Shamsitdinov Ravshan Rustambekovichning 
tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Katta qirg‘inda O‘zbekistondan qatag‘on qilinganlar: ijtimoiy, siyosiy va milliy tarkiblari tahlili (1937-1938-yy.))”  07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tar.104.
Ilmiy maslahatchi: Marianne Kamp, Indiana universiteti professori (AQSh)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universitetining Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farhod Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Bo‘latbek Djumashevich, tarix fanlari doktori, professor; Hayitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:  Namangan davlat universiteti 
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  qatag‘on mexanizmlari, usullari va yo‘llarini izlash, aniqlash va tahlil qilish, qatag‘onlarning mohiyatini ochib berish, “Katta qirg‘in” (1937-1938) davrida qatag‘on o‘tkazish amaliyoti va uning fojiali oqibatlari, O‘zbekistonda qatag‘on qilinganlarning ijtimoiy, siyosiy va milliy tarkibini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Katta terror davrida SSSR rahbariyati tomonidan maqsadli siyosiy-g‘oyaviy strategiya sifatida amalga oshirilgan repressiyalarni legallashtirilishining va ko‘rgazmali sud jarayonlarining mohiyati tizimli ravishda ochib berilgan va ular “sotsialistik tuzumni mustahkamlash uchun tabiiy chora” sifatida taqdim etilgani hamda faqat jazolovchi emas, balki targ‘ibot vositasi bo‘lgani, jamoatchilik ongini boshqarish va siyosiy qo‘rqitish vositasi sifatida xizmat qilgani birlamchi hujjatlar orqali dalillangan;
repressiya mexanizmining asosiy bo‘g‘inlari sifatida yangi institutsional tuzilmalarning ahamiyati, repressiv apparat tizimida faoliyat yuritgan maxsus institutsional tuzilmalarining yuqoridan pastga qarab vertikal asosda shakllangani, byurokratik apparatning o‘zi terrorni ishlab chiqaruvchi mexanizmga aylangani, bu esa repressiv mantiqning ma’muriy-byurokratik tarzda uzlyuksiz takror ishlab chiqarilishini ta’minlagani nazariy jihatdan isbotlangan hamda O‘zSSRda kadrlar rotatsiyasi (aylanishi, almashinishi) muhim rol o‘ynagani, respublika Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) rahbarlarining Markaz (Moskva)dan yuborilishi, rahbariyatning tez-tez almashinishi, mahalliy organlarning Markazga to‘liq qaramligi hujjatlar asosida dalillangan;
qatag‘onlarning ijtimoiy-preventiv xarakteri ularning siyosiy mantig‘ining asosiy omili sifatida: O‘zSSRda qatag‘onlar faqat aniq ijtimoiy guruhlarga qarshi emas, balki potensial “ijtimoiy xavfni” oldini olishga qaratilgan preventiv siyosiy vosita sifatida qo‘llangani, shubhaning o‘zi ta’qib qilish uchun asos bo‘lganligi va “aksil-inqilobiy element” toifasi noaniq bo‘lib, aholining keng qatlamlarini qamrab olishga imkon berganligi, hokimiyat nazarida, shuningdek, kuch ishlatish organlari tomonidan ularga yuklatilgan kelajakda mavjud siyosiy tartibga xavf solishi mumkin deb hisoblangan guruhlarni: ruhoniylar, ziyolilar, sobiq mansabdorlar, mulkdor dehqonlar, ishsizlar va boshqalarni jazolanishga va yo‘q qilishga qaratilgani mahalliy materiallar bilan isbotlangan;
O‘zbekiston tarixshunosligida ilk bor 1937–1938-yillarda O‘zSSR hududida yashagan milliy ozchiliklar va xorijiy fuqarolarning (ruslar, qozoqlar, tojiklar, qirg‘izlar, turkmanlar, tatarlar, uyg‘urlar, yahudiylar, nemislar, latishlar, polyaklar, koreyslar, sobiq Eron, Afg‘oniston va Xitoy fuqarolari va boshqalar) qatag‘on qilinishi O‘zSSR NKVD arxiv materiallari asosida dalillangan, ushbu qatag‘on siyosatining oqibatida milliy jamoalar, diniy institutlar, oilaviy aloqalar hamda madaniy merosiga fojiali ta’sir ko‘rsatganligi ilmiy asosda isbotlangan;
qatag‘onlarni amalga oshirishda O‘zSSR partiya va sovet rahbarlarining siyosiy-huquqiy mas’uliyati, ularning nafaqat passiv ijrochilar, balki qatag‘onlarga ruxsat berish, hibsga olish va otish ro‘yxatlarini tuzish va tasdiqlashda bevosita ishtiroki aniqlangan, O‘zSSR NKVD va partiya-sovet organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligi qatag‘on jarayonini kuchaytirish xarakteriga ega bo‘lganligi - siyosiy rahbarlik mafkuraviy niqobni, kuch tuzilmalari esa amalga oshirishni ta’minlaganligi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Katta qirg‘inda O‘zbekistondan qatag‘on qilinganlar: ijtimoiy, siyosiy va milliy tarkiblari tahlili (1937-1938-yy.) masalasini tadqiq qilish natijasida olingan ilmiy xulosa va amaliy takliflar asosida:
Katta terror davrida SSSR rahbariyati tomonidan maqsadli siyosiy-g‘oyaviy strategiya sifatida amalga oshirilgan repressiyalarni legallashtirilishining va ko‘rgazmali sud jarayonlarining mohiyati tizimli ravishda ochib berilgan va ular “sotsialistik tuzumni mustahkamlash uchun tabiiy chora” sifatida taqdim etilgani hamda faqat jazolovchi emas, balki targ‘ibot vositasi bo‘lgani, jamoatchilik ongini boshqarish va siyosiy qo‘rqitish vositasi sifatida xizmat qilgani birlamchi hujjatlar orqali dalillangan.  Mazkur xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining axborot-ma’rifiy teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashga asos bo‘ldi. “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Nigoh” dasturi doirasida O‘zbekistonda Katta terror qurbonlari (1937-1938-yillar) to‘g‘risidagi materiallar taqdim etildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 19.05.2023-yildagi 02-30-785-son ma’lumotnomasi) Natijada, respublikaning ilmiy va keng jamoatchiligi repressiya tabiati, jarayoni, shuningdek, O‘zbekiston SSRda Katta terror qurboni bo‘lgan o‘zbek xalqining shonli o‘g‘lonlari va O‘zbekistondagi milliy ozchiliklarning ijtimoiy, siyosiy va milliy tarkibi, hayoti va taqdiri to‘g‘risida ekspert axborotiga ega bo‘ldi;
repressiya mexanizmining asosiy bo‘g‘inlari sifatida yangi institutsional tuzilmalarning ahamiyati, repressiv apparat tizimida faoliyat yuritgan maxsus institutsional tuzilmalarining yuqoridan pastga qarab vertikal asosda shakllangani, byurokratik apparatning o‘zi terrorni ishlab chiqaruvchi mexanizmga aylangani, bu esa repressiv mantiqning ma’muriy-byurokratik tarzda uzlyuksiz takror ishlab chiqarilishini ta’minlagani nazariy jihatdan isbotlangan hamda O‘zSSRda kadrlar rotatsiyasi (aylanishi, almashinishi) muhim rol o‘ynagani, respublika Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) rahbarlarining Markaz (Moskva)dan yuborilishi, rahbariyatning tez-tez almashinishi, mahalliy organlarning Markazga to‘liq qaramligi hujjatlar asosida dalillangan. Tadqiqot davomida olingan xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining axborot-ma’rifiy teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlash uchun asos bo‘ldi. Xususan, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Moziyga sayohat” dasturlari turkumi doirasida 1937–1938-yillarda O‘zbekistonda Katta terror qurbonlariga bagʻishlangan maxsus materiallar taqdim etildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 14.08.2023-yildagi 02-31-1216-son maʼlumotnomasi). Ushbu materiallar nafaqat milliy tarixning fojiali sahifalari haqidagi ilmiy bilimlarni yangilashga yordam berdi, balki muhim maʼrifiy vazifani ham bajardi: ular akademik tadqiqotlar natijalarini keng auditoriya orasida ommalashtirdi, totalitar o‘tmishga tanqidiy munosabatni shakllantirdi va tarixiy xotirani saqlashga yordam berdi. Televizion dasturlarga hujjatli dalillar va arxiv maʼlumotlarining kiritilishi qatagʻon qurbonlari taqdirini o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar nuqtai nazaridan tasavvur qilish, fojia ko‘lami va chuqurligini taʼkidlash imkonini berdi. Shu tariqa, akademik ilm-fanning milliy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi tarixiy merosni tadqiq etish va talqin qilishga fanlararo yondashuvning ahamiyatini yaqqol namoyon etdi, bu nafaqat bilimlarning tarqalishini, balki jabrlanganlar xotirasiga hurmat ruhida jamoatchilik ongini mustahkamlashni ham taʼminladi;
qatag‘onlarning ijtimoiy-preventiv xarakteri ularning siyosiy mantig‘ining asosiy omili sifatida: O‘zSSRda qatag‘onlar faqat aniq ijtimoiy guruhlarga qarshi emas, balki potensial “ijtimoiy xavfni” oldini olishga qaratilgan preventiv siyosiy vosita sifatida qo‘llangani, shubhaning o‘zi ta’qib qilish uchun asos bo‘lganligi va “aksil-inqilobiy element” toifasi noaniq bo‘lib, aholining keng qatlamlarini qamrab olishga imkon berganligi, hokimiyat nazarida, shuningdek, kuch ishlatish organlari tomonidan ularga yuklatilgan kelajakda mavjud siyosiy tartibga xavf solishi mumkin deb hisoblangan guruhlarni: ruhoniylar, ziyolilar, sobiq mansabdorlar, mulkdor dehqonlar, ishsizlar va boshqalarni jazolanishga va yo‘q qilishga qaratilgani mahalliy materiallar bilan isbotlangan. Olingan xulosalar ta’lim sohasida ham amalda qo‘llanilgan: tadqiqot natijalari 2025-yilda AQShning Pitsburg universiteti (University of Pitsburgh, Pennsylvania, USA) tarix kafedrasining LanguaGES Across the Curriculum (O‘quv dasturidagi tillar) loyihasi doirasida o‘quv jarayoniga joriy etildi. (2025-yil 8-aprelda Pitt huzuridagi Rossiya, Sharqiy Evropa va Evrosiyoni o‘rganish markazi direktori tomonidan imzolangan ma’lumotnoma). Natijada mazkur universitet talaba va aspirantlari birinchi marta 1937-1938-yillarda O‘zbekistonda Sovet hokimiyati totalitar tuzumining qatagʻon va mustamlakachilik siyosati tarixidan bahramand bo‘ldilar.
O‘zbekiston tarixshunosligida ilk bor 1937–1938-yillarda O‘zSSR hududida yashagan milliy ozchiliklar va xorijiy fuqarolarning (ruslar, qozoqlar, tojiklar, qirg‘izlar, turkmanlar, tatarlar, uyg‘urlar, yahudiylar, nemislar, latishlar, polyaklar, koreyslar, sobiq Eron, Afg‘oniston va Xitoy fuqarolari va boshqalar) qatag‘on qilinishi O‘zSSR NKVD arxiv materiallari asosida dalillangan, ushbu qatag‘on siyosatining oqibatida milliy jamoalar, diniy institutlar, oilaviy aloqalar hamda madaniy merosiga fojiali ta’sir ko‘rsatganligi ilmiy asosda isbotlangan. Avval ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlarining ilmiy-tarixiy tahlilga jalb etilishi mazkur faktlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining muzey ekspozisiyalari va ko‘rgazmalarida aks ettirish imkonini berdi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 26.08.2025-yildagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey O‘zbekiston SSRdagi Katta qirg‘in fojiasi va oqibatlari haqida keng jamoatchilik tomonidan xolisona tasavvur qilinadigan va tarixiy xotirani tiklash, ozodlik uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, O‘zbekiston mustaqilligini qadrlashga xizmat qiladigan yangi ekspozisiyalar bilan boyidi.
qatag‘onlarni amalga oshirishda O‘zSSR partiya va sovet rahbarlarining siyosiy-huquqiy mas’uliyati, ularning nafaqat passiv ijrochilar, balki qatag‘onlarga ruxsat berish, hibsga olish va otish ro‘yxatlarini tuzish va tasdiqlashda bevosita ishtiroki aniqlangan, O‘zSSR NKVD va partiya-sovet organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligi qatag‘on jarayonini kuchaytirish xarakteriga ega bo‘lganligi - siyosiy rahbarlik mafkuraviy niqobni, kuch tuzilmalari esa amalga oshirishni ta’minlaganligi isbotlangan.  Mazkur xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining ekspozisiya va ko‘rgazmalarini tashkil etishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 26.08.2025-yildagi 215-son ma’lumotnomasi). Bu esa muzeyga tashrif buyuruvchilarda tarixiy jarayonlarni tahliliy va tanqidiy idrok etishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish