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini beradi;
α-lipoy kislota bilan Zn (II), Mn (II), Cd (II) komplekslarining kristal tuzilishi va saratonga qarshi biologik faolliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida 2022-2026 yillarda bajarilayotgan FZ-20200929348 “Fenol kislotalari asosidagi supramolekulyar komplekslarning tuzilishi bilan ularning o‘simliklarni abiotik va biotik salbiy ta’sirlardan himoya qilish xususiyatlarini o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2025 13-noyabrdagi 4/1255-2827-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi aralash ligandli kompleks birikmalarning o‘simliklarni abiotik va biotik salbiy ta’sirlardan himoya qilish imkoni yaratilgan.