Saidov Xayotjon Raxmatulloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish”
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4116
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ilmiy rahbar: Bobokulov Tulkin Ibodulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/2025.27.12.1.12.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani, Iqtisodiyot fanlar doktori, professor Abdug‘aniev Otabek Allajonovich  hamda  Xalqaro Nordik Universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Abdullaev Zafar Alijonovichlar tavsiya etiladi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida muammoli kreditlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
muddati o‘tgan kreditlarning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy darajasini hisoblashda muddatida qaytmagan barcha kreditlar, shu jumladan, sud jarayonidagi kreditlar hisobga olinishi va uning darajasi 5,0 foizga etishi bilan 2,0-2,5 foizini bankning balansidan chiqarilishi taklifi asoslangan; 
kredit oluvchining suveren kredit reytingi bilan unga berilgan kreditning risk darajasi o‘rtasidagi teskari mutanosiblikni  ifodalovchi kredit riskini baholashning standartlashgan usulini joriy etish orqali kredit riski darajasini pasaytirish taklifi asoslangan;
kredit portfelining tarmoq xususiyatiga va kreditning turlariga ko‘ra diversifikatsiya qilishni ta’minlagan holda, umidsiz kreditlarni o‘z vaqtida bankning balansidan chiqarish va yuqori likvidli ta’minotga ega kreditlarning kredit portfelidagi ulushini oshirish taklifi asoslangan;
transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi, bankning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan pul mablag‘larining majburiyatlar umumiy hajmidagi salmog‘ini oshirish hamda regulyativ kapitalning o‘sish sur’atini beqaror passivlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali kreditlarning resurs ta’minotini yaxshilash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida muammoli kreditlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
muddati o‘tgan kreditlarning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy darajasini hisoblashda muddatida qaytmagan barcha kreditlar, shu jumladan, sud jarayonidagi kreditlar hisobga olinishi va uning darajasi 5,0 foizga etishi bilan 2,0-2,5 foizini bankning balansidan chiqarilishi taklifi O‘zsanoatqurilishbank amaliyotiga joriy etilgan (O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil 19-dekabrdagi 127-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida O‘zsanoatqurilishbankda tasniflangan kreditlarning umumiy hajmida shubhali kreditlarning salmog‘i 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 0,4 foizli punktga kamaygan;
kredit oluvchining suveren kredit reytingi bilan unga berilgan kreditning risk darajasi o‘rtasidagi teskari mutanosiblikni  ifodalovchi kredit riskini baholashning standartlashgan usulini joriy etish orqali kredit riski darajasini pasaytirish taklifi O‘zsanoatqurilishbank amaliyotiga joriy etilgan (O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil 19-dekabrdagi 127-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida O‘zsanoatqurilishbankda kreditlar bo‘yicha zaxiralarning aktivlar bo‘yicha yo‘qotishlar zaxirasi hajmidagi salmog‘i 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 21,2 foizli punktga pasaygan;
kredit portfelining tarmoq xususiyatiga va kreditning turlariga ko‘ra diversifikatsiya qilishni ta’minlagan holda, umidsiz kreditlarni o‘z vaqtida bankning balansidan chiqarish va yuqori likvidli ta’minotga ega kreditlarning kredit portfelidagi ulushini oshirish taklifi taklifi O‘zsanoatqurilishbank amaliyotiga joriy etilgan (O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil 19-dekabrdagi 127-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida O‘zsanoatqurilishbankda brutto kreditlarning daromadlilik darajasi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 1,5 foizli punktga oshgan;
transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi, bankning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan pul mablag‘larining majburiyatlar umumiy hajmidagi salmog‘ini oshirish hamda regulyativ kapitalning o‘sish sur’atini beqaror passivlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali kreditlarning resurs ta’minotini yaxshilash taklifi O‘zsanoatqurilishbank amaliyotiga joriy etilgan (O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil 19-dekabrdagi 127-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida O‘zsanoatqurilishbankda barqaror resurslarning passivlar hajmidagi salmog‘i 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 0,2 foizli punktga oshgan.
Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarishda ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish