Allamuratova Gulchexra Maxsetbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida boshqaruv salohiyatini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti va 08.00.13 – Menejment  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5360.  
Ilmiy rahbar: Kalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Akmal Maxsudovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ollanazarov Bekmurod Davlatmurotovich iqtisodiyot fanlari buyicha falsafa doktori, dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida boshqaruv salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish korxonalarining boshqaruv salohiyatini oshirishning asosiy omillarini integral baholash uslubi boshqaruv salohiyati darajasining «yuqori xavfli» (0 ≤ Bsyux ˂ 0,3), «xavfli» (0,3 ≤ Bsx ˂ 0,55), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ Bso‘ ˂ 1,02), «yuqori» (1,02 ≤ Bsyu ˂ 1,2), «juda yuqori» (1,2 ≤ Bsjyu) qiymat diapazonlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra «xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida boshqaruv salohiyati» tushunchasining iqtisodiy mazmuni xizmatlar sifatini oshirish, qo‘shilgan qiymat yaratish hamda barqaror raqobatbardoshlikka erishish imkoniyatini belgilab beruvchi institutsional, tashkiliy va professional imkoniyatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari boshqaruv salohiyatining yuqori darajasini ta’minlash moliyaviy (Fmoliya=1,006), boshqaruv (Fboshq.=1,041), mehnat (Fmeh.=1,024), marketing (Fmark.=1,001) komponentlarining maqbul qiymatlardagi o‘zaro muvofiqligi asosida takomillashtirilgan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari boshqaruv salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida boshqaruv salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish korxonalarining boshqaruv salohiyatini oshirishning asosiy omillarini integral baholash uslubi boshqaruv salohiyati darajasining «yuqori xavfli» (0 ≤ Bsyux ˂ 0,3), «xavfli» (0,3 ≤ Bsx ˂ 0,55), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ Bso‘ ˂ 1,02), «yuqori» (1,02 ≤ Bsyu ˂ 1,2), «juda yuqori» (1,2 ≤ Bsjyu) qiymat diapazonlarini belgilash orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 16 sentabrdagi 145/09-09/211-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalari boshqaruv salohiyati holati va resurslar qo‘shimcha o‘sish sur’atining iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari aniqlilik darajasining 6,12 foizga oshishiga erishilgan; 
uslubiy yondashuvga ko‘ra «xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida boshqaruv salohiyati» tushunchasining iqtisodiy mazmunini xizmatlar sifatini oshirish, qo‘shilgan qiymat yaratish hamda barqaror raqobatbardoshlikka erishish imkoniyatini belgilab beruvchi institutsional, tashkiliy va professional imkoniyatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizmde transport xizmetleri” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 7 oktyabrdagi 387-son buyrugi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida talabalarda institutsional, tashkiliy va professional imkoniyatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan «xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida boshqaruv salohiyati» tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari boshqaruv salohiyatining yuqori darajasini ta’minlash moliyaviy (Fmoliya=1,006), boshqaruv (Fboshq.=1,041), mehnat (Fmeh.=1,024), marketing (Fmark.=1,001) komponentlarining maqbul qiymatlardagi o‘zaro muvofiqligi asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 16 sentabrdagi 145/09-09/211-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalarining boshqaruv salohiyati tarkibini tashkil etuvchi omillarning vazn ko‘rsatkichlarini belgilanishi imkoni yaratilgan va boshqarish samaradorligi 17 %ga ortgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari boshqaruv salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 16 sentabrdagi 145/09-09/211-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalari boshqaruv salohiyati ko‘rsatkichlarini prognoz qilish amaliyotining takomillashishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish