Allasheva Nargiza Aralbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mintaqa sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt3090
Ilmiy rahbar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rabaev Otabek Jo‘rabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salaev Jasurbek Komilovich iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD)., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyot sharoitlarida mintaqa sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatni rivojlantirishni dasturiy-maqsadli boshqarishda barcha dasturiy-maqsadli hujjatlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, amalga oshirishni monitoring qilish va baholash uchun yagona markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi ishlab chiqilgan;
mintaqa sanoatini rivojlantirishning tarmoq dasturi va uning elementlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda erishilishi ko‘zda tutiladigan indikativ natijalar asoslab berilgan;
mintaqa sanoatini rivojlantirishni boshqarishni hududiy sanoat dasturlari, imtiyozlar, infratuzilma va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni har bir yirik/o‘rta sanoat korxonasi faoliyatini global raqobatbardoshlilikka erishish omillariga ko‘ra baholash natijalariga bog‘lash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
mintaqa sanoatining statistik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda iqtisodiy-matematik modellashtirish modeli asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlari va sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitlarida mintaqa sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatni rivojlantirishni dasturiy-maqsadli boshqarishda barcha dasturiy-maqsadli hujjatlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, amalga oshirishni monitoring qilish va baholash uchun yagona markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 24 iyuldagi 05-05/16-07835–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining ish faoliyati samaradorligini oshirish va mintaqa sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
mintaqa sanoatini rivojlantirishning tarmoq dasturi va uning elementlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda erishilishi ko‘zda tutiladigan indikativ natijalar  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 24 iyuldagi 05-05/16-07835–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida, mintaqaning sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyatlarini tarmoq dasturi va uning elementlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda erishilishi ko‘zda tutiladigan innovatsion rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirishda axborotlarning ishonchligi, to‘liqlilik darajasi va foydalanuvchilarning talablariga mos kelishini ta’minlaydi hamda iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirgan;
mintaqa sanoatini rivojlantirishni boshqarishni hududiy sanoat dasturlari, imtiyozlar, infratuzilma va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni har bir yirik/o‘rta sanoat korxonasi faoliyatini global raqobatbardoshlilikka erishish omillariga ko‘ra baholash natijalariga bog‘lash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 24 iyuldagi 05-05/16-07835–son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi innovatsion iqtisodiyot sharoitlarida Qoraqalpog‘iston sanoatini rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirishning mos bo‘lgan rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mintaqa sanoatining statistik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda iqtisodiy-matematik modellashtirish modeli asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlari va sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 24 iyuldagi 05-05/16-07835–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida olingan prognoz natijalari mintaqada sanoatni innovatsion boshqarish samaradorligini oshirish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va YaHM hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan dastaklarni tanlashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish