Eshqobilov Behzod Botir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Buxoro amirligida irrigatsiya tizimi”, 07.00.01– O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar 1203.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat  texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Xoliqulov Ahmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro amirligi davrida sug‘orish tizimi, irrigatsiya inshootlarini qurish bilan bog‘liq tadbirlar, suv ta’minoti bilan bog‘liq soliq va mansablar shuningdek, Rossiya imperiyasi ma’murlarining amirlik hududiga qiziqib qolish, maqsad va muddaolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligi davrida sug‘orish tizimi an’anaviy irrigatsion tadbirlar asosida olib borilganligi, suv taqsimoti borasida o‘ziga xos tartibotlar ya’ni “bir quloq”, “bir tegirmon”, “bir mo‘ndi” “nimjo‘y” usullaridan keng foydalanilganligi, sug‘orish tartiblariga qarab erlarni obikor, kunaki (lalmikor) erlarga bo‘linganligi, hatto sug‘oriladigan erlarning hajmiga qarab mahalliy boshqaruvdan, tuman, hazira, nimhazora, qoriya va marza kabi er turlariga bo‘linganligi aniqlangan;
Amirlik hududida birgina Zarafshon daryosidan 43 ta ariq qazilganligi, ayniqsa, amir Shohmurod davrida Urgutda Qozonariq, Sheroz tumanida tumanariq, So‘g‘d tumanida To‘g‘izariq qazilganligi, shunga qaramay doimo suv tanqisligining yaqqol sezilib turishi, tog‘ va tog‘ oldi tumanlarida koriz, chashma(buloq), selovokor (izova) suvlaridan foydalanilganligi, sug‘orish ishlarida muroblar, panjabegilar (suv inshootlari boshliqlari), obondoz (daryoning yuqori qismidan suv olib keluvchilar, obron (daryo suvining sathini kuzatib turuvchilar), to‘g‘onchilar, jo‘ybon va poykor kabi mansab va lavozimlarning mavjudligi asoslangan;
Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi vassaliga aylanib qolgach, Zarafshon daryosining suvidan foydalanish imperiya ma’murlarining ixtiyoriga o‘tganligi natijada Zarafshondan sug‘oriladigan hududlarning hamma joylarida suv tanqisligi ortib borganligi, buning ustiga irrigatsiya xo‘jaligidagi qoloqlik tufayli erlar suvsiz qolayotganligi sababli o‘z davrining yirik ma’rifatparvari Ahmad Donish Amudaryodan Buxoroga suv chiqarish taklifini bir necha bor amirga taklif qilganligi, hatto Amu-Buxoro kanalining dastlabki tarixini chizganligi aniq ma’lumotlar asosida dalillangan;
Buxoro amirligining janubiy qismlarida joylashgan Qashqadaryo va Surxon vohasi bekliklarida ham azaldan dehqonchilik xo‘jaligi ravnaq topganligi, Qashqadaryodan 66 ta, G‘uzordaryodan 16 ta, Yakkabog‘daryodan 20 ta, Surxondaryodan 48 ta, Sherobod daryodan 24 ta ariq va anhorlar qazilganligi, mintaqada shu sababli dehqonchilik va bog‘dorchilik xo‘jaligi ravnaq topganligi, Rosssiya imperiyasi ma’murlari amirlikning ushbu hududlariga qiziqishi ortib, paxtachilikni rivojlantirish maqsadida “Sherobod konsepsiyasini” tuzganligi, Qarshi va Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish rejalari ishlab chiqilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro amirligida irrigatsiya tizimi mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro amirligi davrida sug‘orish tizimi an’anaviy irrigatsion tadbirlar asosida olib borilganligi, suv taqsimoti borasida o‘ziga xos tartibotlar ya’ni “bir quloq”, “bir tegirmon”, “bir mo‘ndi” “nimjo‘y” usullaridan keng foydalanilganligi, sug‘orish tartiblariga qarab erlarni obikor, kunaki (lalmikor) erlarga bo‘linganligi, haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-iyundagi 01-33/453-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar teletomoshabinlarning irrigatsiya tizimi tarixi haqidagi ta’savvurlarning kengayishiga xizmat qilgan;
amirlik hududida birgina Zarafshon daryosidan 43 ta ariq qazilganligi, ayniqsa, amir Shohmurod davrida Urgutda Qozonariq, Sheroz tumanida tumanariq, So‘g‘d tumanida To‘g‘izariq qazilganligi, shunga qaramay doimo suv tanqisligining yaqqol sezilib turishi, tog‘ va tog‘ oldi tumanlarida koriz, chashma(buloq), selovokor (izova) suvlaridan foydalanilganligi, sug‘orish ishlarida miroblar, panjabegilar (suv inshootlari boshliqlari), obondoz (daryoning yuqori qismidan suv olib keluvchilar, obron (daryo suvining sathini kuzatib turuvchilar), to‘g‘onchilar, jo‘ybon va poykor kabi mansab va lavozimlarning mavjudligi xususidagi ma’lumotlardan yurtimizda aholi orasida suvdan foydalanish  targ‘ibot va tashviqot tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 1428-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar aholi orasida suvdan oqilona foydalanish borasidagi bilamlarning oshishiga xizmat qilgan;
Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi vassaliga aylanib qolgach, Zarafshon daryosining suvidan foydalanish imperiya ma’murlarining ixtiyoriga o‘tganligi natijada Zarafshondan sug‘oriladigan hududlarning hamma joylarida suv tanqisligi ortib borganligi, buning ustiga irrigatsiya xo‘jaligidagi qoloqlik tufayli erlar suvsiz qolayotganligi sababli o‘z davrining yirik ma’rifatparvari Ahmad Donish Amudaryodan Buxoroga suv chiqarish taklifini bir necha bor amirga taklif qilganligi, hatto Amu-Buxoro kanalining dastlabki tarixini chizganligi borasidagi ma’lumotlardan  soha mutaxassislari va hudud aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlarda foydanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 1428- son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar aholi orasida Amu-Buxoro kanali tarixi haqida to‘liq tasavvurlar shakllanishiga xizmat qilgan;
Buxoro amirligining janubiy qismlarida joylashgan Qashqadaryo va Surxon vohasi bekliklarida ham azaldan dehqonchilik xo‘jaligi ravnaq topganligi, Qashqadaryodan 66 ta, G‘uzordaryodan 16 ta, Yakkabog‘daryodan 20 ta, Surxondaryodan 48 ta, Sherobod daryodan 24 ta ariq va anhorlar qazilganligi, mintaqada shu sababli dehqonchilik va bog‘dorchilik xo‘jaligi ravnaq topganligi, Rosssiya imperiyasi ma’murlari amirlikning ushbu hududlariga qiziqishi ortib, paxtachilikni rivojlantirish maqsadida “Sherobod konsepsiyasini” tuzganligi, Qarshi va Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish rejalari ishlab chiqilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-iyundagi 01-33/453-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar teletomoshabinlarning Surxon va Qashqadaryo vohalaridagi qishloq xo‘jaligi  bilan bog‘liq bilimlarning oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish